42
ko’k tuslidir. Disperslik darajasi ortuvchi bilan zolning rangi ayni kolloid eritmani
hosilqilgan dispers faza moddasining bug’ holatdagi rangiga yaqinlashadi. I-
jadvalda kumush zollarining disperslik darajasi va rangi ko’rsatilgan.
I-jadval
Kumush zolining disperslik darajasiga ko’ra rangi
Zarrachaning o’lchami, nm hisobida
Zolning rangi
79
To’q sariq
90
Qizil
110
Ko’k-binafsha
160
Ko’k
Metall zollarining o’tayotgan yorug’likdagi rangi yutilgan nurning to’lqin
uzunligiga ham bog’liq. Masalan, oltinning yuqori dispers zoli orqali yorug’lik
nuri o’tganda zol to’lqin uzunliklari 550-510 nm bo’lgan yashil nurlarnigina
yutadi. Shuning uchun
zol qizil tusga kirib turadi, chunki yashil rang uchun
qo’shimcha rang qizildir. Oltinning dispers darajasi past bo’lgan
zollari orqali
yorug’lik nuri o’tganda zol to’lqin uzunligi 585-575 nm bo’lgan sariq nurlarni
yutadi; sariq rang uchun qo’shimcha rang ko’k rang bo’lganligidan, bu zol ko’k
ranglidir. Agar oltin zolining disperslik darajasi nihoyatda yuqori bo’lsa, u to’lqin
uzunliklari 480-450 nm bo’lgan ko’k nurni yutadi. Shu
sababli bunday zol sariq
tusda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: