Mavzu: “Guliston bit-turki” matnidaqgi forsiy izofalar Reja


Download 25.73 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi25.73 Kb.
#1410484
  1   2
Bog'liq
13-Mavzu Guliston bit-turki” matnidaqgi forsiy izofalar


Mavzu: Guliston bit-turki” matnidaqgi forsiy izofalar


Reja:

  1. Kirish

  2. Guliston bit-turki” matnidaqgi forsiy izofalar

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod etgan va epik janr taraqqiyotida sezilarli iz qoldirgan ijodkordir. U 1321 yili tug‘ilib, 1396 yili vafot etgan.
SHoirning taxallusidan ma’lum bo‘ladiki, u Oltin O‘rda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashab ijod qilgan. SHuningdek, u ma’lum vaqt Movarounnahrda va Turkiyada ham istiqomat qilgan. Sayfi Saroyining quyidagi she’ri uning tarjimai holiga oid ba’zi tomonlarni yoritishga yordam beradi:

Ilohi, bu qari miskin qulingni


Bag‘ishla ko‘rguzub to‘g‘ri yo‘lingni.
Maliklar rasmidir dilshod qilmoq,
Qarisa qullarni ozod qilmoq.
Sayfi Saroyi bu she’rini Misrda – mamluklar davlatida yozgan bo‘lib, hayotining so‘nggi yillarini o‘sha erda o‘tkazgan. YUqorida aytganimizdek, Oltin O‘rda tanazzulga yuz tuta boshlagan paytda Sayfi Saroyi Misrga ketgan. U bu she’ri orqali shohdan o‘z yurtiga qaytish uchun ijozat so‘ragan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, Sayfi Saroyi shoh saroyidagi e’tiborli shaxslardan bo‘lgan. Zamondosh shoirlarga she’riy javoblaridan ham Sayfi Saroyining mavqei haqida xulosa chiqarish mumkin. Sayfi Saroyi vafot etgan yillari Misr mamluklar davlatida Zohir Sayfiddin Barquq ikkinchi marta (birinchi marta 1382 y.) taxtga o‘tirgan edi.

Guliston bit-turki” matnidaqgi forsiy izofalar


Mahmud ibn Ali as-Saroyi (XIV asr). “Nahju-l-farodis” (“Jannatlarning ochiq eshiklari”) asari

Mazkur asarning muallifi masalasida ko‘p bahslar bor. Davlatshoh Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» («SHoirlar bo‘stoni») asarining Alisher Navoiyga bag‘ishlangan qismida quyidagi «mulamma» (qit’a)ni keltiradi:


Turkiysin ko‘rub qilurlar erdi tarku tavba ham,


Gar tirik bo‘lsalar erdi Lutfiy birlan Kardariy,
Bovujudi forsi dar junbi she’ri komilash,
CHist ash’ori Zahiru kist bori Anvariy?1
Bu mulammadagi “Kardariy” taxallusli shoir hozirgacha bir qancha munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Maqsud SHayxzoda “Tazkirachilik tarixidan”2 maqolasida quyidagicha fikrni aytgan edi: “Mazkur qit’ada zikr etilgan Kardariy Xorazm o‘lkasining Kardar qishlog‘ida hijriy 761\milodiy 1359-1360 yilda vafot etgan Mahmud ibn Ali degan shaxs, “Nahjul-farodis” nomli diniy-axloqiy asar muallifidir. Umrining bir qismini Oltin O‘rda poytaxti Saroy shahrida o‘tkazgan. Asarning bir necha nusxalari saqlanib qolgan. Bu asarning Kardariy tirik vaqtida xorazmlik kotib ko‘chirgan nusxasi Xorazm shevasi va adabiy lahjasining tarixini o‘rganishda juda katta ahamiyatga egadir. Har holda Davlatshoh turkiy nazm ustasi deb ko‘rsatgan Kardariy degan shoir ana shu Mahmud ibn Alidan boshqasi emas”. Nemis olimi N.Xofman ham Kardariy shaxsi haqida o‘zining olti jildlik “Turk adabiyoti” kitobida ham ma’lumot bergan. Uning fikricha, “bu shoir...mashhur turkigo‘y shoir Mahmud ibn Ali as-Saroyi Bulg‘oriy Kardariydir. Kardar Xorazmdan bo‘lgan. Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro”sidagi qit’asida uni tilga olgan. Tarixda Kardariy taxallusli shoirlar bir emas, bir necha bo‘lgan. Lekin uning turkiy tilda yozilgan “Nahjul-farodis” asari bizga ma’lumdir”.3
Saroyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozircha ma’lum emas. Davlatshoh Samarqandiy bergan ma’lumot Kardariyning Lutfiy darajasidagi shoir ekanini ko‘rsatadi. Ammo boshqa tazkiralarda Kardariy to‘g‘risida hozircha ma’lumotlarni uchratmadik. Ehtimol, Oltin O‘rda adabiy muhitida yashab ijod qilgan aksariyat shoirlar tazkiraga kirmagan, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar uzuq-yuluq, Temuriylar sulolasi bilan Oltin O‘rdadagi ijtimoiy va siyosiy munosabatlar adabiy jarayonga, xususan, Kardariy singari mashhur shoirlarning tazkiralardan o‘rin olishiga monelik qilgan bo‘lishi mumkin. “Nahjul – farodis”da uning biron bayt she’ri ham uchramaydi.
“Nahjul-farodis” asari hijriy 761 (milodiy 1360) yili yozilgan. Bu to‘g‘rida asarning nihoyasida aytilgan. SHuningdek, kitob muallifi oradan ikki kun o‘tgach, “drulfanodan dorulbaqoga rixlat qilgani”ni, bu kitobdan ko‘p allomalar foydalangani bayon qilingan. Kitob kotibining bu ma’lumotidan asar anchagina mashhur bo‘lgani ko‘rinadi.
“Nahjul-farodis” to‘rt bobdan va har bir bob o‘nta fasldan – jami qirq fasldan iborat. Bu asar “qirq hadis” (chihl hadis)ni sharhlagan va har bir hadisga oid hikoyatlar bilan bezalgan asardir. Bu asar “Qisas ul-anbiyo” turkumiga mansub bo‘lsa ham, payg‘ambarlar tarixi bayonida afsonalar emas, balki tarixiy voqealar, rivoyatlar asosiy o‘rin egallaydi. Qolaversa, “Nahjul-farodis”ni yozishda muallif turli ishonchli manbalarga tayangani uchun ham asarga ko‘p allomalar murojaat etganlar.
“Nahjul-farodis”da eng diqqatga sazovor dalil – bu hadislardir. Birinchi bobning birinchi faslidagi hadisga e’tibor qarataylik. “Imom Bag‘oviy rahmhi “Mashobih” otlig‘ kitobinda bu hadisni keltirmish: Payg‘ambarimiz as. aydi: Tangri tvl. Ismoil payg‘ambar as. o‘g‘lanlarindin Quraysh qabilasini odurdi. Yana Quraysh qabilasidin Xoshim atlig‘ kishining o‘g‘lanlarini odurdi. Yana Xashim atlig‘ kishining o‘g‘lanlarindin meni o‘durdi, chiqardi. Bu ma’nidin otru Payg‘ambar as.qa Mustafa at berildi. Mustafa arab tilincha odrulmish temak bolur – Imom Bag‘oviy rahmatullohi “Mashobih” degan kitobida quyidagi hadisni keltirgan. Payg‘ambarimiz as. shunday aytgan ekan: Tangri taolo Ismoil payg‘ambar o‘g‘illaridan Quraysh qabilasini tanlab oldi. YAna Quraysh qabilasidan Hoshim degan odamning o‘g‘illarini tanlab oldi. YAna o‘sha Hoshim degan odamning o‘g‘illari orasidan meni tanlab olib, o‘rtaga chiqardi. SHu sababdan Payg‘ambar as.ga Mustafo ismi berildi. Mustafo - arab tilida tanlab olgan ma’nosini bildiradi”.4 Hadisning manbai (Bag‘oviyning “Mashobih” asari) ishonchli ekani ko‘rinib turibdi.
“Nahjul-farodis”ning birinchi bobida Muhammad alayhissalomda payg‘ambarlik sifatlarining zohir bo‘lishi va uning dini islom yo‘lidagi faoliyati bayon qilingan. Bobda hadislardan, Bag‘aviyning “Mashobih” asaridan tashqari, shayx Imom Ishoq Quloboziyning “Ta’rif” kitobidan, Imom Sog‘oniyning “Mashoriq ul-Anvor” asaridan, Imom Abul Muhammad Ispijobiyning “Tafsir”idan, Imom Abul Alayh Ushiyning “Nishobul-Axbor” kitobidan, SHayx Abu YAzid Bustomiy, Abdulloh ibn Ma’sud kabilarning so‘zlaridan foydalangan. Barcha ulamo va fuzalolarning Muhammad a.s.ga tug‘ilgan paytidanoq payg‘ambarlik sifatlari va fazilatlari ato qilinganini bayon qiladilar.

Download 25.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling