‘rinda kambag ‘al odamga ikkinchi bir kambag ‘al odamni yuki
yuklanmaydi. Ya’ni birini faq irlikdan ozod qilaman deb ikkinchisini
faqirlik darajasiga tushirib qo ‘yilmaydi. Taqsimlab bo ‘lmaydigan molni
taqsimlashga majbur qilinmaydi, masalan bir qilichni ikki odamga deb
berib bo ‘lmaydi. Bu o ‘rinda biridan puli olinadi, ikkinchisiga qilich
beriladi. Bir odam sotib olgan narsasida bir nuqson ko ‘rib qoldi, uni
sotuvchiga olib borguncha o ‘zi ham bir nuqson qo ‘shib qo ‘ysa, har ikkala
tomon ham o ‘zi keltirgan nuqsonni haqqini to ‘laydi.
To ‘rtinchi qoida, og ‘ir zarar yengil zarar bilan ketkazilad. Masalan
kambag ‘al qarindoshni nafaqasi boy qarindoshga yuklanadi. Ya’ni boy
yengil zarar ko ‘radi, ammo kambag ‘alni zarari boynikidan og ‘ir
hisoblanadi. Ikki yomonlikdan yengilrog ‘i olinadi. Siz bir odamni munkar
ish qilganini ko‘rdingiz, u munkar ishda qaytarsangiz battar munkarga
sho‘ng‘ishi, kufrga ketish hafi bo‘lsa qaytarilmaydi. Masalan, aroq
ichadigan otaga bola nasixat qilsa, u ota kufr so‘zlarni aytib yuborish hafi
bor, hozir fosiq, bir yo‘li dinsiz bo‘lib qolish ham hech gap emas. Ayol
qornida homilasi bor holatda vafot etib qolsa, o‘likni yorish zaruratsiz
mumkun emas, lekin mutahasis bola tirik deb aytmoqda, bu o‘rinda bola
yorib olinadi, katta zarar bolaning halokati, kichkina zarar o‘likning
qornini yorish bilan bartaraf etiladi. Ustalar ham ish kiyimida namoz o‘qisa
bo‘ladi, u kiyimga chang, kraska yoki boshqa narsalar tekkan bo‘lsa ham,
chunki namozni o‘qimaslik yoki vaqtni chiqib ketishi katta zarar, kichik
zarar esa kiyimni chang bo‘lishi. Ammo qon tekkan kiyimni almashtirib
oladi, chunki u najosat. Qarz to‘lashda ham boyning sharoyit bemalol
Do'stlaringiz bilan baham: |