H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Oʻzbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni tahlili


Download 1.94 Mb.
bet65/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

12.3. Oʻzbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni tahlili. Oʻzbekistonda 2017-yildan e’tiboran Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda, hamkor rivojlangan davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv oʻzgartirildi. Binobarin, Oʻzbekiston global iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanib borayotgan sharoitda, mamlakatda olib borilayotgan makroiqtisodiy, shu jumladan, pul-kredit siyosati va bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni, xususan, xorijiy investorlar, xalqaro reyting kompaniyalari hamda moliyaviy tashkilotlarni xabardor qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aynan shu jihatdan, hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati toʻgʻrisidagi barcha statistik va tahliliy ma’lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Xususan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari tomonidan byudjet oshkoraligini baholash, davlat moliya statistikasini tuzish sifati va davlat sektori ma’lumotlarining aniqligini baholash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi va 2018-yildan boshlab Oʻzbekistonda ilk bor “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri chop etildi, byudjet jarayonining barcha bosqichlari elektron saytlarda e’lon qilib boriladigan boʻldi. Shuningdek, 2018-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya choraklik statistikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi standartlariga muvofiq har chorakda Markaziy bank veb-saytida oʻzbek, rus va ingliz tillarida hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining ma’lumotlarni tarqatish tizimlarida joylashtirib borilmoqda.
2019-yilda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining asosiy statistik ma’lumotlar platformasi – “Xalqaro moliyaviy statistika” tizimida Oʻzbekiston Respublikasining sahifasi ochildi. Natijada, xalqaro hamjamiyat, xalqaro tashkilot va moliyaviy institutlarning Oʻzbekistonga munosabati oʻzgarib, olib borilayotgan islohotlar e’tirof etildi.
2020-yilda Oʻzbekiston Open Data Inventory (ODIN) — Ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ball toʻplab, jahon boʻyicha 44-oʻrinni, Markaziy Osiyoda esa 1-oʻrinni egalladi. Ochiq ma’lumotlar reytingida Oʻzbekiston Osiyo davlatlari orasida eng katta oʻsish kuzatilgan mamlakat boʻlib, ushbu koʻrsatkich boʻyicha biratoʻla 125 pozitsiyaga yuqoriladi.
Mamlakatda 2016-yil oxiridanoq xalqaro moliyaviy institutlar bilan toʻlaqonli munosabatlar tiklanishiga kirishildi. Xususan, shu yili Fransiya rivojlanish agentligi oʻzining Oʻzbekistondagi birinchi loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi.
Bundan tashqari, 2017-yil oktyabrda Yevropa investitsiya banki (YeIB) va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida Vashingtonda Oʻzbekistonda YeIB faoliyati uchun huquqiy asosni belgilovchi, jumladan, moliyaviy va texnik yordam koʻrsatish boʻyicha shartnoma imzolandi. Bank Oʻzbekistonda infratuzilma, energetika va energiya samaradorligi boʻyicha davlat va xususiy sektor hamda mamlakatdagi kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishi boʻyicha kelishib olindi.
Mamlakatning bu yangi yondashuvi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) mamlakatda oʻz faoliyatini qayta tiklashga, Toshkentda yangi ofis ochishga va 2018-yil sentyabr oyida esa YeTTB Direktorlar Kengashi tomonidan mamlakat boʻyicha yangi strategiyani qabul qilinishiga imkon berdi. 2018-yilda xalqaro suveren reytingni olish va mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida Standard and Poor’s, Moody’s, Fitch, JR Morgan and Chase kabi xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018-yilning oktyabr oyida birinchi bor Oʻzbekiston suveren kredit reytingini oldi va “Fitch Ratings” tashkiloti “Oʻzbekiston makroiqtisodiy barqarorlik va oʻsish istiqbollarini yaxshilashga, shuningdek, davlat tomonidan katta darajada nazorat qilinadigan iqtisodiyotda institutsional va boshqaruvdagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ulkan va keng qamrovli islohotlar dasturini amalga oshirishga kirishdi” deya e’tirof etdi.
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ilk xalqaro yevro obligatsiyalari London birjasida joylashtirildi va bu bilan respublikaning xalqaro moliyaviy bozorga kirib kelishi ta’minlandi. London shahrida nufuzli “Global Capital” nashriyoti tomonidan oʻtkazilgan “Bond Awards 2019” taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) mintaqasining xalqaro obligatsiyalar chiqarish boʻyicha eng yaxshi emitentlari qatoridan joy oldi.
2020-yilning 19-noyabr kuni Moliya vazirligi tomonidan umumiy hajmi 750 mln. dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar ikki transhda – 10 yillik muddat bilan 555 mln. dollar dollarda va 3-yillik muddat bilan ilk bora milliy valyuta – oʻzbek soʻmida 2 trln. soʻm miqdorida London qimmatbaho qogʻozlari bozorida (London Stock Exchange) muvaffaqiyatli joylashtirildi.
“JP Morgan Development Finance Institution” (“JP Morgan DFI”) tuzilmasi 2020-yil 19-noyabrda chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutadagi ilk xalqaro obligatsiyalari tranzaksiyasiga “taraqqiyot moliyasi” maqomini (“Development Finance Qualification”) berdi va tranzaksiyaning taraqqiyotga boʻlgan ta’siri “yuqori darajada” baholandi.
Yuqorida qayd etilgan oʻzgarishlar, xususan Oʻzbekistonning xalqaro hamjamiyatga “ochilishi” va xalqaro hamkorlik kuchaytirilishi hamda olib borilgan islohotlar xalqaro hamjamiyatning mamlakatga nisbatan munosabati va ishonchi ortishiga sabab boʻldi. Xususan, 2020-yilda Oʻzbekiston birinchi marta Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”ga kiritildi va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun iqtisodiyotning ochiqligi boʻyicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi oʻrinni egalladi.
2017-2020-yillardagi bu borada olib borilgan sa’y-harakatlar natijasi oʻlaroq, Oʻzbekistonda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda koʻplab loyihalar amalga oshirilishi, 2017-yildan boshlab milliy valyuta kursini iqtisodiyotda chet el valyutasiga boʻlgan talab va taklifga asosan belgilash mexanizmi joriy qilinishi, 2018-yilda aholiga bank xizmatlarini koʻrsatishda, jumladan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro toʻlov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklarida naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etilishi, Milliy valyuta “soʻm”ning mavqeyini yanada mustahkamlash hamda unga boʻlgan ishonchni kuchaytirish maqsadida davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar milliy valyutada undirilishi, tovar va xizmatlar uchun narxlar hamda jamiyatlarning ustav kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada oʻrnatilishi qonun darajasida belgilab qoʻyilishi, tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida eksport tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish kabi yoʻnalishlarda muhim oʻzgarishlar yuz berdi.
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish jarayonini faollashtirish doirasida tashqi savdo rejimini liberallashtirish borasidagi sa’y-harakatlar kengaytirilmoqda.
Natijada, Oʻzbekistonning “Doing Business” — Biznes yuritish reytingidagi “xalqaro savdo” indikatori koʻrsatkichlari 2016-yildagi 44,3 balldan 2020-yilda 58,2 ballga yaxshilanishiga erishildi.
2017-2020-yillardagi amalga oshirilgan soliq islohotlari natijalari xalqaro reyting va indekslarda ham oʻz aksini topganini koʻrish mumkin. Xususan, “Economic Freedom” — Iqtisodiy erkinlik reytingidagi “Tax Burden – Soliq yuki” indikatori boʻyicha 2017-yildagi 90,7 ballik koʻrsatkichdan 92,4 ballik koʻrsatkichga, “Doing Business” — Biznes yuritish reytingidagi “Soliq toʻlovi” indikatori boʻyicha 2016-yildagi 52,9 ballik koʻrsatkichdan 77,9 ballik koʻrsatkichga erishildi.
“Iqtisodiy erkinlik indeksi” iqtisodiy erkinlik va turli ijobiy ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlar oʻrtasidagi ijobiy munosabatni tartibga soladi. Iqtisodiy erkinlik gʻoyalari sogʻlom jamiyatlar, aholi jon boshiga koʻproq daromad, inson taraqqiyoti, demokratiya va kambagʻallikni qisqartirish bilan chambarchas bogʻliq.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling