H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Download 246.83 Kb.
bet15/48
Sana02.12.2023
Hajmi246.83 Kb.
#1780783
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Broun harakati. Agar ul’tramikroskop orqali kolloid eritmalarni tekshirib
ko’rsak, o’sha vaqtda sistemaning zarrachalarini to’xtovsiz va betartib harakatini 
kuzatamiz. Ul’tramikroskop kashf qilinishidan bir qancha vaqt ilgari ingliz
botanigi R. Broun oddiy mikroskopdan foydalanib, suyuqlikka aralashgan gul
changining to’xtovsiz va tartibsiz harakatda bo’lishini aniqladi (1827 yil).
Keyinroq borib, bu harakat Broun harakati deb ataladigan bo’ldi.
Broun shu hodisani xilma-xil moddalarda kuzatib, bu tartibsiz harakat
moddaning tabiatiga bog’liq bo’lmay, temperaturaga, suyuqlikning aralashgan 
zarrachaning katta-kichikligiga va suyuqlikning qovushqoqligiga bog’liq
ekanligini topdi. Broun harakatining sababi uzoq vaqtgacha aniqlanmay keldi.
XIX-asrning ikkinchi yarmida gazlar kinetik nazariyasining muvaffaqiyatlari
asosidagina Broun harakati sababini aniqlash mumkin bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra 
suyuqlik molekulalari hamma vaqt harakatda bo’ladi. Ular suyuqlikka tushirilgan
zarrachaga kelib uriladi va uni bir tomonidan ikkinchi tomonga siljitadi. Broun 
harakati suyuqlik molekulalarining issiqlik harakatidan kelib chiqadi.
Kolloid zarrachaning harakat yo’li doimo o’zgarib turadi, uning bosgan 
yo’lini chizib berish juda qiyin va aniq kuzatib bo’lmaydi. Kolloid sistemada bir
sekund ichida zarracha o’z harakat yo’lini 10
23
marta o’zgartiradi (.-rasm). 

Bu rasmda mastika suspenziyasining zarrachasi o’tgan yo’lining tekislikdagi 


proyeksiyasi ko’rsatilgan. Zarrachaning siljishi Broun harakatining qanchalik sust


yoki tez bo’layotganligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Kolloid zarracha 
yo’lining ma’lum vaqt ichida o’zgarishi zarrachaning siljishi deyiladi.




31


1905 yilda Eynshteyn va 1906 yilda Smoluxovskiy Broun harakatining
kinetik nazariyasini yaratdilar. Eynshteyn Broun harakatiga gaz qonunlarini tatbiq 
etib, zarrachaning ma’lum vaqt ichida (∆t) o’rtacha siljishning kvadrat qiymatini
aniqlash formulasini topdi: 
∆x
2

=2D∙∆t (I) 


bunda D-erigan moddaning diffuziya koeffitsiyenti bo’lib, quyidagi formula


bilan ifodalanadi: 
D=

rh

N

T

R

6

1



(II)
bu yerda N – Avogadro soni, R – gaz konstantasi, T - absolyut temperatura, 


h – suyuqlikning qovushqoqligi, r - sharsimon zarrachaning radiusi. Agar
Eynshteyn tenglamasiga D ning qiymatini qo’ysak: 


t

rh

N

T

R

x







3

1
2


(III) 

Eynshteyn tenglamasi kelib chiqadi.


Tenglamadagi N dan boshqa barcha kattaliklari tajribadan topish va
ulardan foydalanib, Avogadro soni N ni hisoblab chiqarish mumkin. Broun
harakatini yanada batafsil va chuqur tekshirish natijasida fluktuatsiyalar 



Download 246.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling