H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


- BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI OʻRNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI


Download 1.94 Mb.
bet63/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

12- BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI OʻRNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI


12.1. Xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati.


Dunyo davlatlarining oʻzaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari rivojlanib borar ekan, bu aloqalarda oʻzaro ishonch boʻlishi uchun biror mamlakat haqidagi ma’lumotlar ochiq, oshkora taqdim etilishi, xalqaro ekspertlar tomonidan xolis baholanishi talab etilmoqda. Bu esa, eng avvalo, oʻsha mamlakatning jahon miqyosidagi oʻrni, xalqaro reyting va koʻrsatkichlardagi mavqeida oʻzining ifodasini topadi. Bu xalqaro reyting va koʻrsatkichlar biror davlat bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarga kirishayotgan davlat, tadbirkor yoki oddiy fuqaro bu davlat haqida yetarlicha ma’lumotga ega boʻlishi, shunga qarab aloqalar borasida moʻljal olish imkoniyatini beradi.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini oʻzida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy oʻsish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning koʻzgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulugʻlashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun boʻlib yashashini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xalqaro reyting agentliklari indekslarni hisoblab chiqishda yoki reytinglarni tuzishda, asosan, mamlakatning turli statistik koʻrsatkichlariga tayanadi. Mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy oʻzgarishlar, jahon iqtisodiyotidagi va xalqaro doiradagi oʻzgarishlar (masalan, 2008-yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, pandemiya) sababli statistik koʻrsatkichlarning yaxshilanishi yoki yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli biror mamlakatning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini ma’lum bir vaziyatlarda koʻtarilishi, joriy holatida saqlab qolinishi yoki pastlashishi ehtimolini nazardan qochirib boʻlmaydi. Biroq unutmaslik kerakki, global muammolarga aylangan hodisalar iqtisodiy inqirozlar, energiya narxlarining koʻtarilishi, iqlim oʻzgarishlari pandemiya bitta yoki bir nechta davlatda emas, balki butun dunyo mamlakatlariga bevosita salbiy ta’sirini oʻtkazadi. Bunday tahdidlarning mamlakat iqtisodiyotiga, uning barqarorligiga ta’siri, oʻsha mamlakat hukumatining bu tahdidlarga qarshi qanday chora tadbirlar koʻrishiga boʻgʻliq.
Shu bois, balki boshqa davlatlarning ham reytinglardagi oʻrni pastlashishi sabab mamlakatimizning oʻrni tom ma’noda koʻtarilishi yoki joriy holatda saqlanib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Xalqaro reyting va koʻrsatkichlardagi Oʻzbekistonning oʻrni yaxshilanishi istiqbolda mamlakatning iqtisodiy barqaror oʻsishiga, xavfsizlikning ta’minlanishiga, demokratik erkinliklarning ta’minlanishiga, mavjud hukumatning xalq tomonidan qoʻllab quvvatlanishiga boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi. Bu mamlakatning xalqaro immijining yaxshilanishiga olib keladi, xalqaro maydondagi oʻrnini mustahkamlanishiga xizmat qiladi, mamlakatga investitsiya kirib kelishi koʻpayadi, turistlar oqimining oshishiga xizmat qiladi, dunyo mamlakatlarining Oʻzbekiston bilan turli sohalardagi hamkorliklarida ishonch ortadi. Oʻzbekistonning xalqaro reyting va koʻrsatkichlardagi oʻrni qanday ekanligi hokimiyat organlariga ma’lum bir xulosalar qilishga, sohalarni rivojlantirish uchun rejalar tuzishga, koʻrsatkichlarni yaxshilash borasida chora tadbirlarni amalga oshirishga undaydi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling