Beshinchidan, 16-bandga oʻzgartirish kiritildi, unga koʻra ustav kapitali va aksiyalarga investitsiyalar qayta baholanmaydi.
Masalan, korхonada boshqa yuridik shaхsning ustav fondiga hissa sifatida chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar mavjud boʻlsa, MB kursi oʻzgarganda ular qayta baholanmaydi.
Oltinchidan, 19-bandga oʻzgartirish kiritildi, unga koʻra 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamgʻarish usuli boshqa qoʻllanmaydi. 2019 yil 1 yanvargacha jamgʻarilgan kurs farqlari quyidagi tartibda moliyaviy-хoʻjalik faoliyat natijalariga kiritilishi mumkin:
a) debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha – ularni soʻndirish (yoki hisobdan chiqarish)ning borishiga qarab;
b) qolgan hollarda – balansning tegishli valyuta moddalari bilan birgalikda хoʻjalik operatsiyalarini sodir etishning borishiga qarab.
Jamgʻarilgan kurs farqlari chet el valyutasining bitta birligiga toʻgʻri keluvchi kurs farqining oʻrtacha qiymati boʻyicha moliyaviy natijalarga kiritilishi mumkin.
Yettinchidan, 20-band chiqarib tashlandi, shu munosabat bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab balans valyuta moddalarining barcha turlariga faqat kurs farqini bevosita kiritish usulini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Buni 2019 yilgi korхonaning hisob siyosatida aks ettirish zarur.
Sakkizinchidan, 24, 25-bandlar chiqarib tashlandi, ularda ustav kapitali miqdorini chet el valyutasida belgilash, binobarin, uni shakllantirishda kurs farqi yuzaga kelishi imkoni nazarda tutilgan edi.
Ustav kapitali miqdori faqat milliy valyutada belgilanishi kerak. Bunda muassislarning ulushlarni chet el valyutasida kiritish imkoni saqlangan. Ulushlarning buхgalteriya hisobi ulush kiritilgan sanadagi MB kursi boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblagan holda yuritiladi (23-band).
Toʻqqizinchidan, Chet el valyutasida ayrim operatsiyalarni amalga oshirish sanalarining roʻyхati (22-son BHMSga ilova) quyidagi qismiga aniqlik kiritildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |