H oji Abdulaziz Abdurasulov


Hoji Abdulaziz Abdurasulovning “Gulzorim” qo’shig’i qanday yaratilgan?


Download 18.94 Kb.
bet2/5
Sana04.05.2023
Hajmi18.94 Kb.
#1425996
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hoji Abdulaziz Abdurasulov

Hoji Abdulaziz Abdurasulovning “Gulzorim” qo’shig’i qanday yaratilgan?
Majidxon aka Saidovni nafaqat urgutliklar, balki respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko’plab san’atkorlar, musiqa shinavandalari yaxshi taniydi. Qo’shiqlarida o’ziga xos ohang, ma’no va qalblarga etib boruvchi nola bor. Bir necha yildan buyon poytaxtda ijod qilayotgan hofiz yaqinda tahririyatimiz mehmoni bo’ldi. Majidxon aka bilan Samarqand maqom san’ati, Hoji Abdulaziz Abdurasulovning “Gulzorim” qo’shig’ining yaratilishi, bugungi qo’shiqchilik haqida suhbatlashdik.
- Urgut tumanida “Beshqarsak” ansambli bor. Biz sinfdoshlarimiz bilan tanaffus paytida ularning repetitsiya jarayonini kuzatardik, - deydi hofiz. - Mana shu kuzatishlar meni san’atga etaklagan bo’lsa, ajab emas. Chunki ular bilan birga Urgutning boshqalarga o’xshamagan xalq og’zaki ijodini xirgoyi qilardim. Bu kuzatishlar ansamblga kirib kelishimga turtki bo’ldi. Bu erda 10 yil badiiy rahbarlik qildim. 1996 yilda meni Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga taklif etishdi. Toshkentda ijod qilish barobarida ko’plab san’at fidoyilaridan saboq oldim. O’zbekiston xalq artisti Orifxon Hotamov, Eson Lutfullaev, Quvondiq Iskandarov, Ortiq Otajonov kabi usta hofizlardan san’at sirlarini o’rgandim, ularning yordamida qo’shiqlar yaratdim.
Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi «O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ushbu san’atni qayta rivojlantirdi. Samarqandda ham yoshlardan iborat “Maqom” ansambli tashkil etilganini eshitib xursand bo’ldik. Bizda maqom ustalari etishib chiqishi uchun poydevor bor, iste’dodli yoshlar ko’p. Buni bejiz aytmadim, Samarqand maqom san’ati deganda ko’z oldimizga Hoji Abdulaziz Abdurasulov keladi. U kishining maqom san’atini rivojlantirishdagi o’rni beqiyos. Bugun ustozning bor-yo’g’i o’ndan ortiq qo’shiqlari bizgacha saqlanib qolgan bo’lsa-da, ular umrboqiydir. Yillar o’tsa-da, o’z ohangini, ma’nosini yo’qotmaydi. Maqomni notalarga tizgan ustoz Yunus Rajabiyning farzandlari bilan suhbatimizda, u kishi ham Samarqandga kelib Hoji Abdulaziz Abdurasulovdan saboq olganini aytadi.

Download 18.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling