H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Qoraqalpogʻiston Respublikasida


Download 1.94 Mb.
bet48/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

9.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida boshqaruv va siyosiy islohotlar.
Xiva xonligi Rossiya tomonidan boʻysundirilgungacha orolboʻyida yashgan qoraqalpoqlar Xiva xonligining tarkibida boʻlgan. 1873-yildagi Gandimiyon shartnomasi tuzilishi natijasida Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida yashovchi qoraqalpoqlar yerlari Rossiya imperiyasining Turkiston general gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Qoraqalpoqlarning Amudaryoning chap qirgʻogʻida yashovchi kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qolgan. 1917-yil oktyabr inqilobidan keyin Turkiston general gubernatorligi oʻrnida Turkiston Avtonom sovet sotsialistik respublikasi (Turkiston ASSR) tuziladi va Amudaryo viloyati uning tarkibiga kiradi. 1924-yilda oʻtkazilgan ma’muriy-hududiy chegeralanish natijasida Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xoʻjayli hamda Qoʻngʻirot tumanlari hududida Qozogʻiston ASSR tarkibida Qoraqalpogʻiston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yil 20-iyuldan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yil 20-martda Qoraqalpogʻiston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar yashagan orolboʻyi hududlari 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiritilgan. SSSR tarqalib ketganidan soʻng mustaqil Oʻzbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasi maqomini oldi. Tarixga nazar tashlasak Markaziy Osiyoda xalqlar aralashib yashagan. Jumladan orolboʻyida ham asrlar mobaynida qoraqalpoqlar, oʻzbek, qozoqlar, turkmanlar aralashib yashagan. Ular oʻrtasida doʻstlik, qardoshlik munosabatlari shakllangan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida bir-biriga yaqinlik vujudga kelgan.
Mustaqillik yillarida oʻzbek va qoraqalpoq xalqlari yagona rivojlanish yoʻlini tanlab olishdi. Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpogʻiston davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega boʻlish borasidagi qoraqalpoq jamoatchiligining intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat suvereniteti toʻgʻrisida”gi Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunda oʻzining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpogʻistonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash koʻrsatib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (70—75-moddalar) oʻz aksini topdi.
Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega boʻldi.
Konsitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarosi ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga Oʻzbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolaridan 6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidan saylanadi (77-modda), oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega (83-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi oʻrinbosarlaridan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi (86-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati rahbari oʻz lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa, Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ma’muriy sudi ham bor. 108-moddaga binoan esa Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakilini qoʻshgan holda saylanadi. Sud hujjatlari oʻzbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida: “Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasiga ega”, - deb koʻrsatilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi oʻzining oʻn ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilgan. Qoraqalpogʻiston milliy davlatchiligi oʻz taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik huquqlarga ega boʻldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega.
1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengeshining oʻn birinchi sessiyasida Qoraqalpogʻiston Davlat bayrogʻi tas-diqlandi.
1993-yil 9-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengeshining oʻn ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling