Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki qiyomatda ibodatdan
keyin so ‘raladigan birinchi arsa qon haqqi, deganlar. Birovga zarar, zulm
yetkazish masalasi mizoj, hohish bilan o ‘lchanadigan narsa emas.
Odamlarni hohishiga qo ‘yib bersangiz boshqa odamlarni o ‘ldirib o ‘zini to
‘g ‘ri qildim deb turaveradi. Xalqni mulkini o ‘marib turib o ‘zini shunga
haqdor deb bilishi mumkun. Birovni haqqini yeyish, zarar keltirishni savol-
javobi qiyomatda albatta bo ‘ladi. Hiyonat ko ‘paygan yerda baraka ham
ko‘tariladi. Shariat ahkomlarini duynyoda ham ohiratda ham foydasi bor.
Dunyodagi foydada nomusulmon ham, musulmon ham sherik bo‘ladi.
Sahovat qilgan insonni moli baraka topaveradi, u musulmon bo‘lmasa ham.
Bu ishni musulmon qilsa dunyoda ham rivojlanib, taraqqiyot topaveradi va
shu ishiga ohiratda ham savob olaveradi. Lekin ohiratga ishonmagan
nomusulmon odam ohiratda savob olmaydi, lekin dunyosi obod bo‘ladi.
Bugungi kundagi rivojlangan davlatlardagi holat mana shunday. Ba’zi
odamlar buni islomga to‘nkaydi, musulmonlar qoloq deb, musulmonlarni
orqada qolishi diniga amal qilmaganidan.
62
ISLOMDA QOZILIKNING AYRIM ASOSLARI. 33-HADIS.
Hadisda quyidagi mavzular yoritiladi:
Islomda qozilikning ayrim asoslari.
33-hadisning matni va tarjimasi.
Hadis sharhi, foydalari va hadisga amal.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
“Agar da’volariga
qarab odamlarga talablari beriladigan bo ‘lsa, ayrim kimsalar kishilarning
moliyu qonini da’vo qilib chiqqan bo ‘lar edi. Biroq, da’volarga hujjat
keltirish, inkor qilgan kishiga esa qasam ichish lozimdir”.
Hasan hadis, Bayxaqiy va boshqalar xuddi shu shaklda rivoyat qilgan va bir
qismi “Ikki Sahih”da ham kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |