H oji Abdulaziz Abdurasulov
- San’atkor uchun uning har bir qo’shiq farzandidek. Agar u qalblarni zabt etsa, demak, yaxshi bir asar yaratilibdi, deyishadi. Haqiqat-da esa
Download 18.94 Kb.
|
Hoji Abdulaziz Abdurasulov
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Buning ham o’ziga xos etikasi bormi Chunki aksariyat qo’shiqlarimiz chet el yoki 60-70 yillardagi qo’shiqlarni zamonaviylashtirilgan holda ijro etilmoqda.
- San’atkor uchun uning har bir qo’shiq farzandidek. Agar u qalblarni zabt etsa, demak, yaxshi bir asar yaratilibdi, deyishadi. Haqiqat-da esa...
- Yaqinda Farmon Toshevning bir she’rini telegram kanallarning birida o’qidim. Uni qo’shiq qildim. Bilasizmi nega? Qo’shiq qalbimni yig’latgani uchun, uni his qilganim uchun, hayajonga tushganim uchun. Ko’rmadim dunyoni hech bekam, netay, Topmadim sog’inchima malham, netay. She’r sizni hayajonga soldimi, demak, eshituvchini ham hayajonga soladi. Ichki ishlar idoralarida ishlagan rahmatli O’tkir Jo’raevning she’rlari ham o’ziga xos edi. U kishining ijodidan bir she’rni qo’shiq qilgandim. Andijondagi shogirdlarimiz “Biz ham aytsak bo’ladimi”, deb so’rashyapti. Demak, nafaqat menga, balki ularga ham qo’shiq ma’qul bo’lgan. Hozir yoshlarimiz ikki yoki uch kunda qo’shiq tayyorlayapti. O’zi she’r yozayapti, o’zi kuy bastalayapti va aytyapti. Albatta, bunday ashulaning umri qisqa bo’ladi-da! Chunki har bir ishni o’zining ustasi qilgani yaxshi. Agar bitta shoirning she’riga kuy bastalasamu, bitta so’zi kuyga tushmasa, uning muqobilini topishga qiynalaman. Chunki men shoir emasman. Bizda shoirlarimiz, bastakorlarimiz ko’p. Ular bilan hamkorlik qilish, izlanish, o’qish kerak. Masalan, Hoji Abdulaziz Abdurasulov ikki yilda, besh yilda bitta qo’shiq yaratgan. Qarangki, bugungi kungacha “Gulzorim”, “Qo’shchinor”, “Bebog’cha”, “Ushoq” eskirgani yo’q. Ular san’atkorlarimiz tomonidan qayta-qayta ijro etilmoqda, sayqal berilmoqda. Yoshlarga aytmoqchimanki, san’at sohasida mehnat qilgan, izlangan maqsadga erishadi, boqiy asarlar yaratiladi. Chunki mehnat qilgan sari yangiliklar paydo bo’ladi. Bitta qo’shiq yaratish uchun 70 foiz iste’dod kerak bo’lsa, 30 foiz mehnat qilish kerak. Bugun aksariyat qo’shiqlarimiz taqlid bo’lib qolayotgandek ko’rinadi. To’g’ri, ba’zan ijodkorlar orasida ham qo’shiq almashinuv bo’ladi. Buning ham mezonlari bor. - Buning ham o’ziga xos etikasi bormi? Chunki aksariyat qo’shiqlarimiz chet el yoki 60-70 yillardagi qo’shiqlarni zamonaviylashtirilgan holda ijro etilmoqda. - Ustoz san’atkor Bobomurod Hamdamovning “Omonat” qo’shig’i so’zi menga yoqib qoldi. Uning kuyini sal boshqacha qilib kuyladim. Ancha vaqt ustozdan rozilik olishni o’ylab yurdim. Bir kuni Sultonposhsha O’daeva va u kishining turmush o’rtog’i Safar og’a bilan Bobomurod akaning uyiga bordik. Choy ichib turib, Safar og’a Bobomurod akaga qo’shiqdan so’z ochdi: “Majidxon sizning “Omonat” degan qo’shig’ingizga kuy bastalab qo’shiq qilibdi, siz nima deysiz”. Hayajon bilan javoblarini kutyapman. Shunda Bobomuroda aka menga: “Torni ol, - dedi buyruq bilan. - Qani endi chal”. Ikki misra aytganimdan keyin u kishining munosabatini kutdim. Jim turib, “Majidxon buni tez yoz” dedi. Yaxshi chiqibdi. Mana shu bir jumlaning o’zi san’atkor uchun baxt, boylik. Qo’shiqning jumlalari menga ta’sir qilgani uchun she’r muallifini so’radim. “Jo’shqinniki”, dedi Bobomurod aka. Qo’shiq radioda yozildi. Telekanallarda aylandi. Download 18.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling