H son shartnoma toshkent sh. 4 Aprel 2023
Download 167.8 Kb.
|
18557-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
Hisobot oyi – xizmatlar ko‘rsatiladigan kalendar oyi.
Ushbu Shartnoma bo‘yicha Operator Abonentga Tizim orqali (SaaS modeli bo‘yicha) elektron xizmatlar (bundan keyin – “Xizmatlar”)ni ko‘rsatadi, jumladan: Tizimni va Abonentni texnik qo‘llab-quvvatlash; bir oylik Abonent to‘lovi QQSsiz 200,000.00 (ikki yuz ming) so‘mni tashkil qiladi;
Tizimning huquqiy egasi hisoblangan Operator Tizimga egalik qilish, undan foydalanish va uni boshqarishni, shu jumladan Tizimning to‘liq texnik ishlashini ta’minlash, kuzatishni va Tizimdan foydalanish qoidalarini belgilashni amalga oshiradi. Abonent Operator tomonidan Xizmatlar to‘liq ko‘rsatilishi uchun mazkur sharthomaning 2.1.-bandida ko‘rsatilgan summani belgilangan tartibda to‘laydi. lawyer.ijro.uz manzili bo‘yicha joylashgan Tizimdan foydalanish qoidalari ushbu Shartnoma bilan uzviy bog‘langan va bajarilishi majburiy bo‘lgan hujjat hisoblanadi. SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBIShartnoma bo‘yicha Xizmatlar uchun abonent to‘lovining umumiy narxi QQSsiz 1,800,000 (bir million sakkiz yuz ming) so‘mni tashkil qiladi. Abonent ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 5 (besh) bank ish kuni ichida Operatorning hisob raqamiga shartnoma umumiy narxining 30 foizi miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshiradi. Abonent shartnoma narxining 70 foizi miqdoridagi qolgan to‘lovni Operator tomonidan taqdim etilgan Hisobvaraq-fakturaga asosan, bajarilgan ishlar qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) bank ish kuni ichida amalga oshiradi. Bunda Abonent oldindan to‘langan bo‘nak summasini chegirgan holda, Hisobvaraq- faktura summasining 70 foiziga teng mablag‘ni Operatorning hisob raqamiga o‘tkazib beradi. Hisobot oyining ish kuniga to‘g‘ri keluvchi so‘ngi sanasigacha Operator Abonentga ERI orqali tasdiqlanadigan, hisobot oyida ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun elektron Hisobvaraq-fakturani Abonentning shaxsiy kabinetiga yuboradi. Abonent Operator tomonidan yuborilgan Hisobvaraq-fakturani 10 (o‘n) ish kuni ichida qabul qiladi. Agar Abonent tomonidan Hisobvaraq-faktura o‘z vaqtida qabul qilinmagan va 10 (o‘n) ish kuni ichida uni qabul qilishni asoslangan rad javobi berilmagan bo‘lsa, u holda hisob-varaq aktura O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonun xujjatlariga asosan qabul qilingan va tomonlar tarafidan tasdiqlangan, xizmatlar esa ko‘rsatilgan hisoblanadi. Ushbu shartnoma bekor qilingan hollarda qayta hisob-kitoblar va to‘lovlar masalalari tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida belgilangan tartibda hal qilinadi. Download 167.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling