Habib q ahbob
Download 23.8 Kb.
|
H Bu arabcha-WPS Office
HAB Bu arabcha soʻz ħabb(un) shakliga ega (APC, 132); o‘zbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi bb undoshlaridan birini tashlab qabul qilingan: ħabb→ hab; koʻpmaʼnoli habba feʼlining ‘ yumaloq donachalar holatiga keltirdi‘ maʼnosi bilan (ARS, 152) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), oʻzbek tiliga yumaloq donacha maʼnosi bilan qabul qilingan, odatda habdori birikmasi tarkibida ishlatiladi (OʻTIL, II, 669). HABIB q. ahbob HABIBA q. ahbob HABS q. hibs HABSXONA q. hibsxona HAVAS Bu arabcha soʻz havas(un) shakliga ega (ARS, 863); havisa feʼlining "gangidi"maʼnosi bilan (ARS, 863) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida koʻr-koʻrona berilish, aqldan ozish” kabi maʼnolarni anglatadi (ARS, 863); oʻzbek tilida bu soʻz "nimagadir erishish haqidagi istak" maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 669). HAVASKOR Bu soʻz tojik tilida arabcha havas so‘zidan (q.) -kor qoʻshimchasi bilan yasalgan (TjRS, 494); havas qiluvchi, qiziquvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 669). Bu soʻzdan oʻzbek tilida havaskorlik oti yasalgan. HAVASMAND Bu soʻz tojik tilida arabcha havas soʻzidan (q.) -mand qoʻshimchasi bilan yasalgan (TjRS, 542, 494); “nimagadir erishishni oʻta darajada istovchiʻ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 669). HAVZA Bu arabcha soʻz asli havdat(un) shakliga ega; asli suv toʻplash uchun sunʼiy keng chuqurlik hosil kildi“ maʼnosini anglatuvchi havada feʼlining (ARS 201) I bob Masdari havd(un) soʻzidan (APC, 201) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), oʻzbek tilida maʼlum bir daryo va uning irmoqlaridan suv ichadigan, atrofi balandliklar bilan oʻralgan keng saxn” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 669). HAVO І Bu arabcha soʻz havo(un) shakliga ega (ARS, 862); tojik tiliga hamzani a tovushiga almashtirib qabul qilingan (TjRS, 494), oʻzbek tiliga shu shaklida oʻtgan: ah→ hava (havo). Bu soʻz asli intildi”, “koʻzladiʻ maʼnosini anglatuvchi dat feʼlining masdari boʻlib (ARS, 862), arab tilida biror maqsadga intilish maʼnosini anglatadi. OʻTILda (II, 670) bu soʻzning maʼnosi “kibr”, “balanddimogʻlik deb taʼriflangan; bunday taʼriflashga havo soʻzini kibr soʻziga sinonim deb tushunish sabab boʻlgan. HAVO ІІ Bu arabcha soʻz һavab(un) shakliga ega (ARS, 862); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi hamzani tashlab qabul qilingan: havās hava (havo); kupmaʼnoli hava feʼlining (shamol) esdiʻ maʼnosi asosida hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 146), arab tilidan “Yer atrofini qoplab turuvchi, asosan azot va kisloroddan iborat modda‘ maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, II, 669). HAVOLA Bu arabcha soʻz havalat(un) shakliga ega (APC, 204); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini à unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: havalat → havala (havola); asli hala feʼlining ajratdi maʼnosi bilan (ARS, 202) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida kimgadir pul oʻtkazish maʼnosini (ARS, 204), oʻzbek tilida esa kimningdir ixtiyoriga topshirish maʼnosini anglatib, havola qil- qoʻshma feʼli tarkibida qatnashadi (OʻTIL, II, 670). Bu soʻz hozirgi oʻzbek tilida “snoska“ maʼnosini anglatish uchun ishlatilmoqda. HAVON Bu arabcha soʻz asli havin(un) shakliga ega (APC, 864); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga, choʻziq unlisini â unlisiga almashtirib olingan: havon → havan (havon); asli bu soʻz hovoncha soʻzi (q.) tarkibidagi hovon soʻzi bilan bir xil yozilishi toʻgʻri; hānal feʼlining mayda boʻldi maʼnosi bilan (ARS, 863) hosil qilingan I bob masdari boʻlib, sinchlarga qiyalab mixlanadigan tiragichʻ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 671). HAD 1 Bu arabcha soʻz hadd(un) shakliga ega (ARS, 159); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi dd tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: hadd → had (lekin egalik qoʻshimchasi qoʻshilsa, bu undosh tiklanadi: had + im→ haddim kabi); hadda¹ feʼlining chegaraladi” maʼnosi bilan hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ARS, 158), arab tilida chegara”, “poyon” kabi maʼnolarni anglatadi (APC, 159); oʻzbek tiliga chegara maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, P, 671). HAD II Bu soʻz arabcha had I soʻzidan "aʼzo" maʼnosi bilan matematika termini sifatida ajralib chiqqan (APC, 159); ifodani tashkil etuvchilaridan har biri maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 671). HADIS І Bu arabcha soʻz hadiš(un)² shakliga ega (ARS, 160); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq i unlisini i unlisiga, se undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: hadis→ hadis; hadaša Feʼlining gaplashdi, hikoya qildi maʼnosi bilan (ARS, 160) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida " suhbat, hikoya", "Muhammad paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Aytgan gaplar, amalga oshirgan ishlar haqidagi hikoyalar“ maʼnosini anglatadi (APC, 160); oʻzbek tiliga oxirgi maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, II, 671). HADIS II Bu arabcha soʻz hads(un)2 shakliga ega (APC, 161); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, ds undoshlari oraligʻiga i unlisini qoʻshib qabul qilingan: hads→ hadis; “oʻyladi”, “ehtimol qildi” maʼnosini anglatuvchi hadasa feʼlining (ARS, 161) I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida "fahmlash“ maʼnosini anglatadi (ARS, 161); oʻzbek tilida sinash, epini topish maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 672). HADYA Bu arabcha soʻz asli hadiyyat(un) shakliga ega (ARS, 850); tojik tiliga tarkibidagi uu tovushlaridan birini va soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: hadiyyat→ hadiya (hadiya); oʻzbek tiliga, bulardan tashqari, і unlisini ham tashlab olingan: hadiya→ hadya (hadya); hada feʼlining tortiq qildi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari hady(un) soʻzidan (ARS, 850) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370)," tortiq" maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 672). HAJ Bu arabcha soʻz hace(un) shakliga ega (ARS, 156); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi ҫҫ tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: Һass→ haj; һaҫa feʼlining "muqaddas joylarni ziyorat qildi“ maʼnosi bilan hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ARS, 156), ”Kaʼbani ziyorat qilish" maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 673). HAJV Bu arabcha soʻz һaçv(un) shakliga ega (ARS, 848); һaçã feʼlining "ustidan kuldi”, “masxara qildi maʼnosi bilan (ARS, 847) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), ustidan kulish”, “masxara qilish‘ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 673). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hajvchi oti yasalgan. HAJVIY Bu arabcha soʻz һaçviyy(un) shakliga ega (ARS, 848); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: һaçviyy→ hajviy; hajv (haçv) soʻzidan (q.) İyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), hajvga asoslangan“, ”hajv yoʻli bilan yozilgan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 673). HAJVIYAT Bu arabcha soʻz asli haçviyyat(un) shakliga ega; haçv(un) soʻzidan (q.) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), oʻzbek tiliga tarkibidagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul kilingan: havyyat(un)=aviyyat(un) → hajviyat (hajviyat). Bu soʻzni hajv soʻzining koʻplik shakli deb tushunish oqibatida tojik tili lugʻatiga hajviyot shaklida kiritilgan (TRS, 504); bu xatolik oʻzbek lugʻatiga ham koʻchib oʻtgan (OʻTIL, 11, 673). HAJVIYOT q. hajviyat HAJM Bu arabcha soʻz һast(un) shakliga ega (ARS, 158); Oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: Һaçm → hajm; һaçata feʼli maqolasida berilgan bu soʻz 1 bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida oʻlcham”, “narsaning boʻy, en, yon uch oʻlcham jihatidan kattaligi (kubaturasi) maʼnola- rini anglatadi (ARS, 158), oʻzbek tiliga keyingi maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, II, 673). HAJMAN Bu soʻz arabcha hajm soʻzining (q.) tushum kelishigi shakli boʻlib (ATG, 50), maʼno taraqqiyoti natijasida ravishga aylangan hajm jihatidan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 673). HAJR Bu arabcha soʻz һaçr(un) shakliga ega (ARS, 846); koʻpmaʼnoli һaçaga feʼlining aloqa-munosabatini uzdi maʼnosi bilan (ARS, 846) hosil qilingan bob masdari boʻlib (ATG, 142), ayriliq”, “hijronʻ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 673). HAZAR Bu arabcha soʻz hazar(un) shakliga ega boʻlib (ARS, 162), oʻzbek tiliga hoyi hutti tovushini h tovu shiga, zal tovushini z tovushiga almashtirib qabul qilingan: hažar→ hazar. Bu soʻz ehtiyot boʻldi, saqlandi“ maʼnosini anglatuvchi hazira feʼlining I bob masdari boʻlib (ARS, 162), ehtiyotkorlik, saqlanish”, jirkanish" kabi maʼnolarni anglatadi (OʻTIL, II, 673). Bu so‘z o‘zbek tilida yolgʻiz oʻzi ishlatilmaydi, hazar qil- qoʻshma feʼli tarkibida qatnashadi. HAZIL Bu arabcha soʻz asli hazi(un) shakliga ega (ARS. 854); tojik tilida hazl va hazil shakllarida ishlatiladi (hazil shakli soʻzlashuv tiliga mansub deb taʼkidlangan TjRS, 495); oʻzbek tiliga tojik tili taʼkidlangan TjRS, 495); oʻzbek tiliga tojik tilidan hazil shaklida olingan (Talaffuz qulayligini taʼminlash uchun el undoshlari oraligiga i unlisi qoʻshilgan); hazala feʼlining ermak tariqasida "tegajaklik qildi" maʼnosidan (ARS, 854) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 142), “ermak tariqasida tegajaklik bilan aytilgan gap yoki qilingan harakat maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 673). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hazillash- feʼli yasalgan, hazil-mutoyiba juft soʻzi tuzilgan. HAZILAKAM Bu soʻz oʻzbek soʻzlashuv tilida arabcha hazil soʻzidan (q.) -akam qoʻshimchasi bilan yasalgan sifat boʻlib, hazil yoʻsinidagi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 673); tojik tilida bu soʻz hazilaki (hazil + aki) shaklida ishlatiladi (TjRS, 495). HAZILKASH Bu so‘z tojik tilida arabcha hazil soʻziga (q.) tortdi“ maʼnosini anglatuvchi tojikcha kashidan feʼlining kash hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan; “hazil qilishni sevadigan‘ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 673). HAZIN Bu arabcha soʻz hazin(un) shakliga ega (ARS, 171); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq i unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: hazin → hazin; “mungli qildi‘ maʼnosini anglatuvchi hazana feʼlidan (ARS, 170 yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “mungli‘ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 674). HAZIR Bu arabcha soʻz asli hažr(un) shakliga ega boʻlib (ARS, 181), oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, izgi undoshini z undoshiga almashtirib, yg undoshlari oralig'iga unlisini qoʻshib I qabul qilingan: hažr→ hazir; “ihota qildi‘ maʼnosini anglatuvchi hažara feʼlidan (ARS, 181) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida taqiqlash maʼnosini (ARS, 181), oʻzbek tilida esa "tashqi taʼ sirdan oʻzini ehtiyot qilish" maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 674); bu soʻz oʻzbek tilida hazir boʻl- qoʻshma feʼli tarkibida ishlatiladi. HAZM Bu arabcha soʻz hazm(un) shakliga ega (ARS, 854); asli hazama¹ feʼlining parchalandi maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 854), arab tilida tor-mor qilinish, yengilish maʼnosini anglatadi (ARS, 854); oʻzbek tilida taomning organizmda oʻzlashtirilishi maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 674). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida hazm boʻl- hazm qil- qoʻshma feʼllari tuzilgan. HAZRAT Bu arabcha soʻz hadrat(un) shakliga ega (ARS 179); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, Azad undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: hadrat-> hazrat; koʻpmaʼnoli hadara feʼlining huzurida boʻldi” maʼnosi asosida (ARS, 179) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), eng yuksak martabali kishiga murojaat soʻzi sifatida ishlatiladi (OʻTIL, II, 674). HAYAJON Bu arabcha soʻz һauaçãn(un) shakliga ega (ARS, 866); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini unlisiga almashtirib qabul qilingan: hayaçan→ hayajan (haya- jon); ruhan toʻlqinlandi maʼnosini anglatuvchi һasa 1 feʼlidan hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), ruhan toʻlqinlanish maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 691). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hayajonli sifati, hayajonlan- feʼli yasalgan. HAYBARAKALLA Bu soʻz oʻzbek tilida rozi ekanlikni, qoʻllab-quvvatlashni ifodalovchi hay undov soʻzi bilan (OʻTIL, II, 675; TjRS, 496) barakalla soʻzini (q.) birlashtirib tuzilgan boʻlib, “qoʻllab-quvvatlovchi, dalda beruvchi soʻzlarni aytish bilan cheklanish maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 675). HAYBARAKALLACHI Bu soʻz oʻzbek tilida haybarakalla so‘zidan (q.) -chi qoʻshimchasi bilan yasalgan, oʻzi ishlamasdan, boshqalarni ishlashga undaydigan soʻzlar aytish bilan shugʻullanuvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 675). HAYBAT q. haybatli HAYBATLI Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha haybat soʻzidan -li qoʻshimchasi bilan yasalgan sifat boʻlib, qoʻr - qish aralash hurmat uygʻatadigan darajada katta maʼ- nosini anglatadi (OʻTIL, II, 675). Haybat soʻzi esa bahaybat koʻrindi maʼnosini anglatuvchi haba feʼlining (APC, 866) 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), ”qoʻrqish aralash hurmat hissini uygʻatuvchi qiyofa maʼnosini anglatadi (ARS, 866); OʻTIL, II, 675), HAYVON Bu arabcha soʻz hayavān(un) va hayvān(un) shakllariga ega (ARS, 200); oʻzbek tiliga ikkinchi shakli tarkibidagi hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: hayvan → hayvan (hayvon); haiya feʼlining yashadi, mavjud boʻldi maʼnosi bilan (ARS, 205) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), “insondan boshqa har bir tirik mavjudot maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 675). HAYVONOT Bu arabcha soʻz hayvon soʻzining-at(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan koʻplik shakli boʻlib (ATG, 39), hayvonlar olami maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 675). HAYDAR Bu arabcha soʻz haydar(un) shakliga ega (ARS, 161); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: haydar→ haydar; semiz, yugon boʻldi maʼnosini anglatuvchi haydara² feʼli maqolasida berilgan bu soʻz arab tilida “arslon maʼnosini anglatadi (ARS, 161); oʻzbek tilida bu soʻz yugon soch oʻrimi maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 676). Bu soʻz arslon" maʼnosi bilan erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi. HAYIT Bu arabcha soʻz asli ʼiyd(un) shakliga ega (APC, 548); adabiy tilda iyd shaklida ishlatiladi (OʻTIL, 1, 319); bu soʻz OʻTILning boshqa sahifasida (hayit maqolasida) id shaklida xato yozilgan (II, 676), bu Xato tojik tili lugʻatidan (TjRS, 159) koʻchib oʻtgan; oʻzbek soʻzlashuv tilida bu soʻz tovush jihatidan butun - lay oʻzgartirib yuborilgan: soʻz boshlanishiga ha tovushlari qoʻshilgan, kasrali ayn (ʼ) i tovushiga al mashtirilgan, bu unli u undoshi bilan oʻrin almashgan, soʻz oxiridagi d jarangli undoshit jarangsiz eshiga almashgan (Arab tili talaffuz qoidasiga binoan soʻz oxiridagi d undoshi jarangsizlashmaydi); asli siyd(un) suzi kupmaʼnoli ʼada feʼlining bayram qildi maʼnosi bilan (ARS, 547) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida bayram maʼnosini anglatadi (ARS, 649); oʻzbek tilida diniy bayram maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 676). HAYKAL Bu arabcha ot soʻz haykal(un) shakliga ega (ARS, 867); arab tilida juda katta maʼnosini, koʻplik shaklida esa “juda katta binoʻ kabi maʼnoni anglatadi (ARS, 867); oʻzbek tilida bu soʻz kishi yoki hayvon gavdasining qattiq jismdan yasalgan tasviri maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 676). HAYKALTAROSH Bu soʻz tojik tilida arabcha haykal soʻziga (q.) “yoʻndi”, “tarashladi maʼnosini anglatuvchi tojikcha taroshidan feʼlining tarosh hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 383, 496); “haykal yasovchi sanʼat ustasi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 677). HAYO Bu arabcha soʻz hayâ(un) shakliga ega (ARS, 205); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga almashtirib, soʻz oxiri - dagi hamzani tashlab qabul qilingan: һaua→ haya (hayo); haiya feʼlining “uyaldi maʼnosi bilan (ARS, 205) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 146), uyalish“, ”uyatchanlik maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 672). HAYOT Bu arabcha soʻz hayat(un) shakliga ega (ARS, 205); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga almashtirib qabul qi lingan: hayat hayat (hayot); haiya feʼlining yashadi" maʼnosi bilan (ARS, 205) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATT, 142), “yashash, fiziologik mavjudlik maʼ-nosini anglatadi (OʻTIL, II, 672). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida hayot-mamot juft soʻzi tuzilgan. HAYOTBAXSH Bu soʻz tojik tilida arabcha hayot soʻziga (q.) “hadya qil- maʼnosini anglatuvchi tojikcha baxshidan feʼlining baxsh hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 52, 51, 595); “yashash uchun shart- sharoit bagʻishlaydigan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 672). HAYOTIY Bu arabcha soʻz hayatiyy(un) shakliga ega (ARS, 206); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini à unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: hayatiyy→ hayatiy (hayotiy); hayot soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “hayot uchun zarur maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 672). HAYOT-MAMOT q. mamot HAYRAT Bu arabcha soʻz hayrat(un) shakliga ega (ARS, 207); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hayrat→ hayrat; hayron boʻldi maʼnosini anglatuvchi hära feʼlidan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS. 207), “taajjub”, “hayronlik maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 677). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hayratlan- feʼli yasalgan. HAYRON Bu arabcha soʻz hayranu shakliga ega (ARS, 207); uzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi i kismini tashlab qabul qilingan: hayrānu→ xayran (hayron); “ajablandi maʼnosini anglatuvchi hära feʼlidan (ARS, 207) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), hayratlangan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 677). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida hayron boʻl, hayron qil- feʼllari tuzilgan. HAYF Bu arabcha soʻz hayf(un) shakliga ega (ARS, 207); Oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hayf → hayf; adolatsizlik boʻldi“ maʼnosini anglatuvchi hafa feʼlidan (ARS, 207) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida adolatsizlik”, “nohaq yetkazilgan ozor maʼnosini anglatadi (ARS, 207); oʻzbek tilida bu soʻz nimanidir kimgadir berish adolatsizlik boʻlishini ifodalash uchun ishlatiladi (OʻTIL, P, 677). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hayfsin- feʼli yasalgan. HAYʼAT Bu arabcha soʻz hayrat(un) shakliga ega (ARS, 865); oʻzbek tiliga sukun oʻrniga ʼ (tutuq) belgisini qoʻyib, fathali hamzani a unlisiga almashtirib qabul qilingan: hayrat → hayʼat; koʻpmaʼnoli naua Feʼlining ”basavlat boʻldi" maʼnosi asosida (ARS, 865) hosil qilingan bob masdari boʻlib (ATG, 143), bu koʻpmaʼnoli soʻz arab tilidan maʼlum bir vazifaga saylangan, belgilangan kishilar guruhi maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, II, 678). HAKAM Bu arabcha soʻz hakam(un) shakliga ega (ARS, 187); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hakam→ hakam; asli ko‘pmaʼnoli hakama feʼlining hukm chiqardi maʼnosi bilan (ARS, 187) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), ikki taraf tortishuvida, musobaqada xolis turib hukm chiqaruvchi kishi (arbitr) maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 678). HAKIM Bu arabcha soʻz hakim(un) shakliga ega (ARS, 188); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq I unlisini i unlisiga almashtirib qabul qi- lingan: hakim → hakim; asli donishmand boʻldi maʼnosini anglatuvchi hakuma feʼlidan (ARS, 188) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), dastlab “donishmandʻ maʼnosini anglattan, keyinchalik maʼno taraqqiyoti natijasida oʻtkir tabib maʼnosini anglata boshlagan (OʻTIL, II, 678). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida, muannas shakli hakima soʻzi esa ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi. HAKIMA q. hakim HAL І Bu arabcha soʻz hall(un) shakliga ega (ARS, 189); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, so‘z oxiridagi II tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: hall → hal; koʻpmaʼnoli halla¹ feʼlining "yechdi, bartaraf qildi” maʼnosi bilan hosil qi lingan 1 bob masdari boʻlib (ARS, 188), yechish, "bartaraf qilish maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 679), Bu soʻz bilan oʻzbek tilida hal boʻl-, hal qil- feʼllari tuzilgan. HAL ІІ Bu arabcha soʻz hall shakliga ega (ARS, 189); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi II tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: hall → hal; koʻpmaʼnoli halla¹ feʼlining suvda eritdi maʼnosi bilan hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ARS, 189), arab tilida eritish maʼnosini, oʻzbek tilida esa shu maʼno asosida yuzaga kelgan tilla, kumush, bronza kukunidan tayyorlangan boʻyoq maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 679). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida halli (hal berilgan) soʻzi yasalgan, zarhal qoʻshma soʻzi tuzilgan. HALVO q. holva HALVOGAR q. holvagar HALVOYTAR q. holvaytar HALIL q. halila HALILA Bu arabcha soʻz halılat(un) shakliga ega (ARS, 190); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq t unlisini i unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: halflat → halila; qonuniy boʻldi“ maʼnosini anglatuvchi halla 3 feʼlidan (ARS, 189) hosil qilingan 1 bob masdari halil(un) soʻzining (ATG, 143) -at(un) qoʻshimchasini olgan muannas shakli boʻlib (ATG, 29), arab tilida nikohdagi ayolʻ maʼnosini, halil soʻzi esa nikohdagi erkakʻ maʼnosini anglatadi (ARS, 190); oʻzbek tilida bu soʻz halol soʻzining muannas shakli deb tushunilib, halola soʻzi maqolasiga qoʻshib yuborilgan (OʻTIL, II, 681). HALIM Bu arabcha soʻz halim(un) shakliga ega (ARS, 858); Oʻzbek tiliga choʻziq I unlisini i unlisiga almash- tirib qabul qilingan: halim→ halim; asli “yelimshiq maʼnosini anglatuvchi asliy sifat boʻlib (ATG, 43), oʻzbek tilida bugʻdoy yormasi bilan goʻshtni hil-hil, yelimshiq boʻlguncha pishirib tayyorlanadigan ovqat maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 680). HALOVAT Bu arabcha soʻz halavat(un) shakliga ega (APC, 192); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: halavat → halavat (halovat); koʻpmaʼnoli hala feʼlining mamnun boʻldi maʼnosi bilan (ARS, 192) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), mamnuniyat hissi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 680). HALOK Bu arabcha soʻz halak(un) shakliga ega (ARS, 858); Oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: halak → halak (halok); Fojiali ravishda oʻldi maʼnosini anglatuvchi halaka feʼlidan (ARS, 857) hosil qilingan bob masdari boʻlib (ATG, 142), oʻzbek tilida fojiali ravishda oʻlish maʼnosi bilan halok boʻl- feʼli tarkibida ishlatiladi II, 680). HALOKAT Bu arabcha soʻz halkat(un) va halakat(un) shakliga ega (ARS, 858); oʻzbek tiliga ikkinchi shaklining ikkinchi boʻgʻinidagi a unlisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: halakat→ halakat (halokat); halaka feʼlidan (ARS, 857) fojiali ravishda oʻldi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida “yemirilish”, “oʻlish‘ maʼnolarini anglatadi (ARS, 858),oʻzbek tiliga koʻp kishilarning oʻlimiga sabab boʻlgan mudhish voqea, maʼnosi ni anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 680). HALOL Bu arabcha soʻz halal(un) shakliga ega (ARS, 189); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: halal→ halal (halol); asli qoidaga rioya qilindi”, “qonuniy boʻldi” maʼnosini anglatuvchi halla 3 feʼlidan (ARS, 189) hosil qilingan 1 bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib, arab tilida ‘qoidaga rioya qilingan”, “qonuniy‘ maʼnosini (ARS, 189), oʻzbek tilida esa “shariat hukmiga muvofiq yesa, ichsa, foydalansa boʻladigan ‘ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 681). Bu soʻzdan oʻzbek tilida halolla- fetli yasalgan. HALFANA Bu arabcha soʻz hilfan(un) masdaridan .(APC, 191); -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, і unlisini a unlisiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi tovushini tashlab qabul qilingan: hilfanat→ halfana; halafa Feʼlining birlashdi maʼnosi bilan (ARS, 191) hosil qilingan masdardan yasalgan bu ot oʻzbek tilida bir necha kishining oʻz imkoniyatini birlashtirib birgalikda ovqat tayyorlashi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 681). OʻTILda bu soʻz arabcha soʻzga tojikcha qoʻshimcha qoʻshib yasalgan deb notoʻgʻri taʼkidlangan. HALQA Bu arabcha soʻz halqat(un) shakliga ega (ARS, 192); Oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: halqat→ halqa; koʻpmaʼnoli halaga feʼli - ning doira shakliga kiritdi“ maʼnosi bilan (ARS, 191) hosil kilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida toʻqqiz maʼnoni anglatadi (ARS, 192); oʻzbek tiliga doira shaklida egib yasalgan buyum maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, II, 681). Bu soʻzdan oʻzbek tilida halqala- feʼli yasalgan. HALQUM ”Boʻgʻiz" maʼnosini anglatuvchi bu arabcha ot hulqum (un) shakliga ega (ARS, 192); avvalo hoyi hutti tovushi h undoshiga almashtirilgan: hulqum -> hulqum. Bu soʻz tojik tili lugatiga ikki shaklda hulqum (TjRS, 508) va halqum (TjRS, 498) tarzida kiritilgan; Demak, bu soʻz oʻzbek tiliga tojik tilidan birinchi boʻgʻinning unlisi unlisiga almashgan talaffuz a shaklida oʻtgan (OʻTIL, II. 682). Tojik tili lugʻatida halqum (hulqum) soʻzi hayvonlardagi shunday aʼzoni bildirishi taʼkidlangan, oʻzbek tili lugʻatida esa bunday chegaralash yoʻq. Arab tili lugʻatida ham bunday chegaralash yoʻqligi u yerda keltirilgan rohat-al-hulqum → rahat-luqum misolidan ochiq koʻrinib turibdi. HAMAL Bu arabcha soʻz hamal(un) shakliga ega (ARS, 196); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hamal→ hamal; ko‘pmaʼnoli hamala feʼlining olib keldi" maʼnosi bilan (ARS, 195) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida qoʻzi maʼnosini anglatadi va shu soʻz bilan ataladigan burjni bildiradi (ARS, 196); oʻzbek tilida Hut va Savr oraligʻidagi burjning nomi sifatida va Shamsiya yil hisobidagi birinchi oyning nomi sifatida ishlatiladi (OʻTIL, II, 682). HAMD Bu arabcha soʻz hamd(un) shakliga ega (ARS, 194); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hamd→ hamd; hamada feʼlining maqtadi maʼnosi bilan (ARS, 194) hosil kilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 152), maktov maʼnosini anglatadi; oʻzbek tilida alhamdulillah soʻzi, "Allohga hamdu sanolar boʻlsin" iborasi tarkibida ishlatiladi (OʻTIL, 11, 682). HAMZA Bu arabcha soʻz hamzat(un) shakliga ega (ARS, 859); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi tovushini tashlab qabul qilingan: hamzat → hamza; ko‘pmaʼnoli hamaza feʼlining sanchdi maʼnosi asosida (ARS, 859) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida ukol qilish maʼnosini anglatadi, arab alifbosidagi boʻgʻiz tovushining nomi sifatida ishlatiladi (ARS, 859); oʻzbek tiliga ikkinchi maʼnosi bilan olingan; erkak kishining atoqli oti boʻlib ham keladi (OʻTIL, II, 683). HAMID q. alhamdulillah HAMIDA q. alhamdulillah HAMIYAT Bu arabcha soʻz hamiyyat(un) shakliga ega (ARS, 197); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: hamiyyat → hamiyat (hamiyat); asli hamā feʼlining ]homiylik qildi”, “himoyaladi‘ maʼnosi bilan (ARS, 197) hosil qilingan I bob masdaridan -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot bulib (UAY, 500), oʻzbek tilida arab tilidagi intilish maʼnosi asosida yuzaga kelgan oʻzining va yaqinlarining or-nomusini har qanday tajovuzdan himoya qilishga intilish tuygʻusi maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 683). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hamiyatli, hamiyatsiz sifatlari hosil qilingan. HAMLA Bu arabcha soʻz hamlat(un) shakliga ega (ARS, 196); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi tovushini tashlab qabul qilingan: hamlat→ hamla; koʻpmaʼnoli hamala feʼ lining hujum qildi”, “tashlandi" maʼnosi bilan (ARS, 195) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilidan hujum maʼnosi bilan olingan (OʻTIL, II, 683). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida hamla qil- feʼli tuzilgan. HAMMOM Bu arabcha soʻz hammal(un) shakliga ega (APC, 196); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini unlisiga almashtirib qabul qilingan: hammal→ qammal (hammol); koʻpmaʼnoli hamala feʼlining koʻtarib olib bordi maʼnosi bilan (ARS, 195) yasalgan ot boʻlib (UAY, 499), “yukni biror manzilga eltib beruvchi kishi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 684). Bu soʻzdan hammolliq soʻzi yasalgan. HAMMOM Bu arabcha soʻz hammam(un) shakliga ega (ARS, 193); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini unlisiga almashtirib qabul qilingan: hammam → hammam (hammom); choʻmildi maʼnosini anglatuvchi hamma1 feʼlidan (ARS, 193) yasalgan ot boʻlib (UAY, 499), issiq suv bilan choʻmi lishga atab qurilgan maxsus bino maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 684). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hammomchi oti yasalgan HANDASA Bu arabcha soʻz handasat(un) shakliga ega (APC, 861); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: handasat → handasa; handasa Feʼlining oʻlchadi maʼnosi bilan (ARS, 861) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 339), tarixan “geo- metriya maʼnosini anglatish uchun ishlatilgan (OʻTIL, II, 685). HARAKAT Bu arabcha soʻz harakat(un) shakliga ega (ARS, 168); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: harakat→ harakat qimirla-”, “jil- maʼnosini anglatuvchi haruka feʼlidan (ARS, 167) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), qimirlash”, “jilish maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 686). Bu soʻzdan oʻzbek tilida harakatlan- feʼli, harakatchan sifati yasalgan. HARAM Bu arabcha soʻz haram(un) shakliga ega (ARS, 168); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: haram → haram; haruma feʼlining taqiqladi maʼnosi bilan (ARS, 158) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), “hovlining begona erkaklar kirishi taqiqlangan qismi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 687). HARB Bu arabcha soʻz harb(un) shakliga ega (ARS, 163); Oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: harb→ harb; “taladi, jang qildi“ maʼnosini anglatuvchi haraba feʼlining (ARS, 163) 1 bob masdari boʻlib (ATG, 142), “jang”, “urush maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 687). HARBIY Bu arabcha soʻz harbiyy(un) shakliga ega (ARS, 163); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: harbiyy→ harbiy; harb (harb) soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “harbga (jangga) doir”, harbiy xizmatga (armiyaga) doir” kabi maʼnoni anglatadi (OʻTIL, 11, 687). HARIR Bu arabcha soʻz harir(un) shakliga ega (ARS, 163); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq I unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: harr→ harir; harra feʼlining xoli qildi” maʼnosi asosida (ARS, 162) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), asli "tiniq, yupqa“ maʼnosini anglatadi. koʻchma maʼnoda ipak matoʻ maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (ARS, 163; OʻTIL, 11, 688). HARIS Bu arabcha soʻz haris(un) shakliga ega (ARS, 166); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq I unlisini i unlisiga, sad undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: haris → haris; haraa Feʼlining ‘kuchli darajada istadi!‘ maʼnosi bilan (ARS, 165) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), arab tilidan hirs qoʻygan, kuchli darajada berilgan maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, II, 688). HARIF Bu arabcha soʻz harif(un) shakliga ega (ARS, 166); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq unlisini i unlisiga almashtirib qabul qi lingan: harif → harif; harafa feʼli maqolasida berilgan (ARS, 166) bu soʻz asli asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “joʻra”, “oʻyinda sherik”, “qarshi taraf kishisi maʼnolarini anglatadi (ARS, 166; OʻTIL, II, 688). HAROM Bu arabcha soʻz haram(un) shakliga ega (ARS, 168); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq unlisini â unisiga almashtirib qabul qi lingan: haram→ haram (harom); asli haruma feʼlining taqiqladi” maʼnosi bilan (ARS, 168) hosil qilingan 1 bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib, ‘yeb-ichish, foydalanish taqiqlangan‘ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 688). HAROMZODA Bu soʻz tojik tilida arabcha harom soʻziga (q.) oʻgʻilʻ maʼnosini anglatuvchi zoda soʻzini qoʻshib tuzilgan boʻlib (TjRS, 502, 156), asli ‘nikohda boʻlmagan erkak bilan xotindan tugʻilgan oʻgʻil‘ maʼnosini anglatib, soʻkish soʻzi sifatida ishlatiladi (OʻTIL, II, 688). HAROMI Bu soʻz tojik tilida arabcha harom soʻziga (q.) -i qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan sifat boʻlib (TjRS, 502, 542), “nikohsiz tugʻilgan‘ maʼnosini anglatadi, soʻkish soʻzi sifatida ishlatiladi (OʻTIL, II, 688). HAROMMAGʻIZ Bu qoʻshma soʻz tojik tilida arabcha harom soʻzi bilan (q.) “miya maʼnosini anglatuvchi tojikcha mag'z soʻzidan (TjRS, 222) tuzilgan boʻlib, oʻzbek tiliga 3 undoshlari oraligʻiga i unlisini qoʻshib qabul qilingan: harommagʻz (TjRS,502) - ҡarommagz qabul qilingan: harommagʻz (TRS, 502) → harommagʻiz (OʻTIL, II, 688); “markaziy asab tizimining umurtqada joylashgan qismi maʼnosini anglatadi. Bu qoʻshma soʻz tarkibida harom soʻzi haqiqiy boʻlmagan maʼnosi bilan qatnashadi. HAROMTOVOQ Bu qoʻshma soʻz oʻzbek tilida arabcha harom soʻzi bilan (q.) ovqat solinadigan idish ma'nosini anglatuvchi tovoq soʻzidan (OʻTIL, II, 195) tuzilgan boʻlib, boshqalarning mehnat qilib topgan rizqiga sherik boʻluvchi tekinxoʻr maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 688). HAROMTOMOQ Bu qoʻshma soʻz oʻzbek tilida arabcha harom soʻzi bilan (q.) ovqat maʼnosini anglatuvchi oʻzbekcha tomoq soʻzidan (OʻTIL, II, 201) tuzilgan boʻlib, halol mehnat qilmay, nopok daromat bilan hayot kechiruvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 688). HARORAT Bu arabcha soʻz harārat(un) shakliga ega (ARS, 163); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: hararat→ harӑrat (harorat); һapta feʼlining issiq boʻldi“ maʼnosi bilan (ARS, 162) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), issik”, “isitma maʼnolarini anglatadi (ARS, 163; OʻTIL, II, 689). HARF Bu arabcha soʻz harf(un)2 shakliga ega (ARS, 166); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: harf → harf; harafa feʼli maqolasida berilgan bu soʻz (ARS, 166) arab tilida tovush (undosh tovush) ifodalovchi shakl”, “soʻz maʼnolarini anglatadi (ARS, 166); oʻzbek tilida bu soʻz tovush ifodalovchi shakl, maʼnosi bilan ishlatiladi (OʻTIL, II, 689). HARFIY Bu arabcha soʻz harf soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi iy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: harf + iyy = harfiyy → harfiy; harfga doir maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 689). HARFXOʻR Bu soʻz asli ruscha bukvoyed soʻzining kalkasi boʻlib, arabcha harf soʻziga (q.) ye- maʼnosini anglatuvchi tojikcha xoʻrdan feʼlining xoʻr hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan: “masalaning mohiyatiga emas, tashqi, mayda-chuyda tomoniga eʼtibor beruvchi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 689). HASAD Bu arabcha soʻz hasad(un) shakliga ega (ARS, 173); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hasad→ hasad; һavada Feʼlining koʻra olmadi maʼnosi bilan (ARS, 172) ho- sil kilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), “koʻra olmaslik tuygusi" maʼnosini anglatadi (ARS, 173; OʻTIL, II, 689). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hasadchi soʻzi yasalgan. HASADGOʻY Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha hasad soʻziga (q.) gapir-ʻ maʼnosini anglatuvchi tojikcha guftan feʼlining goʻy hozirgi zamon asosini (TRS, 110) qoʻshib tuzilgan; “hasad kilib gapiruvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 689). HASAYNI Bu soʻz asli Husayn atoqli otining (ARS, 174) birinchi boʻgʻinidagi u unlisini a unlisiga almashtirib, -i qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan; uzumning husaynidan koʻra semizroq va kaltaroq navi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 689). HASAN q. husn HASANA Bu arabcha soʻz hasanat(un) shakliga ega (ARS, 174); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi tovushini tashlab qabul qilingan: hasanat → hasana; hasuna feʼlining maʼqul boʻldi maʼnosi asosida (ARS, 173) hosil kilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilidan xayrli ish“ maʼnosi bilan olinib, qarzi hasana birikmasi tarkibida ustiga foyda qoʻyilmay berilganʻ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 689). HASANOT Bu soʻz yaxshi, xayrli ish maʼnosini anglatuvchi arabcha hasanat(un) soʻzining (ARS, 174) koʻplik shakli boʻlib (ATG, 39), oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: hasanat → hasanat (hasa- not); kelgan mehmonni ochiq chehra bilan xursand boʻlib kutib olishda aytiladigan qadamlariga hasanot birikmasi tarkibida yaxshi, xayrli ishlar maʼnosi bilan qatnashadi (OʻTIL, P, 690). HASSA OʻTILda (II, 690) bu soʻz arabcha deb belgilanib, xuddi aso soʻzi (q.) bildiradigan maʼnoni anglatishi aytilgan. Hassa soʻzi asli arabcha ʼašat(un) soʻzi (ARS, 520) boshlanishiga h tovushini qoʻshib, fathali ayn tovushini a tovushiga, sad undoshini s undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi tovushini tashlab hosil qilingan: ʼasat-> hassa. HASSOS Bu arabcha soʻz hassās(un) shakliga ega (ARS, 171); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: hassas→ hassas (hassos); “nozik tarzda his qildi” maʼnosini anglatuvchi hassa 2 feʼlidan (ARS, 171) yasalgan boʻlib (UAY, 499), nozik tarzda his qi luvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 690). HASRAT Bu arabcha soʻz hasrat(un) shakliga ega (ARS, 173); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hasrat→ hasrat; ruhan azoblandi maʼnosini anglatuvchi hasira feʼlidan (ARS, 173) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida ruhiy azob maʼnosini anglatadi (APC, 173); oʻzbek tilida bu soʻz asosan ruhiy dard- alamni nolib gapirish maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 690). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida hasratlan, hasratlash- feʼllari yasalgan, hasrat qil- qoʻshma feʼli, hasrat-nadomat, gʻam-hasrat juft soʻzlari tuzilgan. HATAM q. hotam HATTO Bu arabcha soʻz hatta shakliga ega (ARS, 155); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: hatta → xatta (hatto); arab tilida “dovur”, “ham” kabi maʼnolarni ifodalovchi bu soʻz (ARS, 155) oʻzbek tiliga taʼkid yuklamasi sifatida qabul qilingan (OʻTIL, II, 690). Taʼkid maʼnosini kuchaytirish maqsadida bu soʻzga -ki yuklamasi qoʻshib, hattoki shaklida ham ishlatiladi. HATTOKI q. hatto HAFIZ Bu arabcha soʻz hafiž(un) shakliga ega (ARS, 183); Oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq i unlisini i unlisiga, izgi undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: hafiz → hafiz; koʻp- maʼnoli hafiža feʼlining saqladi, himoyasiga oldi 1001 mifat bilib + maʼnosi bilan (ARS, 182) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), himoya qiluvchi maʼnosini anglatadi (ARS, 183). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida, muannas shakli hafiza esa ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi. HAFIZA q. hafiz HASHAM Bu arabcha soʻz haşam(un) shakliga ega (ARS, 175); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: haşam → hasham; asli uyaltirdi maʼnosini anglatuvchi haşama feʼlidan (ARS, 175) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida katta amaldorning mulozimlari maʼnosini anglatadi (ARS, 175); oʻzbek tilida esa asosan ortik darajadagi bezak maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 691). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hashamsiz sifati yasalgan. HASHAMAT Bu arabcha soʻz asli haşamat(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undo- shiga almashtirib qabul qilingan: haşamat→ hashamat; asli “uyaltirdi maʼnosini anglatuvchi haşama feʼlidan (ARS, 175) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), oʻzbek tilida ortiq darajadagi bezak”, “dabdaba maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 691). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hashamatli sifati yasalgan. HASHAMATLI q. hashamat HASHAR Bu arabcha soʻz haşr(un) shakliga ega (ARS, 175); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, yag undoshlari oraligʻiga a unlisini qoʻshib qabul qilingan: haşr→ hashar; tojik tilida bu soʻz hashr va hashar shakllarida ishlatiladi (TjRS, 503); haşara feʼlining toʻpladi maʼnosi bilan (ARS, 175) xosil kilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida yigin maʼnosini anglatadi (ARS, 175); oʻzbek tilida koʻp kishilarning ixtiyoriy ravishda toʻplanib, birgalikda yordam tariqasida maʼlum bir katta hajmli ishni beminnat bajarishi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, Q II, 691). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hasharchi soʻzi yasalgan. HASHAROT Bu arabcha soʻz һaşarat(un) shakliga ega (ARS, 175); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: haşarat→ hasharat (hasharot); haşara feʼ lining toʻpladi maʼnosi asosida (ARS, 175) hosil kilingan I bob masdari haşarat soʻzining (ARS, 175) koʻplik shakli boʻlib (ATG, 39), ”mayda-chuyda qurt-qumursqalar" maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 691). HASHAROTXOʻR Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha hasharot soʻziga (q.) “e-ʻ maʼnosini anglatuvchi tojikcha xoʻrdan Feʼlining xoʻr hozirgi zamon asosini (TjRS, 434) qoʻshib tuzilgan; hasharotlarni yeyuvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 691). HAQ 1 Bu arabcha soʻz haqq(un) 1 shakliga ega (ARS, 184); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi qq tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: haqq→ haq 1; hagga feʼli - ning haqiqat, chin boʻldi maʼnosi bilan (ARS, 184) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 149), arab tilida chin”, “haqiqat maʼnosini angлатади (АРС, 184); bu soʻz OʻTILdagi (P, 692) haq soʻzi - ning birinchi maʼnosiga toʻgʻri keladi. HAQ ІІ Bu arabcha soʻz haqq(un) shakliga ega (ARS, 184); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi qq tovushlaridan birini tashlab kabul qilingan: haqq→ haq II; haqqa feʼli - ning huquqqa ega boʻldi“ maʼnosi bilan (ARS, 184) ho- sil qilingan I bob anik nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 142), arab tilida huquq, haqiqat, tegishli hissa”, qarz” maʼnolarini anglatadi (ARS, 184); oʻzbek tilida bu soʻz, yuqoridagi maʼnolardan tashqari, mehnat evaziga olinadigan tulov”, “badal (vznos)” kabi maʼnolarni ham anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 692). Bu soʻzdan oʻzbek tilida haqli, haqsiz sifatlari yasal AGUY Bu soʻz tojik tilida arabcha haq II soʻziga (q.) “gapir- maʼnosini anglatuvchi tojikcha guftan Feʼlining goʻy hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 110, 504); “haqiqatni aytuvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 692). Bu soʻzdan oʻzbek tilida haqgoʻylik mavhum oti yasalgan. HAQIDA Bu soʻz haq II soʻzining maʼno taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan xusus maʼnosi bilan oʻrin kelishigi shaklida (egalik qoʻshimchasi zarur bo‘lsa qatnashadi) koʻmakchiga aylangan (OʻTIL, II, 692); toʻgʻri(si)da, xusus(i)da koʻmakchilari ham shunday yul bilan yuzaga kelgan. HAQIR Bu arabcha soʻz haqir(un) shakliga ega (ARS, 186); Oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq i unlisini i unlisiga almashtirib qabul qi lingan: haqir → haqir; “oʻta darajada kamsitdi maʼ- nosini anglatuvchi haqara feʼlidan (ARS, 185) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), arab tilida “pastkash, hazar qilinadigan maʼnosini anglatadi (ARS, 186); oʻzbek tilida bu soʻz izzat-hurmatga noloyiq”, “oʻzini boshqalardan past tutadigan maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, II, 692). HAQIRONA Bu so’z tojik tilida arabcha haqir soʻzidan (q.) -ona qoʻshimchasi bilan yasalgan ravish boʻlib (TjRS, 504, 542), oʻta kamsitilgan holatda, oʻzini oʻta past tutib maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, II, 692). HAQIQ Bu arabcha soʻz baqīg(un) shakliga ega bulib (ARS, 526); oʻzbek tiliga fathali ayn tovushini a tovushiga, choʻziq 1 unlisini i unlisiga almashtirib, soʻz boshlanishiga h tovushini qoʻshib qabul qilingan: baqiq → haqiq [Soʻz boshlanishiga h tovushini qoʻshish oʻzbek tilida tarixan ayrim soʻzlarda voqe boʻlgan: ӧkuz hoʻkiz kabi). Haqiq soʻzi baʼzan asliga muvofiq aqiq shaklida ham ishlatiladi (OʻTIL, 1, 67). Aqiq soʻzi ARSAA “xalsedonʻ deb, TjRSda (37) va PRSda (348) agat, serdolik deb, OʻTILda turli rangli qimmatbaho tosh deb izohlangan; haqiq soʻzi esa qizil, qirmizi rangli kimmatbaho tosh deb izohlangan (OʻTIL, 11, 692). OʻTILda aqiq, haqiq soʻzi qirmizi rangli kabi sifat maʼnosini ham anglatishi taʼkidlangan. Bu soʻz ARSda “par- chaladi" maʼnosini anglatuvchi ʼaqqa feʼli maqolasida berilgan (525), demak, aqiq soʻzining maʼnosini turli tusda jilolanuvchi qirmizi toshʻ deb taʼriflash toʻgʻriroq. HAQIQAT Bu arabcha soʻz haqiqat(un) shakliga ega (ARS, 185); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undo- shiga, choʻziq I unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: haqiqat haqiqat; ħaqqa feʼlidan -> haqiqiy, chin boʻldi maʼnosi bilan (ARS, 184) yasalib, chin“ maʼnosini anglatuvchi haqiq(un) asliy sifatidan (ATG, 43) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (UAY, 500), “amaldagi, Chin maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 692) voqelik, ahvol. HAQIQATAN Bu soʻz haqiqat soʻzining (q.) tushum kelishigi shakli boʻlib (ATG, 50), maʼno taraqqiyoti natijasida ravishga aylangan; chindan ham maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 693). HAQIQATGOʻY Bu soʻz tojik tilida arabcha haqiqat soʻziga (k.) tapir- maʼnosini anglatuvchi tojikcha guf- tan feʼlining goʻy hozirgi zamon asosini qoʻshib tu- zilgan (TjRS, 110, 504); “haqiqatni aytuvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 693). Bu soʻzdan oʻzbek tilida haqiqatgoʻylik mavhum oti yasalgan. HAQIQIY Bu arabcha soʻz haqiqiyy(un) shakliga ega (ARS, 185); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undo- shiga, choʻziq I unlisini i unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: haqiqiyy→ haqiqiy haqiqat soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), ”chin”, haqiqatga toʻgʻri keladigan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 693). HAQORAT Bu arabcha soʻz haqārat(un) shakliga ega (ARS, 186); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini à unlisiga almashtirib qabul qilingan: haqārat→ haqӑrat (haqorat); “oʻga darajada kamsitdi, maʼnosini anglatuvchi hagara feʼlidan (ARS, 185) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), tahqirlovchi, qoʻpol soʻzlar bilan soʻkish maʼno- sini anglatadi (OʻTIL, II, 693). HAQQONIY Bu arabcha soʻz haqqaniyy(un) shakliga ega (APC, 185); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini à unlisiga almashtirib, so‘z oxiridagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: haqqäniyy→ haqqaniy (haqqoniy); haq II (haqq) masdaridan (q.) -äniyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (UAY, 93), “haqiqatga mos, adolatli” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 694). HAQQONIYAT Bu arabcha soʻz haqqoniy nisbiy sifatidan (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (UAY, 500), odillik, toʻgʻrilik maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 694.) HECH VAQO Q. vaqo HIBS Bu arabcha soʻz habs(un) shakliga ega (APC, 154); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, a unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: habs → hibs (Tojik tilida bu soʻz asliga koʻra habs shaklida aytiladi va yoziladi: TjRS, 494); koʻpmaʼnoli habasa feʼlining qamadi maʼnosi bilan (ARS, 153) hosil kilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142). oʻzbek tilida Ozodlikdan mahrum qilish“, ”qamash" maʼnosini angla- tadi (OʻTIL, II, 695). Arab tilida habs tarzida talaf- fuz qilinadigan bu soʻz turmaʻ maʼnosini, hibs tar- zida talaffuz qilinadigan soʻz esa toʻgʻon”, “choyshab maʼnolarini anglatadi (ARS, 154). HIBSXONA Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha hibs so‘ziga uyʻ maʼnosini anglatuvchi tojikcha xona soʻzini qoʻshib tuzilgan boʻlib, hibsga saklanadigan xona maya nosish jo olingan kishilar saqlanadigan xona maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 695). Bunday soʻz tojik tilida habsxona tarzida tuzilgan boʻlib (TjRS, 494), habsaxanat(un) shaklida arab tili lugʻatiga ham kiritilgan (ARS, 154). HIDOY, MIRHIDOY, SHOHIDOY q. hidoyat HIDOYAT Bu arabcha soʻz hidayat(un) shakliga ega (ARS, 850); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: hidayat hidayat (hido- yat); koʻpmaʼnoli hada feʼlining toʻgʻri yoʻlga boshladi maʼnosi bilan (ARS, 850) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (UAY, 568), toʻgʻri yoʻlga boshlash, rahnamolik kilish maʼnosini anglatadi (ARS, 850; OʻTIL, II, 696). Bu soʻz atoqli ot sifatida ham ishlatiladi. Bundanbtashqari, hidoyat soʻzi -at qismini tashlab Hidoy shaklida va unga mir, sho qismlarini qoʻshib Mirhidoy, Shohidoy shaklida erkak kishining atoqli oti boʻlib keladi. HIJJALA q. hijo HIJO Bu arabcha soʻz һaā(un) shakliga ega (ARS, 848); oʻzbek tiliga choʻziq a unlisini â unlisiga almash- tirib, soʻz oxiridagi hamzani tashlab qabul qilingan: һіsa -> hija (hijo); һaa feʼlining harfma-harf (boʻgʻinlab) oʻqidi maʼnosi bilan (ARS, 847) hosil kilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 146), arab tilidagi toʻgʻri talaffuz qilish maʼnosi asosida yuzaga kelgan suz boʻgʻini maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, II, 848). Soʻzlashuv tilida bu soʻzdan -la qoʻshimchasi bilan yasalgan hijola- feʼli tovush oʻzgarishi bilan (j tovushini qatlab, a unlisini a unlisiga almashtirib) hijjala- tarzida talaffuz qilinadi (OʻTIL, II, 848). HIJOB Bu arabcha soʻz hicab(un) shakliga ega (ARS, 156); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga almashtirib qabul qiliingan: hicab→ hijab (hijob); һaçaba feʼlining parda bilan yopdi maʼnosi asosida hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS, 156), “yuzga tutiladigan parda maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 696). HIJRAT Bu arabcha soʻz hiçrat(un) shakliga ega (ARS, 846); koʻpmaʼnoli һasaga feʼlining oʻz yurtidan oʻzga yurtga joʻnadi maʼnosi bilan (ARS, 846) hosil kilingan | bob masdari boʻlib (UAY, 568), "oʻz yurtidan oʻzga yurtga joʻnash maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 696). Bu soʻz aniklik artikli bilan al hiçra shaklida ishlatilsa, Muhammad paygʻambarning Makkadan Madinaga koʻchishini bildiradi. HIJRIY Bu arabcha soʻz hiçriyy(un) shakliga ega (ARS, 846); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi uu tovushlari - dan birini tashlab qabul qilingan: hiçriyy→ hijriy; asli hicrat(un) soʻzi oxiridagi -at(un) qoʻshimchasi oʻr- niga -iyy(un) qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 49), “hijrat vaqtidan boshlanadigan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 696). Hijriy yil sanasi milodiy yil sanasining 622- yil 16- iyul kunidan boshlanadi. Hijriy soʻzi hijriya shaklida ham ishlatiladi. HIJRIYA q. hijriy HIJRON Bu arabcha soʻz hiçrān(un) shakliga ega (ARS, 846); uzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib qabul qilingan: hiçrån→ hijran (xij- ron); koʻpmaʼnoli haçara feʼlining aloqa-munosabatni uzdi“ maʼnosi bilan hosil qilingan 1 bob masdari boʻ- lib (UAY, 568), ayriliq” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 696). HIYLA Bu arabcha soʻz hiylat(un) shakliga ega (ARS, 204); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: hiylat→ hiyla; asli hala feʼlining boshqa holatga oʻtdi maʼnosi bilan (ARS, 202) hosil qilingan 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), aldash uchun amalga oshirilgan xatti-harakat maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 696). HIYLAGAR q. hiylakor HIYLAKOR Bu soʻz tojik tilida arabcha hiyla soʻziga (q.) -gar qoʻshimchasining -kor shaklini qoʻshib yasalgan (TRS, 505, 542), hiyla ishlatuvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 696). HIYLAKORONA Bu soʻz tojik tilida hiylagar soʻzidan -ona qoʻshimchasi bilan (TjRS, 542) yasalgan, oʻzbek tiliga -gar qoʻshimchasining -kor shakli qatnashgan koʻrinishi qabul qilingan (TjRS, 505); “hiylakorlarga xos tarzda maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 1, 696). HIKMAT Bu arabcha soʻz hikmat(un) shakliga ega (ARS, 188); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hikmat→ hikmat; asli donishmand boʻldi“ maʼnosini anglatuvchi hakuma feʼlining (ARS, 187) 1 bob masdari boʻlib (ATG, 143), “Donishmandlik”, “zakovat” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 697). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi (Bu soʻz anglatadigan sifat Ol- loga nisbat beriladi, shunga koʻra asli atoqli ot Hikmatulla tarzida ishlatilishi toʻgʻri). Hikmat soʻzidan oʻzbek tilida hikmatli sifati yasalgan. HIKMATLI q. hikmat HIKOYA Bu arabcha soʻz hikayat(un) shakliga ega (ARS, 188); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undo- shiga, choʻziq a unlisini y unlisiga almashtirib, soʻz. oxiridagi tovushini tashlab qabul qilingan: hikayat → hikaya (hikoya); hakā feʼlining gapirib berdiʻ maʼnosi bilan (ARS, 188) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida ogʻzaki bayon qilib berilgan voqelikʻ maʼnosini anglatadi (ARS, 188); oʻzbek tilida, bu maʼnodan tashqari, nasriy badiiy asar turining nomi sifatida ham ishlatiladi (OʻTIL, II, 697). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hikoyachi, hikoyachilik soʻzlari yasalgan. Bu soʻz baʼzan hikoyat ham ishlatiladi (tojik tilida ham shunday). HIKOYANAVIS Bu soʻz tojik tilida arabcha hikoya soʻziga (q.) yoz- maʼnosini anglatuvchi tojikcha navishtan feʼlining navis hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 253, 505); “hikoya janrida ijod qiladigan yozuvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 697). HIKOYAT q. hikoya HILOL Bu arabcha soʻz hilal(un) shakliga ega (ARS, 857); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: hilal → hilal (hilol); halla feʼlining ko‘indi maʼnosi asosida (ARS, 856) hosil qilingan II bob masdari boʻlib (ATG, 247), “yangi chiqqan (uch kunlik) oy maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 697). Bu soʻz oʻzbek as shakan asa ayol tilida erkak kishining, hilola muannas shakli esa ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi. HILOLA q. hilol HIMMAT Bu arabcha soʻz himmat(un) 1 shakliga ega (ARS, 859); “qiziqtirdi”, “oʻziga jalb qildi maʼnosini anglatuvchi hamma feʼlining masdari boʻlib (UAYA. 568), arab tilida kuch”, ”quvvat”, “tirishqoqlik, faoliyat“, ”xatti-harakat maʼnolarini anglatadi (ARS, 858), oʻzbek tilida shu maʼnolar asosida yuzaga kelgan oliyjanoblik bilan yordam koʻrsatish” kabi maʼnoni anglatadi (OʻTIL, II, 698). Oʻzbek tilida bu soʻzdan himmatli sifati yasalgan. HIMOYA Bu arabcha soʻz himayat(un) shakliga ega (ARS, 197); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undo- shiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi 1 tovushini tashlab qabul qilingan: himayat → himaya (himoya); hama feʼlining tajovuzdan saqladi“ maʼnosi bilan (ARS, 197) hosil qilingan 1 bob Masdari boʻlib (UAY, 568), “tajovuzdan, hujumdan qoʻ- riklash maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 798). Bu soʻzdan oʻzbek tilida himoyachi soʻzi yasalgan. HIRS Bu arabcha soʻz hir3(un) shakliga ega (ARS, 166); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, sad undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: hir → hirs; haraša feʼlining kuchli darajada istadiʻ maʼnosi bilan (ARS, 165) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “kuchli darajada istash, intilishʻ maʼnosini anglatadi (ARS, 166; OʻTIL, II, 699). HISOB Bu arabcha soʻz hisāb(un) shakliga ega (ARS, 172); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: hisab→ hisab (hisob); koʻpmaʼnoli hasaba feʼlining sanadi maʼnosi bilan (ARS, 171) hosil qilingan III bob masdari boʻlib (ATG, 247), “sanoq”, miqdor” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 699). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida hisobchi oti, hisobli, hisobsiz sifatlari, hisobla-, hisoblash- feʼllari yasalgan, hisob-kitob juft soʻzi tuzilgan. HISOBOT Bu arabcha soʻz asli hisob soʻzining (q.) koʻplik shakli boʻlib (ATG, 39), “qilingan ishlar boʻyicha yozma yoki ogzaki tarzda beriladigan axborot maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, I, 700). HIS(S) Bu arabcha soʻz hiss(un) shakliga ega (ARS, 171); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan; soʻz oxiridagi ѕѕ undoshlaridan biri baʼzan talaffuz qilinmaydi: hiss his(s); “sezdi maʼnosini anglatuvchi hassa¹ feʼlidan hosil qilingan bob masdari boʻlib (ARS, 171), “sezgi", tuygu maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 700). Bu so‘z bilan oʻzbek tilida his-tuygʻu, his-hayajon juft soʻzla - ri, his qil- feʼli tuzilgan. HISSIY Bu arabcha soʻz his(s) soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi yy tovushlaridan bi rini tashlab qabul qilingan; his-tuygʻuga asoslanadi - gan maʼnosini anglatali (OʻTIL. II, 701). gan“ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 701). HISSIYAT Bu arabcha soʻz hissiyat(un) shakliga ega (APC, 171); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: hissiyat→ hissiyat (hissiyat); hissiy sifatidan (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (UAY, 500), kishining sezish, tuyish qobiliyati maʼnosini anglatadi. Bu soʻzni koʻplik shaklidagi soʻz deb tushunish oqibatida OʻTILga (II, 701) hissiyot shaklida kiritilgan (Bu xatolik tojik tili lugʻatidan koʻchib oʻtgan - TjRS, 506). HISSIYOT q. hissiyat HOVON q. havon HOVONCHA Bu soʻz oʻzbek tilida hovon soʻzidan kichraytirish maʼnosini ifodalovchi cha qoʻshimchasi bilan yasalgan; hovon soʻzi asli arabcha havün(un) soʻzi boʻlib (ARS, 864), asli hana1 feʼlining mayda boʻldi” maʼnosi bilan (ARS, 863) hosil qilingan I bob masda riga teng; uzbek tiliga choʻziq ā unlisini à unlisiga, choʻziq undisini ham â unlisiga almashtirib qabul qilingan: hävun xavan (hovon); tojik tiliga hovan shaklida olingan (TjRS, 506). Bu soʻz arab tilida, shuningdek tojik tilida ham oʻgʻir maʼnosini anglatadi; oʻzbek tilida bu soʻz hovoncha soʻzi tarkibida qatnashadi; hovoncha soʻzi kichik oʻgir maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 702) . HOVUZ Bu arabcha soʻz havd(un) shakliga ega (ARS, 201); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, dzad undoshini z undoshiga, a unlisini y unlisiga almashtirib, vl undoshlari oraligʻiga u unlisini qoʻshib qabul qilingan: havd→ havuz (hovuz); bu koʻpmaʼnoli suz oʻzbek tiliga suv toʻplash uchun maxsus qurilgan keng chuqurlik“ maʼnosi bilan olingan (OʻTIL, II, 702). HODISA Bu arabcha soʻz hadišat(un) shakliga ega (APC, 160); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisi unlisiga, se undoshini s undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi tovushini tashlab qabul qilingan: hadišat→ hadisa (hodisa); hadaša Feʼlining voqe boʻldi”, “yuz berdi maʼnosi bilan (ARS, 160) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshidan (ATG, 147) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), “yuz bergan voqea, oʻzgarish maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 703). HOJAT Bu arabcha soʻz haçat(un) shakliga ega (ARS, 200); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini à unlisiga almashtirib qabul kilingan: hãçat→ hajat (hojat); “ehtiyoj yuzaga keldi” maʼnosini anglatuvchi havvaça feʼlining (ARS, 199) I bob masdari boʻlib, ehtiyoj”, “zaruriyat maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 703). HOJATBAROR Bu soʻz tojik tilida arabcha hojat soʻziga (q.) chiqar- maʼnosini anglatuvchi barovardan Feʼlining baror hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 48, 49, 507); “hojatni chiqaruvchi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 703). HOJATMAND Bu soʻz tojik tilida arabcha hojat soʻzidan (q.) tojikcha -mand qoʻshimchasi bilan yasalgan (TjRS, 507, 542); “ehtiyoj sezib turgan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 703). HOJATXONA Bu soʻz tojik tilida arabcha hojat soʻziga (q.) uy”, “joyʻ maʼnosini anglatuvchi tojikcha xo- na soʻzini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 426, 507); yozilish, boʻshalish uchun qurilgan maxsus joy maʼnosini ang- latadi (OʻTIL, II, 703). HOJI Bu arabcha soʻz asli Һãçç(un) shakliga ega boʻlib (ARS, 156); tojik tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib olingan va unga -i qoʻshimchasi qoʻshib yasalgan: Һãçç→→ haj (xoj) + i = hoji (TjRS, 542, 507); bu soʻz oʻzbek tiliga shu shaklida tojik tilidan olingan; Kaʼbani ziyorat qilgan kishi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 703). HOZIR Bu arabcha soʻz hādir(un)2 shakliga ega (ARS, 179); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga, dzad undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: hādir → hazir (ho- zir); hadara feʼlining tayyor boʻldi maʼnosi asosida (ARS, 179) hosil qilingan 1 bob aniq nisbat sifatdo shi boʻlib (ATG, 147), arab tilida qatnashayotgan”, “shu topdagi” kabi maʼnolarni anglatadi (ARS, 179); oʻzbek tilida bu soʻz, yuqoridagi maʼnolardan tashqari, tayyorʻ maʼnosini anglatish uchun ham ishlatiladi (OʻTIL, II, 703). Bu soʻzdan oʻzbek tilida hozirgi sifati, hozirlik oti, hozircha ravishi, hozirlan- feʼli yasalgan. HOZIRJAVOB Bu soʻz arabcha hozir (q.) va javob (q.) soʻzlaridan tuzilgan boʻlib, darrov javob qaytaradigan maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 704). HOZIR-U NOZIR Q. nozir HOZIQ Bu arabcha soʻz haziq(un) shakliga ega (ARS, 162); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini â unlisiga, zal undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: háziq → hazik (hozik); “mohir boʻldi”, “oʻga tajribali boʻldi” maʼnosini angla- tuvchi háziqa feʼlidan (ARS, 162) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “mohir”, “eng tajribali maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 704). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak- kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi. HOKAZO Bu arabcha soʻz һākaza(un) shakliga ega boʻ- lib (ARS, 856), oʻzbek tiliga choʻziq à unlilarini à un- lilariga, zal undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: hākaza hakaza (hokazo); arab tilidan (va) boshqalar maʼnosi bilan olingan (ARS, 856; OʻTIL, II, 705). Hokim Bu arabcha soʻz hakim(un) shakliga ega (ARS, 187); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga, choʻziq a unlisini unlisiga almashtirib qabul qilingan: hakim → hakim (hokim); asli koʻpmaʼnoli hakama feʼlining hukm chiqardi maʼnosi bilan (ARS, 187) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻ lib (ATG, 147), “viloyat, shahar, tuman kabilarning hukumat tomonidan tayinlangan boshqaruvchisi maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 705). HOKIMIYAT Bu arabcha soʻz hakim soʻzidan (q. hokim) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), tarkibidagi uu tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: hakim + iyyat hakimiyyat -> hakimiyat (hokimiyat); “hokimlik idoralari”, “boshqaruv idoralari maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 11, 705). Download 23.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling