O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformasiyasi. Reja
Download 38.4 Kb.
|
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING RAQAMLI TRANSFORMASIYASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar Iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilishning ustuvor vazifalari
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING RAQAMLI TRANSFORMASIYASI. Reja Iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilishning ustuvor vazifalari Kelgusi besh yillikdagi muhim vazifa Raqqamli iqtisodiyotni jahon tajribanidan o`rganishning ustivorligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilishning ustuvor vazifalari O‘zbekistonda 2020-2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning yo‘nalishlari sifatida sanoat korxonalarining ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, moddiy-texnik resurslarni hisobga olish va boshqarish, shuningdek mijozlar bilan munosabatlarni tartibga solish, mahsulotlarni elektron sotish, marketingni boshqarish tizimlarini joriy etishga e’tibor qaratiladi. Mazkur yo‘nalishda 100 ga yaqin loyihalar, jumladan, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, neft-gaz sohalari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bugun raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti. Mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim vazifaga aylangan. Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ular eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotning mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi ulushi AQShda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizini tashkil etadi. “Vouchercloud” portali tadqiqotchilari dunyodagi “eng aqlli” 25 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. O’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Yaponiya egallagan. Kunchiqar yurt tadqiqotning asosiy ko‘rsatkichlari — Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o‘rtacha IQ (aql-zakovat) darajasi, maktablardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkich bo‘yicha ham eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlardan Shveysariya, Xitoy, AQSh va Niderlandiya joy oldi. Xitoy aholi aql-zakovat darajasi yuqori bo‘lgani uchun uchinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, AQShga to‘rtinchi o‘rinda joylashishiga Nobel mukofoti laureatlari soni yordam berdi. Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur bilimli (aql-zakovatli) yoshlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda, ammo faqatgina Nobel mukofoti laureatlari soni kamligi sababli reytingda yuqorida joylasha olmadi. “McKinsey” ekspertlarining baholashi bo‘yicha, bugungi kunda jahon YaIMning qariyb 10 foizi raqamli aktivlarga to‘g‘ri keladi, shu bilan birga, ularni ishlab chiqish sur’ati jahon iqtisodiy o‘sishining 30 foiziga teng. Raqamli aktivlarning rivojlanishi akselerator (tezlashtiruvchi) harakatiga o‘xshaydi. 2021 yil 18 fevral kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimiyatning vakillik organlari rolini oshirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar, sud tizimi, huquqni himoya qilish organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyalar va xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi konsalting kompaniyalar rahbarlari qatnashdilar. Mazkur xalqaro konferensiyada iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jaev ham ishtirok etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Rossiyada 3,9 foiz, Hindistonda 5,5 foiz, Belorussiyada 6,5 foiz, Xitoyda 10 foiz, AQShda 10,9 foizni tashkil etadi. Download 38.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling