Tibbiyot va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta’sir etuvchi kimyoviy moddasi bo‘lgan dorivor o‘simlik organlari mahsulotlari ishlatiladi


Download 31.84 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi31.84 Kb.
#1561801
Bog'liq
Kirish SHerzod


Kirish
Tibbiyot va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta’sir etuvchi kimyoviy moddasi bo‘lgan dorivor o‘simlik organlari — mahsulotlari ishlatiladi. Dorivor mahsulotlar sifatida o‘simliklarning ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi. Ularni kimyoviy birikmalar eng ko‘p yig‘ilgan davrda yig‘ishtirib olish kerak. O‘simliklarning hamma organlarida kimyoviy moddalar bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun ham ularni turli vaqtlarda tayyorlash kerak bo‘ladi. O‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Ana shu o‘simliklar to‘qimasida sintezlangan organik birikmalar odatda ikki guruhga bo‘linadi: 1. Birlamchi sintezlangan moddalar — birlamchi metabolitlar. Bularga oqsillar, uglevodlar, liðidlar, fermentlar va vitaminlar kiradi. Birlamchi metabolitlar hamma tirik organizmlar uchun juda ham zarur birikmalar bo‘lib, ularsiz hayot bo‘lmaydi. 2. Ikkilamchi sintezlangan moddalar — ikkilamchi metabolitlar. Bularga o‘simliklar to‘qimasida sintez bo‘ladigan birlamchi metabolitlardan tashqari, qolgan hamma birikmalar kiradi. Ikkilamchi metabolitlar o‘simliklar to‘qimasida birlamchi sintezlangan moddalardan hamda ular ishtirokida vujudga keladi. Asosiy dorivor moddalar ikkilamchi sintezlangan birikmalarga — ikkilamchi metabolitlarga kiradi. O‘simliklar tarkibidagi dorivor moddalar — biologik faol (aktiv) birikmalar o‘simlik o‘sish davrida — ontogenezda va turli omillar ta’sirida doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Ular sintezlanadi, asta-sekin ko‘payadi, ma’lum davrda ko‘p miqdorda to‘planadi, keyinchalik kamaya boradi va bir vaqt kelib, butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Bu o‘zgarishlarga faqat o‘simlikni o‘sish davrigina — ontogenez sababchi bo‘lmay, balki tashqi muhit omillari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ontogenez har qaysi o‘simlikni normal hayot kechirish davri bo‘lib, u o‘z ichiga tirik organizmni tug‘ilishidan to tabiiy holda o‘lishigacha bo‘lgan vaqt va jarayonni oladi. O‘simlik tarkibidagi dorivor moddalar sinteziga, ularning to‘planishini o‘zgarib borishiga ta’sir etuvchi tashqi muhit omillariga quyidagilar kiradi; o‘simlikni o‘sish joyi, namlik (havo va tuproqdagi namlik miqdori), tuproqning tarkibi, harorat (havo va tuproqni issiq-sovuqligi), yorug‘lik va quyosh nurini ko‘p va kam bo‘lishi, iqlim va boshqalar. Har bir o‘simlik o‘zini o‘rgangan, yashab taraqqiy etgan, o‘ziga xos sharoit va iqlimda o‘ssa, tegishli o‘ziga xos bo‘lgan biologik faol moddalarni ko‘p sintez qiladi. Yuqorida keltirilgan o‘simliklarning o‘sish, taraqqiy qilishi va ular tarkibidagi dorivor moddalarning sintezi va to‘planishiga tashqi muhit (namlik, issiqlik, yorug‘lik, tuproq tarkibi, o‘sish joyi va boshqalar) ta’sirini bilishni katta ahamiyati bor va bu hollar dorivor o‘simliklarni tabiiy sharoitdan plantatsiyalarda o‘stirishga o‘tkazilganda hisobga olinishi zarurdir. Har bir o‘simlik plantatsiyalarda o‘stirilganda unga o‘ziga xos sharoit va iqlimni iloji boricha tug‘dirish lozim. O‘simliklar tarkibida biologik faol moddalarning ko‘p to‘planish vaqti yana o‘simlikning o‘sish davriga ham bog‘liqdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning yerustki qismi va barglari tarkibida asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol moddalar ular gullashidan oldin va gullash davrida, gullarda — ularni qiyg‘os gullagan vaqtida, meva va urug‘larda — ular to‘liq yetilganida, yerostki organlarda — o‘simlik vegetatsiya davri (ontogenezni) oxirida (kech kuzda) ko‘p miqdorda to‘planadi. O‘simliklarning kimyoviy tarkibi juda ham murakkab bo‘lib, turli organik va mineral moddalardan tashkil topgan. Ularning hammasi dorivor bo‘lmaydi va kasalliklarni davolashda shifobaxsh ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayrimlari esa dori turlarini tayyorlashda xalaqit berib, dorivor mahsulotni saqlash vaqtida ularning sifati buzilishiga olib keladi yoki asosiy ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalarni tez parchalanishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun dorivor o‘simliklar tarkibida uchraydigan moddalar tibbiyot va farmatsiya nuqtayi nazaridan uch guruhga bo‘linadi: 1. Dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalari. Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bo‘lgan biologik faol moddalar bo‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. O‘simlikning terapevtik ahamiyatga ega bo‘lgan shifobaxsh biologik faol kimyoviy birikmalari asosiy ta’sir etuvchi moddalari deb ataladi. Bu moddalar ko‘pincha ayrim o‘simliklarga xos bo‘lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona, mingdevona, skopoliya turlariga xos atropin, giossiamin, skopolamin), glikozidlar (angishvonagul, strofant, adonis, marvaridgul, erizimum o‘simliklariga xos yurak glikozidlari, ra’noguldoshlarga xos amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va boshqa izotiotsianatlar), kumarinlar, efir moyfari, ftavonoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar. Dorivor mahsulotni tahlil qilish uchun har bir tovar î‘rnining uchta joyidan, ya’ni yuqori, o‘rta va pastki qismini ochib, namuna olinadi. Bu usul namuna olish deb ataladi. Olingan namunalar bir xil bo‘lsa, ularni qo‘shib, boshlang‘ich namuna hosil qilinadi. Bir nechta o‘rindan olingan boshlang‘ich namunalarni qo‘shib o‘rtacha namuna hosil qilinadi. Ba’zan boshlang‘ich namuna miqdori juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Tekshirish uchun ajratilgan o‘rtacha namunani polietilen yoki ko‘p qavatli qog‘oz xaltachaga solib, ustiga mahsulot to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yozilgan (mahsulot va yuborgan idora nomi, partiya raqami, partiya og‘irlik miqdori, namuna olingan vaqt, namuna olgan shaxsning familiyasi va lavozimi) qog‘ozyorliq yopishtiriladi. Keyinchalik o‘rtacha namuna tekshirish uchun yuqorida keltirilgan usuldan foydalangan holda uch qismga bo‘linadi.
Download 31.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling