H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
2c209916c7534ace54599209314a282f
- Bu sahifa navigatsiya:
- OYNI OLMOQCHI BOLGAN SARKOR
G'ALATI GUL Bor ekan-da, yo'q ekan, och ekan-da, to'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, qirg'ovul qizil ekan, dumlari uzun ekan, toshbaqa tarozibon ekan-u, qurbaqadan qarzdor ekan. Juda qadim zamonda bir podsho bo'lib, uning peshanasida yakka-yu yagona qizi bor ekan. Shoh uni juda ham yaxshi ko'rarkan, undan bir nafas ham ajralgisi kelmas ekan. Qiz bo'lsa, shu qadar chiroyli ekanki, hatto butun dunyoni qidirganda ham bundaqangisini topib bo'lmas ekan. Ko'p yigitlar uning jamolini ko'rishga zor ekanlar-u, lekin bu hech kimga muyassar bo'lmagan ekan. Chunki podsho qizini ostona hatlab tashqari chiqishiga yo'l qo'ymas ekan. Yaman podshosining o'g'li shu qizni ko'rish ishtiyoqida o'z yurtini tark etib, yo'lga chiqibdi. Qizning shahriga yetish uchun yetti yil yo'l yurish kerak ekan. — Borib, baxtimni sinab ko'raman, — debdi yigit. Shunday qilib, u ikki yil yo'l yuribdi. Liboslari yirtilibdi. Puli ham tugabdi. U ochimdan o'lmay, deb tilanchilik qilibdi. Ba'zan unga ovqatlanish nasib bo'libdi, ba'zi kunlarda og'ziga uvoq ham solmabdi. Shu ahvolda u allaqancha joylarni kezib chiqibdi. Kunlardan bir kuni u bir joyga kirsa, hammayoq tokzor, mevazor bog'lar emish. Yoz fasli, havo issiq ekan. Yigit ochligidan boqqa kirib shosha-pisha mevalardan uzib yeya boshlabdi. U ancha vaqtgacha bog'ma-bog' kezibdi. Bir boqqa kirib qarasa, saroy bor ekan. Saroyni yalmog'iz kampir qo'riqlar ekan. Uning uyqusi qattiq ekan. Uch kunda bir marta uyg'onib, bog'ni aylanib kelarkan-da, yana yotib uxlarkan. Yigit bog'da mevalardan yeb yurgan paytda yalmog'iz kampir uyg'onib, bog' aylanishga chiqib qolibdi. Yigit uni ko'rib, qo'rqqanidan yeb turgan mevasini tashlab, bir daraxtning orqasiga yashirinibdi- da:
«Falokat yuz berdi! Ko'rib qolguday bo'lsa, meni dabdala qilib tashlaydi, endi nima qilsam ekan?» deb o'ylabdi. Yalmog'iz kampir havoni hidlay-hidlay yigit yashiringan tomonga juda ham yaqin kelib qolibdi. Yigit: «Boiar ish bo'ldi!» deb daraxt orqasidan chiqibdi-da: — Onajon, taqdirim sening qo'lingda. Menga rahming kelsin. Azob berma, — debdi. Unga qarab kampirning rahmi kelibdi. — Ey inson, bu yerga qanday kelib qolding? Hozir seni yeb qo'ysam nima bo'ladi? — debdi u.
www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
— Nima ham derdim, yeyaver! Demak, xudoning o'zi senga meni yemish qilib yuborgan ekan, — deb yigit ho'ng-ho'ng yig'labdi. — Aftidan, sen yomon mushkul savdoga tushib qolganga o'xshaysan. Bu yerlarga nima maqsadda kelding? — Balki u menga yordam berar, deb o'ylabdi-da, terakning bargiday qaltirab, unga bor gapni gapirib beribdi. — U qizning yurti bu yerdan to'qqiz oylik yo'l, — debdi kampir. — Bordi-yu, u yerga yetib borganingda ham baribir sen uni ko'rolmaysan. Uning jamolini ko'rish ishtiyoqida yonganlar juda ko'p bo'lganlar. Lekin bu ularning hech qaysisiga nasib bo'lmagan. Unga oshiqi beqaror bo'lganlarning ko'plari qizning husn-u jamolini ko'ra olmay, halok bo'lib ketishgan. Yaxshisi, bu fikringdan qayt. U yerga yetib borgan taqdiringda ham adoyi tamom bo'lasan. O'zini ko'ra olmaysan-u, ishqi o'tida tobora ko'proq qovurilasan. — Uning ishqida shuncha yo'lni bosib keldim. Endi bu yo'ldan qaytish yo'q. Qanday bo'lmasin, men uni topaman,— debdi yigit. — Mayli, ahding shunchalik mustahkam ekan, bora qol. Lekin shuni yaxshi esingda tut. Olamda bir jodugar bor. U o'sha qizni sehrlab qo'ygan. Uni hech qayoqqa chiqarmaydi. Ehtiyot qilib qo'riqlab yotibdi. Bir podshoning o’g’li uning ishqida oshiqi beqaror. Sehrgar bo'lsa, yigitni yomon ko'radi. Mana bir necha yildirki, yigit behud yotibdi. Agar sen o'z sevganing visoliga yetishni istasang, avval ana shu sehr-joduni botil qilishing kerak. Shundan keyingina sen o'z sevgan qizingning diydorini ko'rish sharafiga muyassar bo'lasan, ishq yo'lida murodingga yetasan. — Men bu sehr-joduni qanday botil qila ofaman? — debdi yigit. O'g'lim! Shu vaqtgacha men buni hech kimga aytmagandim. Lekin sen juda ko'p azob chekibsan. Shuning uchun senga yordam qilmoqchiman. Sen o'z yo'lingdan ketaver. Bir joyda sehrli bog'ga duch kelasan. Unda oq gul ochilib turibdi. Sen shuni omon-eson olib borib, qizning chakkasiga taqsang, bas. Jodugarning barcha sehr-jodulari botil bo'ladi-ketadi. Shunda qiz: «Mana shu gulni olib kelganga tegaman», deydi. Hatto sen bormasang ham ularning o'zlari seni axtarib topib, sevgilingning huzuriga olib borishadi. Ana shunda sen murodingga yetasan. Yigit shu zahoti yo'lga tushibdi. U qidira-qidira sehrli bog'ni topibdi. Boqqa kiraverishda sehrgar kampirning katta qizi — mushuk o’tirgan ekan. «Bu qanaqa maxluq ekan, sher desam, sherga ham, yo'lbars desam, yo'lbarsga ham o'xshamaydi, — deb o'ylabdi yigit.— Yaqiniga borsammikan, bormasammikan? Tavakkal, bo'l-ganicha bo'ldi. Qani, borib ko'ray-chi». Shunday qilib, u mushukka yaqin borgan ekan, sehrgarning qizi unga xayrixoh bolib yo'l ko'rsatibdi. Shahzoda boqqa kirib, yo'lkalarda uzoq vaqt kezib yuribdi. Axiri yalmog'iz kampir aytgan gulni topibdi. U gullarga mahliyo bo'lib, qaysi birini uzishni bilmay qolibdi. Ancha vaqtgacha uni uzsammikan, buni uzsammikan, deb ikkilanib turib, oxiri birini uzib olibdi. www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
Shu payt kimningdir ingragan ovozi eshitilibdi: «Gullarning hech qaysisiga tegmasam bo'lar ekan, baloga qoldim. Tutib olsa nima qilaman?» deb o'ylab, o'zi kirib kelgan darvozaga qarab yuguribdi. Borsa, darvoza oldida tumshug'ini ko'pik bosgan ikkita mushuk ko'zlarini chaq-chaytirib o'tirishgan emish. Yigitga ular hozir unga tashlanadiganday tuyulibdi. — Ey yigit, orqa-o'ngingga qaramay chopaver, — deb baqirishibdi mushuklar. - Jodugar ko'rib qolsa, seni qiyma-qiyma qilib tashlaydi. Yigit bog'dan o'qday otilib chiqib ketibdi. Yigit xavf-xatar tamom bo'lganiga ishonganidan keyingina gulni yashirib, go'zal malikaning shahriga jo'nabdi. Yigit shaharga churuk kiyimda, och, horib-charchab kirib boribdi. U biroz dam olay, deb qahvaxonaga kiribdi. Bu yerga malikani ko'rish ishtiyoqida kelgan bir talay yigitlar to'planishgan ekan. Ular yigitdan qayoqdan kelganini va qayoqqa ketayotganini surishtirishibdi. — Men karvonboshi edim, — debdi u. — Yo'lda qaroqchilar hujum qilib, bor mol- mulkimni tortib olishdi. Olti oy yo'l yurib, shu yerga yetib keldim. Hammaning unga rahmi kelib, mehmon qilibdi. Yigit qornini to'yg'azib, dam olgani yotibdi. Yigitlar bir joyga g'uj bo'lib olishib, allanarsalarni shivirlab gaplasha boshlabdilar. Yigit quloq solib boqsa, ular o'zi sevgan qiz to'g'risida gapirishayotgan ekan. Ular qizni tarbiyalayotgan enagani aldash yo'li bilan o'z maqsadlariga erishmoqchi bo'lishibdi. Lekin bu o'jar kampirni qanday qo’lga olsa bo'lar ekan, deb rosa boshlari qotibdi. Tong otibdi. Yigit shahar aylangani chiqqan ekan, ko'chada shohi ko'ylak kiygan kampirni uchratibdi. «Balki shu o'sha qizning enagasi bo'lsa kerak. Gapga solib ko'rsam, balki uning kimligini bilib olarman», deb o'ylab, yigit uning oldiga boribdi. — O'g'lim, qayerliksan? — debdi kampir musofir yigitni ko'rib. — Ey, onajon! Men bechora bir sayyohman. Har yili bog'imda ochilgan gullarni sotib, borgan yurtimda yashab yuraman. Shunday qilib, sizning shahringizga kelib qolgandim. Men gullarimni sotib tugatayozdim. Faqat bittagina gul qoldi. — Qani, bir ko'ray-chi? — debdi kampir. Yigit unga gulni ko'rsatibdi. — Iya, juda ham chiroyli gul ekan-ku! Buning necha pul? — debdi kampir. — Qari kampirga bunaqangi gulning nima keragi bor? Bu gul faqat navqiron, sohibjamol qizlarga yarashadi, — debdi yigit. — O'g'lim, buni men o'zim uchun olmayman. Mening qizim ham yo'q. Lekin men malikaning xizmatidaman. Bu gulni unga sovg'a qilmoqchiman. Biroq buni sotib olishga pulim yetmaydiganga o'xshaydi. — Onajon! Sovg'a qiladigan bo'lsangiz, menda shu bir donagina qoldi. Sizga shuni www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
tortiq qila qolay. Olib borib podshoning qiziga bering. Shunday qilib, yigit gulni kampirga topshiribdi. Kampir o'z malikasiga loyiq sovg'a topganidan xursand bo'lib ketibdi. U gulni qizga eltib beribdi. — Oh onajonim! Menga juda ham ajoyib gul topib kelibsan, — debdi qiz va quvonib chakkasiga taqib olibdi. Kampir qizga o'zining odatdagi pand-nasihatlarini qilayotganda, yigitning muhabbati qizning qalbiga o'tib, unda ishq o'tini alangalatib yuboribdi. Lekin qiz hayajonining sababini tushuna olmay: — G'alati bo'lib ketayotibman. Otamga ayt, menga boqqa chiqib, biroz aylanib kelishga ruxsat bersin. Meni allaqanday bir qayg'u qattiq ezyapti, — debdi. Kampir shu zahoti podshoning huzuriga borib, bor gapni unga aytib beribdi. U qiziga enaga bilan bog' aylanishga ruxsat etibdi. — Ey, onajon! Bu gulni qayerdan olgan eding! — deb so'rabdi qiz bog'da aylanib yurganida. — Uni chakkamga taqishim bilanoq qalbimda nimadir yonganga o'xshadi. — Bolaginam, uni menga bechorahol bir yigit tortiq qilgan edi. Men qari narsaga gulning nima keragi bor, deb uni senga olib kelgandim. — Onajonim! Senga gul bergan o'sha yigitni uzoqdan bo'lsa ham menga bir ko'rsatmaysanmi? — Bolaginam, men uni qayerdan topaman? Men uni ko'chada uchratgan edim. Uning hozir qayerdaligini kim biladi deysan?! — Bilganingni qil,— debdi achchig'lanib malika. — Lekin sen menga o'sha yigitni ko'rsatishing kerak. Aks holda otamga aytaman, seni o'limga hukm qiladi. — Xo'p, malikam, uni axtarib topib kelaman,— debdi o'takasi yorilib kampir. Yigit bo'lsa, o'zini qo'ygani joy topolmay, bog' oldida kampirni kutayotgan ekan. Kampir uni ko'rib: — Ey, o'g'lim, sen menga qanaqa gul taqdim qilgan eding? Men malikamga eltib bergandim, uni chakkasi-ga taqishi bilanoq ahvoli ruhiyasi o'zgarib qoldi. U hozir seni ko'rmoqchi. Faqir oilaning farzandiga o'xshaysan. Sarfetgan vaqtingga haq to'layman, — debdi. Yigit buni eshitib juda ham xursand bolib ketgan bo'lsa-da, lekin o'zini kampirga ikkilanayotganday qilib ko'rsatib: — Pul bermasang ham mayli, sen uchun borsam bora qolay, — debdi. Kampir ham quvona-quvona uni saroyga olib borib qizga ko'rsatibdi. Ko'rishi bilanoq malikaning qalbida unga nisbatan muhabbat alangalanibdi. U yigitning qo'liga: «Afandim, men sizni jon-u dilimdan yaxshi ko'rib qoldim. Agar lozim topsangiz, shu bugun kechasi devordan oshib boqqa tushing. O'sha yerda uchrashamiz», deb xat yozib beribdi. Yigitning quvonchi ichiga sig'may ketibdi. U nariroqqa borib, kampirni kutib turibdi. Kampir tezda saroydan chiqib: www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
— Ehtiyot bo'l, o'g'lim! Hech kimsaga churq etib og'izochma. Bordi-yu, podsho bilib qolsa, naq hammamizning boshimizni oladi. Xatda ko'rsatilganday ish tut. Lekin ehtiyot bo'l, qo'lga tushib qolib o'tirma, — deb qaytib ketibdi. Yigit kech kirishini sabrsizlik bilan kutibdi. Qorong'i tushishi bilanoq devordan oshib, boqqa tushibdi. Malika allaqachon shu yerda uni kutib turgan ekan. U yugurib borib yigitni hovuz bo'yiga yetaklab boribdi. Ular turli-tuman taomlardan tanovul qilishibdi. Keyin uxlab qolishibdi. Tong otibdi. Qizining o'rnida yo'qligidan tashvishlangan podsho uni axtarib topib kelgani atrofga odam yuboribdi. Podshoning o'zi birdan qizining hovuz bo'yida bir yigit bilan ekanining ustiga chiqib qolibdi. Podsho g'azablanib: — Mening bog'imga begona odam qayoqdan kirdi? Shuvaqtgacha ostona hatlab ko'chaga chiqmagan qizimni qanday qilib yo'ldan ozdirdi? — debdi. Shu payt oshiq bilan ma'shuqa uyg'onib qolishibdi. Ular podshoni ko'rib, qo'rqqanlaridan dag'-dag' titrabdilar. Podsho yigitning kimligini surishtira boshlabdi. U yigit o'z sarguzashtini batafsil gapirib beribdi. Shunda podsho: — O'g'lim, sen mening qizimni og'ir kulfatdan qutqazding. Qo'rqma. Men qizimni senga beraman, — debdi. Podsho ularning ikkovini saroyga olib kiribdi, vazirni chaqirib: — Hozirchalik hech kimning bundan xabari yo'q, ikkovini nikohlab qo'yish kerak, — debdi. —Xo'p bo'ladi, — debdi vazir. Shunday qilib, nikoh o'qilibdi. To'y-tomosha qirq kecha-qirq kunduz davom etibdi. Kelin bilan kuyov o'zlarining xonayi xilvatlariga kiribdilar. Shunday qilib ular murod-maqsadlariga yetibdi. Qani endi biz ham uy-uyimizga tarqalishsak bo'lar. OYNI OLMOQCHI BO'LGAN SARKOR Qadim zamonda anatoliyalik bir boyning go'zallikda tengi yo'q bir qizi bor ekan. Ipak sochlari taqimini o'par ekan. Uni qirqqan bilan qisqarmas, shu zahotiyoq avvalgidek bo'lib qolaverar ekan. Sochining tolasidan atlas bilan kimxob to'qilar ekan, sochini maxsus idishga solib, undan mushki anbar olinar ekan. Og'zida esa shirin-sharbat mevalar paydo bo'lar ekan. Undan totib ko'rgan kishining umriga umr qo'shilar ekan. Bironta novdaga qo'l tekkizsa, novda tokka aylanar ekan. Uning labi tekkan suv sharbat bo'lib qolar ekan. Nazari tushgan yer serhosil bo'lar ekan. Quyosh mudom uning boshiga o'z nurlarini sochib turar ekan. Boy Egey dengizining ko'rkam ko'rfazi sohiliga qizi uchun rang-barang marmartoshlardan saroy solib beribdi-da: — To'quvchilik ustaxonalari qurib, qizimning sochidan kimxoblarto'qishsin, www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
qizimning yuzlaridan to'kilgan guldan a t i r l a r tayyorlashsin. Uning og'zida paydo bo'lgan mevalarni ulkan savatlarga joylab karvonlar orqali har tarafga jo'natib turishsin. Uning nazari tushib, serhosil bo'lgan dalalardan olingan g'allalarni saqlash uchun omborlar qurishsin. Uning qo'li tekkan novdalarda yetilgan uzumlardan musallas solish uchun ko'plab xumlar tayyorlashsin. Sharbatlardan asalday totli ichimliklar tayyorlaydigan doshqozonlar qurishsin, — debdi. U aytgan narsalarning hammasini bajo keltirishibdi. Sehrli qiz o'z saroyida yashay boshlabdi. Ko'p o'tmay saroyning atrofida gullab- yashnayotgan bandargoh (port) shahri paydo bo'libdi. Boshqa shaharlarning xalqlari bu yerga havaslanib, zavq-shavq bilan qarashar ekan. Hamma ham shu shaharga kelishni orzu qilar ekan. Bandargohda kemalar g'uj-g'uj bo'lib turishar ekan. Tevarak atrofdagi tog' etaklarida qasrlar qad ko'taribdi. Shaharning o'zida esa, savdo-sotiq rivojlanib ketibdi. Shahardan ashula, muzika sadolari va odamlarning g'ovur-g'uvurlari arimas ekan. Bu shahar aholisining hammasi boy, sogiom va baxtli bo'lib ketibdi. Rastalarda ipak gilamlar va shol ro'mollar tiqilib yotar ekan. Uzum, anjir ortilgan tuya va xachirlar ko'chalarga sig'ishmas ekan. Kemalar esa mollarni zo'rg'a tashib lilgurishar ekan. Shunday qilib, bu boylik xuddi osmondan tushganday, shahar aholisining hamyoni tillaga to'lib ketibdi. Kunlardan bir kuni dengizning naryog'ida yashovchi bir yovuz sarkor qizning ta'riflni eshitib, unga oshiq bo'lib qolibdi. Uning ajoyib shahrini fath etib, qizni qo'lga tushirmoqchi bo'libdi. —Jangchilarim tayyor bo'lishsin! — deb buyuribdi u. — O'qlar uchini zahri xalohilga botirib olishsin. Qalqonlarining ustiga yana bir qavat po'lat qoplashsin. Keyin ustilariga jubba kiyib, maydonda saf tortib turishsin! Biz o'sha gullab- yashnagan mamlakatga yurish qilamiz. Kunlardan bir kuni erta bilan jangchilarning katta bir guruhi atrofdan shaharga o'q yog'dirib ajal urug'ini sochibdi. Shaharni bosib olib, aholisini asir qilibdi. Jangchilar omborlarni talab, mol-mulklarni tashib chiqishayotganida, sarkorlari to'g'ri marmar saroyga, sehrli qizning huzuriga kirib boribdi. — Mana endi sen menikisan! — debdi u qizga. — Endi sening ipak sochlaringni men tarayman. Yuzlaringdan to'kiladigan gullarni o'zim teraman. Og'zingdan shirin- sharbat mevalarni men olib yeyman. Sen nazar tashlagan yerlarda yetishgan mo'l hosil, uzum va sharbatlar — banri meniki bo'ladi! Lekin nima bo'libdi deng? Qizning yuzlaridan gullar to'kilmay qo'yibdi. Og'zidan mevalar paydo bo'lmabdi. Qo'ng'ir sochlari ipak tola bermay qo'yibdi. Ko'zlari hech narsaga e'tibor bermabdi. Sehrli qo'llari hech narsaga tegmabdi, muzdek sharbatlar tugabdi. Qizdagi hayot alomatlari tugab, toshdek qotib qolibdi. Buni ko'rib boshi qotgan sarkor hamma yurtlarga odam yuborib, sehrgar, jodugar va azayimxonlarni chaqirtiribdi-da, ularni qizni avvalgi holiga qaytarish yo'llarini topishga majbur qilibdi. Ularning hammalari to'planishib: www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
— Ey ulug' sarkor, sehrli qizni qo'lga kiritib, u bilan birshaharda yashash juda mushkul ish. Buning uchun bir shartbor. Shuni bajarish kerak, — deyishibdi. Sarkor ularga: — Aytinglar, u qanaqangi shart ekan? Qanaqa shart bo'lsa ham bajaraman. Hammayoqni qbnga botiraman, o't qo'yib yondiraman, lekin o'sha shartni bajarmay qo'ymayman, — debdi. Shunda bosh sehrgar inqillab o'rnidan turibdi-da, sarkorni qoiidan yetaklab derazaning oldiga olib boribdi. Qorong'i tun ekan. U osmonda, tog' cho'qqisining qoq ustida yarqirab turgan yangi oyning kumush o'rog'ini ko'rsatib debdi: — Hov anovi yerga borasan-da, oyni olib, uni sindirasan. Shundan keyingina shahar seniki bo'ladi. Qiz ham senga kulib qaraydi. Sen qiz turgan joydagi hamma uzum va anjirlarni terib tamomlay olmaysan. Uning sochini qirqib, ipaklarini yig'ishtirib ulgura olmaysan. Sharbatning hammasini icha olmaysan. G'amgin yuz bilan uni ko'ra olmaysan. Sarkorning nayzasi uzun-u, aqli qisqa ekan, sovuti og'ir-u miyasi yengil ekan. U oyga qarab: «Nima bo'pti. Uncha uzoq emas-ku. Baland tog' cho'qqisining shundoq tepaginasida, qorong'i zulmat qo'ynida yolg'iz o'zi osilib turibdi», deb o'ylabdi. — Shuni qiyin deyapsanmi? — debdi sarkor. — Behuda gap! Hoziroq borib toqqa chiqaman. Oyni olib, tizzamga bir urib parchalayman-da, basharangga qarab otaman! — Sen buni oson deb o'ylama, — debdi uni ogohlantirib sehrgar. — Bu sening ko'zingga shunaqa yaqin ko'rinyapti. Aslida juda olisda. Oy senga kichkinaga o'xshab ko'rinsa ham, aslida u juda katta. Sen uni yolg'iz deb o'ylayapsan shekilli. Uning qo'riqchilari ko'p. Osmonda yulduz qancha bo'lsa, uning qo'riqchilari ham shuncha. Ularning qurollari chaqmoqdan ham dahshatliroq. Ular bulutdek kirib bo'lmaydigan qasrda turishadi. Ularning oldiga chiqib bo'lmaydi. Sehrning quvvati ana shunda. Sarkor bu gaplarga quloq solmabdi. Karnay va bara-banlar chaldirib, jangchilarni yig'diribdi-da, oyni olish uchun o'sha tog' tomonga jo'nab ketishibdi. Tog'lar birin-ketin ularning yo'lini to'sishibdi. Dalalar, jahannamday chuqur jarliklar uchrab, ularning tinkasini quritibdi. Kunduzi issiq rosa qovuribdi, kechasi sovuq toza azob beribdi. Jangchilar yiqilib-surilib anchagina yo'l yurishibdi-yu, lekin hamon yo'lning cheki ko'rinmas emish. Ba'zan manzil yaqinga o'xshab tuyular emish-da, ular oldinga qarab intilisharmish. Yurib-yurib mundog' qarashsa, kumush oy juda ham olisda yarqirab turarmish. Sarkor juda ham o'jar ekan. Yuqoriga tirmashib chiqa-yotgan ekan, pastga ag'darilib tushibdi. Yana yuqoriga tirmashaveribdi, pastga ag'darilaveribdi. Uning tirnoqlari ko'chib, sinib, tizzalari qonab ketibdi. Shunda ham vaqti-vaqti bilan nafasini rostlash uchungina to'xtab, yana oyga qarab intilaveribdi.
www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling
U tog'ning tepasiga chiqqanda qiziq bir voqea yuz beribdi. U yerda nima ko'ribdi, deng. Uning ko'z oldida kaftday silliq tekislik bamisoli osmonning bir chekkasiday yastanganmish-u, uning juda olis bir yerida oy bemalol uxlab yotgan emish. Uning atrofi huvillagan bo'shliq emish. Baland tog'ning bo'roni kuchli bo'ladi, deb bejiz ayt-maganlar. Birdan shiddatli bo'ron boshlanib bulutlarni yerga uribdi, qoyalar larzaga kelib, chaqmoq chaqilibdi. Tog' gumburlabdi. Osmon o'z xazinasini sergaklik bilan qo'riqlabdi. Yulduzlar saf tortib jangga tayyorlanishibdi. Saflarining orqasiga esa oyni yashirib qo'yishibdi. Sarkor bilan jangchilarining ustiga uchqunlarni yomg'irday yog'dirishibdi. Jangchilarni titroq bosibdi, nayzalari qoilaridan tushibdi. Ular dovdirab qolib, qayoqqa ketayotganlarini bilmabdilar. Bir mahal qarasalar, yana it azobida ko'tarilgan joylaridan qaytib tushib qolishganmish. Sar-korning boshi jarohatlanibdi. U qoyaga suyanib ho'ng-ho'ng yig'labdi-da; Yo'q, bu ish mening qo'limdan kelmas ekan. Men bo'ronni yenga olmayman, yulduzlarni bittadan urib tushirolmayman. Oyni sindirishga qodir emas ekanman, — debdi. Shunday qilib, u o'sha qutlug' diyordan jo'nab ketishga majbur bo'lgan ekan.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling