qilgan sadaqani istasanglar pul topinglar, harakat, mehnat qilinglar Alloh
beradi dedilar. Bu jihatdan dunyoning ishlarida mehnat qilib, dunyo topib
ehson qilishga ham targ‘ib qilganlar. Rasululloh s.a.v. inson niyyat bilan har
qanday darajani topish mumkunligini aytganlar. Inson bir kishini yaxshi
ishlarini chin ko‘ngildan niyyat qilsa yani havas qilsa, hasad emas, Alloh
o‘sha ishni qilishga qodir bo‘lmasa ham savob beradi. Faqat sharti qalbda
qattiyat bo‘lishi kerak. Alloh taolo bandaga risqni o‘zi beradi, hohlagan
bandasiga risqni keng qilib, hohlaganiga tor qiladi, endi ikkinchi bir yo‘lni
ko‘rsatmoqdaki, endi qo‘lida davlati bo‘lmagan odamga Alloh taolo oddiy
tilida zikr qilib qo‘yishini sadaqaga hisobla bermoqda. Albatta boy odam
ham zikr qilsa shu savobni olaveradi, lekin boylikka qurbi yetmagan odamni
zikrga vaqti ko‘proq bo‘lishi mumkun, shu yo‘l bilan savobni ko‘paytirib olsa
bo‘ladi. Alloh taoloning adolatini ko‘ringki bandalarini hech birini mahrum
qilmaydi. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v.
“Kimni moli bo‘lsa sadaqa qilsin, savob olsin, kimni quvvati bo‘lsa sadaqa
qilsin, kimni ilmi bo‘lsa sadaqa qilsin” deganlar. Bu hadisdan sadaqa faqat
moddiy bo‘lmasligiga dalil, ishora bor. Masalan, masjidga, jamiyatga kimdur
puli bilan, qo‘li bilan yoki ilmi bilan yordam beradi, hammasi Alloh taoloning
huzurida sadaqa. Rasululloh s.a.v. aytdilarki eng yaxshi, afzal sadaqa tilning
sadaqasi. Ey Allohning Rasuli tilning sadaqasi nma deb so‘rashdi. Rasululloh
s.a.v. so‘zlarini go‘zalligini qarangki, ular asirni ozod etib shafoat etasan. Bir
inson asir bo‘lib qolgan pulingnimi, obro‘yingnimi ishlatib, nma qilib bo‘lsa
ham shu odamni asirlikdan ozod qilasan. Til bilan shu asirni ozod qilinishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |