H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana20.08.2020
Hajmi0.69 Mb.
#127091
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2c209916c7534ace54599209314a282f


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

 



 

 

 

 

www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

 



82.3 (5Turk) 

T89 

BBK 82.3 (Turk) 

Tarjimonlar: 



H. Po'Iatov, N. Sodiqov 

Turk  ertaklari  (H.  Po'Iatov,  N.  Sodiqov  tarj.).  —  T.:  G'afur  G'ulom  nomidagi 

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. 112 b. 

Turk  ertaklari  O'rta  Osiyo,  Yaqin  Sharq  va  Bolqon  yarim  orolida  istiqomat  qiluvchi 

xalqlarning  ertaklariga  juda  ham  yaqin.  Chunki  ular  shu  xalqlarning  o'zaro  iqtisodiy  va 

madaniy aloqalari natijasida paydo bo'lgan, shu sababga ko'ra ularning ko'pgina xalqlarga, 

shu jumladan, o'zbek kitobxonlariga ham o'z ertaklaridek ta'sir qilishi tabiiydir. 

BBK 82.3(Turk) 

 

G'afur G'ulom nomidagi  



nashriyot-matbaa ijodiy uyi,  

2010-yil. (Tarj.). 

www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

«QIRQ VAZIR ERTAKLARI »DAN 



VAZIRNING ERTAGI 

  Rivoyatlarga  qaraganda,  —  deb  boshlabdi  vazir  o'z  ertagini.  —  Qohira  shahrida 



buyuk,bir podsho o'tgan ekan. Uning ikki o'g'li bo'lgan ekan. Kunlardan bir kuni podsho 

makkor falakning va adolatsiz taqdirning ishlariga mundoq nazar solib ko'rsa, dunyoda 

hamma  narsa o'tkinchi va omonat emish. Hamma  taqdirning  hukmi  ostida, birov  shoh, 

birov  gado,  birov  kambag'al,  birov  boy.  Shundan  keyin  podsho  o'g'illaridan  birini 

tikuvchiga shogirdlikka bermoqchi bo'libdi. U o'g'liga: 

— Kishiga hammavaqt hunar kerak bo'ladi. Yuz qop oltindan, oz bo'lsa ham, hunar 

yaxshi, deb bekorga aytmaganlar, — debdi. 

Podshoning o'g'li ko'p o'tmay Qohirada hech kim teng kela olmaydigan usta tikuvchi 

bo'libdi. 

Podsho  o'lganidan  keyin  akasi  taxtga  o'tiribdi.  Tikuvchilik  hunarini  o'rgangan  o'g'li 

bo'lsa, bekorga halok bo'lmay, deb shahardan qochibdi. 

Xuddi  shu  paytda  Ka'bani  ziyorat  qilgani  ketayotgan  kishilar  o'tib  qolishibdi. 

Shahzoda ular bilan birga jo'nabdi. 

Ular  Ka'batulloga  yetib  borishibdi.  Ziyoratchilar  muqaddas  masjidni  aylanib 

o'tishayotganda  shahzoda  allaqanday  qattiq  bir  narsani  bosib  olibdi.  Mundoq  qarasa, 

hamyon  emish.  Uni  darrov  olib  belbog'iga  qistiribdi-da,  hech  narsani  ko'rmaganday 

ketaveribdi. 

Bir qancha vaqtdan keyin ikkala qo'lida tosh — ko'kragiga urib, faryod chekayotgan bir 

ziyoratchini ko'rib qopti. U zo'r berib: 

— 

Oh,  meni  xudo  urdi.  Hamyonimni  yo'qotib  qo'ydim.  Yigitligimdan  beri 



jamg'argan  hamma  boyligim  o'shanda  edi.  Agar  hamyonimni  biron  musulmon  topib 

olgan bo'lsa, xudo-yu Ka'batulloning haqqi hurmati, qaytarib bersin. Topgan narsasining 

qoq yarmini beraman, unga ona sutidan halol bo'lsin, — dermish. 

Uni bu ahvolda ko'rib shahzodaning rahmi kelib ketibdi. U topib olgan hamyon shu 

kishiniki ekanini anglab: 

«Otamdan  qolgan  behisob  dunyo  meni  baxtli  qila  oldimi?  —  deb  o'ylabdi.  — 

Shunday  ekan,  bu  hamyonning  menga  nima  keragi  bor?  Birovning  ko'z  yoshiga 

sababchi  bo'lmaganim  ma'qul.  Yaxshisi,  qaytarib  beray».  U  hamyon  yo'qotgan 

kishining oldiga borib, debdi: 

— Ey Xoja! Yig'lama. Hamyoningni men topib olganman. U menda. Xoja shu zahoti 

unga yopishibdi. 

— Nega  menga  yopishasan?  Qo'rqma,  qochib  ketmayman.  Mana  hamyoning, 

belbog'imda turibdi, — debdi yigit. 

Xoja shahzodani yetaklab o'z kapasiga olib kiribdi. Ular ichkari kirganlaridan  keyin 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Xoja o'tiribdi. Yigit hamyonni olib, Xojaning oldiga qo'yibdi. U chang solib hamyonni 



olibdi-da, o'pib, bag'riga bosibdi. Keyin muhrini buzib, ichida bor narsaning hammasini 

ag'daribdi.  Shunda  shahzoda  hamyonning  ichi  to'la  qimmatbaho  toshlar  ekanini 

ko'ribdi. 

Xoja ularni ikkiga bo'libdi. Uning yarmini yana ikkiga bo'libdi-da: 

— Ey  yigit,  qani  aytchi,  mening  roziligim  bilan  mana  shu oz qismini olasanmi  yoki 

mening roziligimsiz qoq yarmini olasanmi? — debdi. 

— Yaxshisi,  menga  o'sha  kam  qismini  bera  qol.  Lekin  o'z  roziliging  bilan  bersang 

olaman, — debdi shahzoda. 

Lekin Xoja yana o'ylab qolibdi. U o'sha oz qismni yana ikkiga taqsimlab: 

— Mening roziligim bilan shulardan qaysinisini olasan? — deb so'rabdi. 

Yigit yana oz qismiga rozi bo'libdi. Shunda Xoja o'shani ham ikkiga bo'lib: 

—  Ey yigit! Mana shu qismini olasanmi yoki Ka'batulloga borib sening haqingga duo 

qilaymi? — deb so'rabdi. 

«Men otamning behisob boyligidan ham foydalanganim yo'q. Bu boylik menga nima 

bo'libdi?» — deb o'ylab: 

— Ey Xoja, yaxshisi, borib mening haqimga duo qil.  Men hammasidan kechaman, 

— debdi. 

Shunda  Xoja  o'rnidan  turib,  yigitni  yetaklab  ketibdi.  Ular  Ka'baga  borishibdi.  Xoja 

qo'lini duoga ochib yigitga: 

   —  «Omin», degin, — debdi. Yigit: «Omin», — debdi. Xoja allanarsalar deb shivirlab, 

yuziga fotiha tortibdi-da, yigitga: 

— Bor, endi ketaver. Men sening haqingga duo qildim, — debdi. 

Yigit  biroz  nariroqqa  borganidan  keyin:  «Xudo  hozir,  bordi-yu,  Qohiraga  qaytib 

borsam,  akam  meni  o'ldiradi.  Shu  Xoja  bilan  Bag'dodga  ketsam  qanday  bo'larkin?»  - 

deb o'ylab qolibdi. U qaytib kelib Xojaga: 

— Xoja,  men  ham  Bag'dodga  bormoqchiman.  Birga  olib  ket!  Tuyalaringga  qarab 

yuraman, — debdi. 

Xoja rozi bo'lib, uni xizmatga olibdi. Ko'p o'tmay, ular Bag'dodga yetib borishibdi. 

Shaharga yetib borganlaridan keyin oradan bir necha kun o'tibdi. Kunlardan bir kuni 

yigit Xojaga: 

— Men  tikuvchilikni  bilaman.  Bironta  tanish  tikuvching  bo'lsa,  o'shaning  xizmatiga 

joylashtirib qo'ysang, ishlardim, — debdi. 

Xoja  yigitni  bir  do'stining  tikuvchilik  ustaxonasiga  ishga  joylashtiribdi.  Shahzoda 

o'sha yerga ko'chib boribdi. 

Usta  yigitga  chakmon  tikish uchun  bichilmagan  mato  beribdi.  Tikuvchilik san'atida 

Qohirada  shahzodaga  hech  kim  tenglasha  olmas  ekan.  Bag'doddagi  ustalar  esa  undan 

ancha qoloq ekanlar. 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Yigit  chakmonni  kechgacha  tayyor  qilib,  ustasining  oldiga  qo'yibdi.  U  chakmonni 



ochib,  uyoq-bu  yog'ini  ko'rib,  hayron  qolibdi.  U  bunaqa  bejirim  kiyimni  umrida  biron 

marta  ham  ko'rmagan  ekan.  Bag'doddagi  hamma  tikuvchilar  yigitning  san'atiga  qoyil 

qolib, uni maqtabdilar. 

— Ey yigit, — debdi ustasi unga pul bera turib, — mana sening xizmat haqing — o'n 

ikki tilla. 

Shundan keyin yigit liar kuni shunaqa chakmon tikib, xizmat haqiga o'shancha pul 

olaveribdi. Tezda uning ishlari yurishib, boyib kctibdi. 

Kunlardan  bir  kuni  Xoja  xotini  bilan  janjallashib  qolibdi.  U  jahl  ustida  unga  «Uch 

laloq  qo'ydim»,  —  deb  yuboribdi-yu,  lekin  shu  zahoti  og'idan  chiqib  ketgan  gapga 

afsuslanibdi.  Chunki  u  xotinini  juda  yaxshi  ko'rar  ekan,  undan  ajralgisi  kelmabdi. 

Xotinining ham undan chiqqisi yo'q ekan. Ular qoziga borishibdi. 

— Xotin boshqa erga tegib chiqmaguncha sizlarni bir-biringizga nikohlab bo'lmaydi, 

— debdi qozi. 

Shunda Xoja: «Qisqa muddatga kim mening xotinimga uylanishga rozi bo'lar ekan», 

deb o'ylabdi. Birdan uning esiga bir fikr kclibdi: «Xudo haqqi, buni o'sha yigitdan iltimos 

qilib  ko'raman.  Axir  u  uylanmagan-ku.  Ertaga  ular  ajralishadi.  Keyin  xotinimni  o'zim 

qaytadan nikohlab olaman», deb o'ylabdi. 

U  shahzodaning  oldiga  kelib,  xotinini  nikohiga  olishga  ko'ndiribdi.  Xoja  kcchqurun 

qorong'i uyda xotini bilan yigitni birga qoldirib, chiqib ketibdi. 

Chiroq  yoqilishi  bilanoq  xotin  shahzodani  ko'rib,  uni  jondilidan  yaxshi  ko'rib 

qolibdi.  «Shahzoda  deganlaricha  bor  ekan»,  deb  ko'nglidan  kechiribdi.  Yigit  ham 

Xojaning xotinini yaxshi ko'rib qolibdi. Ular hazil-huzul qila boshlabdilar. 

Keyin  xotin  yigitni  yetaklab  xazinaga  olib  kiribdi-da,  unga  sandiqlardagi  hamma 

boyliklarini  ko'rsatibdi.  Birida  oltin,  birida  kumush,  birida  qimmatbaho  kiyimboshlar, 

shohi-atlaslar liq to’la ekan. 

— Xazinani  ko'rdingmi?  —  debdi  xotin  unga.  —  Shularning  hammasi  meniki. 

Xojada  nimaiki  bor,  hammasi  meniki.  Bu  boylikni  unga  men  berganman.  Agar  sen 

mendan  ajralmasang,  shar'iy  xotining bo'lib  qolishimga  rozi  bo'lsang,  shu  boyliklarning 

hammasi  seniki  bo'ladi.  Axir  hech  kim  seni  mendan  zo'rlab  ajrata  olmaydi-ku.  Meni 

taloq qilishga rozi bo'la ko'rma. Ertaga Xoja keladi. Sen uning oldiga chiqib qo’lini o'p. 

«Yur, qoziga boramiz», desa, «Qoziga borib nima qilamiz?» degin. Agar u: «Bor, taloq 

qil», desa, sen unga: «Xudo haqqi, ayting-chi, bugun nikohlab olgan xotinni ertaga taloq 

qilish mumkinmi?» degin, Xoja churq etolmay qoladi. 

Yigit xotinning gapidan xursand bo'lib, aytganlarining hammasini qiladigan bo'libdi. 

Erta bilan Xoja kelib, eshikni taqillatibdi. Yigit chiqib uning qo'lini o'pibdi. 

— Yur, qoziga boramiz, — debdi Xoja. 

— Qozida nima qilamiz? — debdi yigit. 

— Bu nima deganing?! Axir, sen xotinni taloq qilishing kerak! 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

— Bizda uylanib, darrov xotin qo'yish nomus hisoblanadi, — debdi shahzoda. 



Xoja  har  qancha  yalinsa  ham  yigit  ko'nmabdi.  Xoja  qarasa,  ish  chatoq.  U  qozining 

oldiga boribdi-da, bor gapni gapirib beribdi. Qozi ham, boshqalar ham shariat qonuniga 

ko'ra, xotin shahzodaniki, uni tortib olib bo'lmaydi, deyishibdi. 

Xoja qattiq xafa bo'libdi. U xotinini juda yaxshi ko'rarkan, uning dog'i hasratida kasal 

bo'lib yotib qolibdi. U o'lim to'shagida yotganida, yigitni chaqirtiribdi-da, unga: 

— Ey yigit, Ka'bada tik turib nima deb duo qilganimni bilasanmi? — debdi. 

— Yo'q, bilmayman, — debdi shahzoda. 

— O'shanda xudodan seni yorlaqashini so'ragan edim,— debdi Xoja. — Yana boshqa 

bir  narsani  ham  so'ragan  edim.  Shunda  ham:  «Ey  xudoyo  xudovando,  mening  butun 

mol-mulkim  vafotimdan  keyin  shu  yigitga  qolsin!»  deb  duo  qilgandim.  Shunaqa, 

yigitcha,  bilib  qo'y:  uyimda  bor  mol-mulkning  hammasi  ilgari  xotinimniki  edi. 

Modomiki,  u  endi  sening  xotining  ekan,  vafotimdan  keyin  sening  tasarrufingga  o'tadi. 

Shu yerda turganlarning hammasi bunga guvoh bo'lishsin. Guvohlarning hammasi uning 

iltimosini qabul qilishibdi. 

Xoja yana uch kun yotib, to'rtinchi kuni jon taslim qilibdi.  Shunday  qilib, u dunyoyi 

foniydan  dunyoyi  boqiyga  safar  qilibdi.  Yigit  bo'lsa  uning  mol-mulkining  egasi  bo'lib 

qolibdi... 

MALIKANING ERTAGI 

— Aytishlariga  qaraganda,  —  deb  boshlabdi  ertagini  malika,  —  ajoyib  bir  qasrda 

qudratli bir podsho yasharkan. Kunlardan bir kuni bir darvesh uning huzuriga  kiribdi-

da: 


— Ey shoh! Men g'alati bir duoni bilaman. Shuni o'qisam  bas,  jonim  shu  zahoti har 

qanaqangi jonsiz tanaga o'tadi,— debdi. 

Shoh so'yilgan o'rdak keltirishlarini buyuribdi. U darveshga: 

— Qani ko'ramiz, joning shu o'rdakning taniga o'ta olarmikan, — debdi. 

Darvesh  pichirlab  duo  o'qibdi.  Shu  zahoti  uning  joni  o'rdakka  o'tibdi.  O'rdak  tirilib 

g'aq-g'aqlab yurib ketibdi. Darveshning gavdasi esa jonsiz bo'lib qolibdi. 

Buni  ko'rib  podsho  juda  hayron  bo'libdi.  Darvesh  o'sha  duoni  o'qigan  ekan,  uning 

joni yana o'z jasadiga qaytibdi. Podsho darveshdan o'sha duoni o'rganib olibdi. 

Oradan bir necha kun o'tgach, podsho vaziri bilan ovga chiqibdi. Ular bir kiyikni otib 

o'ldirishibdi.  Podsho  vazirning  ko'zi  oldida  duo  o'qigan  ekan,  joni  o'ldirilgan  kiyikka 

o'tib  qolibdi.  Kiyik  tirilibdi,  podshoning  jasadi  esa  murdaga  aylanibdi.  Podsho  yana 

o'sha duoni o'qigan ekan, joni o'z jasadiga qaytibdi. 

Vazir hayron qolibdi va bu duoni qayoqdan o'rganganini so'rabdi. 

— Menga bir darvesh o'rgatdi, — debdi podsho. 

— Shu duoni menga ham o'rgatasiz,— deb turib olibdi vazir. 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

U  podshoga  yalinaverib  qo'ymabdi,  axiri  o'rganib  olibdi.  Kunlardan  bir  kuni  podsho 



bilan vazir sayr qilib yurishgan ekan, daraxt tagida o'lib yotgan to'tini ko'rib qolishibdi. 

  — Ey shohim, joningiz shu to'tining tanasiga ham o'ta oladimi? — debdi vazir. 

Podsho  duo  o'qigan  ekan,  joni  to'tining  tanasiga  o'tibdi.  To'ti  uchib  daraxtga 

qo'nibdi. 

Shu  zahoti  vazir  o'sha  duoni  o'qib,  o'z  jonini  shohning  jonsiz  qolgan  jasadiga 

o'tkazibdi, keyin duoni takrorlab xizmatkorlaridan birini vazirga aylantiribdi. 

Podsho  to'tiga  aylanib,  daraxtga  qo'nganicha  qolaveribdi.  Shundagina  u  vazirning 

makkorligini  anglab,  sehrli  duoni  unga  o'rgatganiga  afsuslanibdi.  Lekin  hech  qanday 

iloj topa olmabdi. 

Shu joydan biroz nariroqda podshoning bog'i bor ekan. U shu yerga uchib boribdi-

da, bir daraxt shoxiga qo'nib, xafa bo'lib o'tiribdi. 

Podshoning  qiyofasiga  kirgan  vazir  saroyga  qaytib,  go'yo  hech  narsa  bo'lmagandek 

podsho  xotini  —  malikaning  huzuriga  kiribdi.  Kechasi  ular  birga  may  ichib, 

xursandchilik  qilishibdi.  Tong  otgach  vazir  chiqib,  taxtga  o'tirib  mamlakat  ishlarini 

boshqaribdi. 

Keyin  u  yana  malika  yoniga  qaytibdi.  Malika  erining  yurish-turishi  va  xatti-

harakatlarining o'zgarib qolganini ko'rib, hayron bo'libdi. Endi ikki og'iz gapni to'tidan 

eshiting: 

Kunlardan bir kuni to'ti bog'bonning oldiga uchib kelib, unga xuddi odamdek: 

— Meni  shaharga  olib  borib  sot.  Men  tufayli  topgan  puling  senga  baxt  keltiradi,  — 

debdi. 

Bog'bon uni qafasga solib, shaharga olib boribdi-da, boylardan sotib olishni so'rabdi. 



To'tining  gapirishini  bilgan  odamlar  qafas  atrofini  o'rab  olishibdi.  Unga  har  xil  gaplar 

gapirib, hazil-huzul qilishibdi, savollar berishgan ekan, to'ti ularga javob qaytaribdi. 

Shu shaharda bir xotin boiar ekan. U bir kecha o'zi bilan birga yotgan kishidan ming 

tilla olarkan. Kunlardan bir kuni u tush ko'ribdi. Tushida tanish bir Xoja tong otguncha u 

bilan aysh-ishrat qilib chiqibdi. Erta bilan u o'rnidan turib, to'ppa-to'g'ri Xojaning oldiga 

boribdi-da: 

— Shu bugun kechasi tong otguncha men bilan bo'lding. Buning uchun menga ming 

tilla to’lashing kerak. Qani, pulni cho'z! — debdi. 

O'rtada janjal boshlanibdi. Janjal ko'chada bo'lyapgan ekan. Uni to'ti ham eshitibdi. 

— Bu yoqqa kelinglar, sizlarning janjalingizni men hal qilaman, — debdi u. 

Xoja bilan xotin uning oldiga borishibdi. Odamlar ularning atrofini o'rab olishibdi. To'ti 

ikkovining ham arzini tinglabdi-da, keyin Xojaga: 

— Uyingga borib, ming tilla pulni hamyonga sol. Bitta ko'zgu ham top. Ikkovini bu 

yerga olib kel, — debdi. 

Xoja uyidan hamyon bilan ko'zgu olib kelib to'tiga beribdi. U hamyonni ko'zguning 

oldiga  aksi  yaqqol  ko'rinib  turadigan  qilib  qo'yib  qo'yibdi.  Hamma  to'ti  nima  qilarkin, 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

deb qarab turibdi. 



— Sening Xojadan nima da'voying bor? — deb so'rabdi to'ti xotindan. 

— Men undan ming tilla olishim kerak, — debdi xotin. 

— Unga  yaqinroq  kel,  —  debdi  to'ti.  —  Huv  ko'zguda  ko'rinib  turgan  hamyondan 

ming tillani ola qol. O'sha pul sening haqing bo'ladi. 

— Bu nima deganing? Nega bunaqa bema'ni gapni gapirasan?! — deb g'alva qilibdi 

xotin. 


— Men to'g'ri hukm qildim, — debdi to'ti. — Sening Xoja bilan qilganingga o'xshagan 

suhbatga sen ko'zguda ko'rib turgan oltinnigina to'lash mumkin. Agar shunga rozi bo'lsang, 

uni  ol,  rozi  bo'lmasang,  senga  boshqa  hech  qanaqa  pul  berilmaydi.  Turgan  odamlar 

to'tining hukmini ma'qullashibdi. 

— Xudo haqqi, to'tining gapi to'ppa-to'g'ri,— deyishibdi odamlar. 

Xotin qizarib-bo'zarib jo'nab ketibdi. Shunda bog'bon to'tini sotmoqchi ekanini aytibdi. 

Xojalar  savdolashishayotganda,  to'ti  bog'bonga:  «O'z  og'irligi  baravar  tillaga  sotaman, 

degin», — debdi. Ajoyib to'ti to'g'risidagi xabar malikagacha borib yetibdi. 

 

—So'raganini berib, uni olib kelinglar,  — deb buyuribdi u. Katta  pul  to'lab,  sotib 



olib  kelishibdi.  Malika  to'tini  qafasi  bilan  saroyga  osib  qo'yishni  buyuribdi.  Vaqti-vaqti 

bilan borib, u bilan gaplashib turibdi. 

Qorong'i tushishi bilan vazir malikaning oldiga kiribdi. Ular yeb-ichib, xursandchilik 

qilishibdi. To'ti qiyofasida shoh bularning hammasini qafasda ko'rib o'tiribdi: «Eh vazir! 

Vazir!  —  debdi  u  chuqur  xo'rsinib.—  Nahotki,  sen  bilan  hisoblashishni  xudo  menga 

nasib etmasa». 

Kunlardan bir kuni vazir malika bilan vaqtichog'lik qilib o'tirib, debdi: 

— Men  juda  ham  g'alati  bir  duoni  bilaman.  Uni  o'qib  men  o'z  jonimni  har  qanday 

o'lik jasadga kirita olaman. 

Shunda malika so'yilgan o'rdak keltirishni buyuribdi. O'rdak keltirilgach, u vazirga: 

— Agar gaping rost bo'lsa, qani, joningni shu o'rdakning tanasiga o'tkazib ko'r-chi, 

— debdi. 

Vazir sehrli duoni o'qigan ekan, shu zahoti uning joni o'rdakning tanasiga o'tibdi-da, 

u  uyning  ichida  g'aq-g'aqlab  yura  boshlabdi.  Buni  ko'rib  shoh  tezda  o'sha  duoni  o'qib, 

yana o'zining avvalgi qiyofasiga kiribdi-da, o'rdakka tashlanibdi. Uni tutib, tomog'idan 

xippa bo'g'ib o'ldiribdi. 

Malika bularni ko'rib, angrayib qolibdi. Shoh unga bor gapni batafsil gapirib beribdi. 

BOSHQA VAZIRNING ERTAGI 

— Rivoyatlarga  qaraganda,  —  deb  gap  boshlabdi  vazir,—  muhtasham  saroyda  bir 

shahanshoh  istiqomat  qilar  ekan.  Uning  go'zallikda  tengi  yo'q,  husni  jamoli  ta'rifga 

sig'maydigan  bir  qizi  bor  ekan.  Ko'p  mamlakatlarga  undagi  fazilatlarning  dovrug'i 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

ketgan ekan. Qiz bo'lsa, otasining xizmatkori — sohibjamol bir yigitning ishqida beqaror 



bo'lib,  kecha-yu  kunduz  ishq  o'tida  qovurilar  ekan.  Bora-bora  ovqatdan  qolibdi. 

Uyqudan  ham  butunlay  mahrum  bo'libdi.  Uning  gulday  nozik  yuzi  za'faronday 

sarg'ayibdi. U faqat xo'rsinib, yig'lar emish. Enagasi har kuni unga: 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

— Bolaginam,  bilib  turibman,  butunlay  boshqacha  bo'lib  qolding.  Ayt,  tani  joning 



sog'mi?  Senga  nima  bo'ldi?  Nega  bunaqa  hadeb  xo'rsinaverasan?  Sen  mendan 

allaqanday bir sirni yashirayofibsan? Ayt, seni qiynayotgan nima? — der ekan. 

Lekin qiz hech narsa demas ekan. Kunlardan bir kuni u muhabbat azobiga toqat qila 

olmay, debdi: 

— Ey  enagajon!  Bundan  buyon  men  sendan  sirimni  yashira  olmayman.  Men  bir 

yigitni  yaxshi  ko'rib  qolganman.  U  otamning  xizmatkori.  Men  o'shaning  visoliga  yeta 

olmasam halok bo'laman. 

— Buning  hech  qiyinligi  yo'q,  —  debdi  enaga.  —  Nega  shuni  menga  ilgariroq 

aytmading? 

Kampir  shu  kuni  kechqurun  qosh  qorayishi  bilanoq  kiyinib  ko'chaga  chiqibdi. 

Qorong'ida  sekingina  yigitning  uyi  oldiga  boribdi-da,  ichkari  kirib,  unga  uxlatadigan 

dori  beribdi.  Keyin  uni  yelkasiga  o'ngarib,  qizning  oldiga  olib  kelibdi.  Qiz  bo'lsa, 

ungacha  yigitning  kelishiga  hamma  narsani  tayyorlab  qo'yibdi.  Shohi-yu  atlaslardan 

o'rin solib, zardo'zi yostiqlar qo'yibdi. 

U  o'z  sevgilisini  shu  yerga  keltiribdi-da,  o'tkir  sirka  solingan  shishachaning  og'zini 

ochib,  uning  burniga  hidlatgan  ekan,  aksa  urib  uyg'onibdi  va  turib  o'tiribdi.  U  hayron 

bo'lib uyoq-bu yoqqa alanglabdi. 

Qarasa, yonida husnda misli yo'q bir jonon o'tirgan emishki, bunaqangisini inson bolasi 

umrida  ko'rmagan  emish.  Yigit  saroydagi  zeb-ziynatlar-u  ko'rpa-yostiqlarni  ko'rib, 

bunaqangisi hech qayerdan topilmaydi, degan xulosaga kelibdi. 

— Bu qanaqangi mo'jiza,— debdi u. — Nahotki, men olgan bo'lsam-u, jannatga kirib 

qolgan bo'lsam? Qiz yigitning bo'ynidan quchoqlab: 

— Ey  mening  muhtaram  sultonim!  Ko'p  vaqtlardirki,  men  sizning  ishqingizda 

oromimni yo'qotganman,— debdi. 

— Lekin, azizim, men qayerdaman? Mabodo sen arvoh emasmisan? 

— Mevasini  yeng-u,  bog'ini  surishtirmang,  —  debdi-yu,  uning  savoliga  javob 

bermabdi qiz. Yigitning qalbida ham qizga nisbatan bitmas-tuganmas muhabbat paydo 

bo'libdi. 

—  Atrofga  ko'z-quloq  bo'lib  tur,  —  debdi  qiz  enagasiga.  Enaga  tashqari  chiqib 

eshikni zichlab yopibdi-da, o'zi ularni qo'riqlab turibdi. 

Qiz qadahlarda liq to'la yoqut rang may keltirib, birini yigitning qo'liga tutqazibdi. U 

qadahni  go'zal  shoh  qizining  salomatligiga  ko'taribdi-da,  uni  qaytadan  to'ldirib  qizga 

uzatibdi. Ular  yana  quchoqlashib o'pishibdilar. Qiz ham  yigitning  salomatligiga  qadah 

ko'taribdi. 

Shu taxlitda ular may ichishib, bir-birlaridan ko'zlarini olmay, biroz vaqt o'tirishibdi. 

Uzoq shirin suhbatdan so'ng ular olam kor-u borini unutibdilar. 

Tongotarga  yaqin  enaga  kirib  qarasa,  ular  uxlab  yotishganmish.  U  yigitga  mast 

qiladigan dori iskatgan ekan, u behush bo'lib, o'zini bilmay qolibdi. Kampir uni ko'tarib 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

uyiga eltib qo'yibdi. Yigit uyg'onib o'zini yana avvalgi o'rnida ko'ribdi. 



— Demak,  bularning hammasi  tush  ekan-da,  —  debdi  u o'ziga-o'zi.  Shunday  qilib, 

enaga shoh qizini bedavo darddan xalos qilgan ekan. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling