H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Oʻzbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning oʻrni
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
10.4. Oʻzbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning oʻrni.
Oʻzbekiston qulay geostrategik mavqega ega ekanligi boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bunda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi bilan chegaradosh, ularning oʻrtasida joylashganligi, Oʻzbekiston hududi tarixan juda koʻp savdo yoʻllari tutashgan joy boʻlganligi, bu hududda joʻshqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni kechganligi katta ahamiyatga ega boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻzining mustaqil energetika va suv tizimlariga ega boʻlgan sobiq Sovet Oʻrta Osiyosining markazida turibdi, koʻpgina masalalarda respublikalar oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻin boʻlib xizmat qilmoqda va xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda tobora faol rol oʻynamoqda. Oʻzbekiston mustaqil Markaziy Osiyo Respublikalari orasida gʻoyat katta eksport imkoniyatiga ega boʻlgan juda muhim xomashyo paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni etishtiruvchi hamda yetkazib beruvchi asosiy respublikadir. Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli salohiyatga ega. Yer bagʻrining gʻoyat qimmatli xomashyolarga boyligi chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, respublikaning jahon bozoriga chiqishini ta’minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini beradi. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalq manfaatlari yoʻlida xizmat qilishga, xalq turmushi, farovonligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan. Shuning uchun xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarda iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol uynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikamizga ilgʻor texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, qoʻshma korxonalar qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. 2022-yilning 1-may holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 877 tani, shundan qoʻshma korxonalar 6 117 ta va xorijiy korxonalar 7 760 tani tashkil etmoqda49. Ular sanoat, savdo, qurilish, qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaliklari, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar, axborot va aloqa, tashish va saqlash, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarda qulay investitsiya muhitini shakllantirishga harakat qilmoqda. Oʻzbekiston tabiiy xomashyolarga boyligi nuqtaiy nazaridan investitsion jozibadorlikka ega davlat hisoblanadi. Oʻzbekistonda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon boʻlgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Shundan 60 dan ortigʻi ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan boʻlib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral xom ashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiqroq baholanayotganini ham aytib oʻtish kerak. Gʻoyat muhim strategik manbalar – neft va gaz kondensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar boʻyicha 40, konchilik kimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta kon qidirib topilgan. Umuman olganda Oʻzbekistonda neft, gaz, koʻmir, uran, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, oltin, marmar, granit, fosforit, kaliy tuzi va boshqa koʻplab tabiiy xom ashyo konlari mavjud. Har yili respublika konlarida taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qoʻshilmoqda. Oltin zaxiralari boʻyicha respublika dunyoda 4- oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 7-oʻrinda, mis zaxiralari boʻyicha 10-11-oʻrinda, uran zaxirasi boʻyicha 7-oʻrinda turadi. Tabiiy va mineral xom ashyo zaxiralari yirik konlarda toʻplangan boʻlib, ularni qazib olingan joyining oʻzidayoq kompleks kayta ishlash imkoniyati bor. bunda Foydali qazilmalarning koʻpgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar yuqori darajada ekanligi, konlarning ochiq usulda qazib olinishi, konlar aholi yashash joylariga yaqin joylashganligi, suyuq va gaz holatida qazib olinadigan xom ashyolarni qayta ishlash va yetkazib berish chun transport va quvur tizimlariga egaligi, Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, malakali kadrlar, togʻ-kon mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari tizimi mavjudligi bu tabiiy xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlashni osonlashtiradi. Turizmni rivojlantirish Oʻzbekiston uchun nisbatan yangi soha hisoblanadi. Oʻzbekiston oʻzining koʻplab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini oʻziga tortmoqda. Xivadagi Ichan-Qa’la majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari YuNЕSKO ning “Butunjahon me’rosi” ning maxsus roʻyxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar oʻtmish zamonlarni oʻzida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol oʻynashi bilan birga xorijiy sayyohlarni mamlakatga jalb qilishda katta ahamiyatga ega boʻlmoqda.Yildan yilga mamlakatimizga xorijiy sayyohlar soni ortib bormoqda. Ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorliklar ham ajoyib samaralar bermoqda. Universitetlar va boshqa oʻquv yurtlarimiz zamonaviy uskunalar va qoʻllanmalar bilan ta’minlanmoqda, koʻpchilik kurslar taniqli jahon olimlari tomonidan oʻqilmoqda va malaka oshirmoqda. Mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar bilan koʻp tomonlama aloqalarida Toshkent muhim oʻrin tutadi. 2009-yil Toshkent shahrining 2200-yillik yubileyini YuNЕSKO rahnamoligida nishonlanishi hamda Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tuzilmasi ISESCO (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahrining 2007-yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingani yuksak xalqaro e’tiborning natijasidir. Bunday misollardan yzlab keltirish mumkin. Bugungi kunda Oʻzbekiston tashqi siyosati 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar stratеgiyasi va yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar va maqsadlar asosida olib birilmoqda. Oʻzbekiston rivojlanishidagi bu dasturlarda belgilangan tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin: - davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi oʻrni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, Oʻzbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish; - Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish, Oʻzbekiston imidjini oshirishga qaratilgan axborotlar etkazish; - Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; - davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish; Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling