Muoviyya roziyallohu anhu aytganlar “Yomon hislatlar ichida eng adolatlisi
hasaddur”. U hasad qilinayotgan odamdan oldin hasad qilivchini o ‘zini
kuydirib bitiradi. Ma’naviy jinoyatlar moddiy jinoyatlarga olib borishi
ilmiy uslubda ishlab chiqilgan. Islom dini ma’naviy zararni boshlanmasidan
uni oldini oladi.
Ikkinchi qoida, zarar ketkaziladi. Xalq foydalanadigan yo ‘lda xalqqa
zarar yetkazadigan bino qurilsa, u buzib tashlanadi, sababi xalqqa zarar
borligi uchun. Misol uchun, bir uyni tarnovidan ko ‘chada odamlar
yuradigan yo ‘lga suv oqib tursa, u tarnov ketkaziladi, odamlarga qulaylik
yaratiladi. Odamlar yo ‘liga zarar yetkaziladigan ish qilinsa u albatta
ketkaziladi. Daraxtning shoxlari qo ‘shnini uyiga osilib turisa, u ham zarar,
bargi to ‘kilib, shoxlari sinib zarar bermoqda, qo ‘shnini uyiga chiqib
turgan shoxlari kesilib zarar bartarak etiladi. Bir odamni sotib olgan
narsasi nosoz bo ‘lsa, sotuvchiga qaytarib berib o ‘ziga bo ‘lgan zarar
ketkaziladi, sotuvchi uni almashtirib yoki tuzatib beradi. Agar sotuvchi
hiyla ishlatgan bo ‘lsa, shikoyat qilinadi zarar bartaraf etiladi. Bir odamga
yo ‘lda quturgan itni ko ‘rib qoldi yoki unga it tashlanib qolsa uni o ‘ldirsa
bo ‘ladi, garchi borovni iti bo ‘lsa ham. Zararkunanda narsalarni zararni
bartaraf etish uchun o ‘ldirish mumkun. Agar ayol o ‘zi tug ‘gan bolasini
eriga o ‘chakishib emizishni istamasa, ayolni emizishga majbur qilinadi. Illo
taloq qilingan ayolda ixtiyor bor. Bu holatda taloq qilingan ayol emizgan
bolasiga haq, pul olishi mumkun. Yani taloq qilinganda u begona ayolligi
uchun haq olishga haqli bo ‘ladi. Ammo nikohda bo ‘lgan ayol o ‘zi emizadi,
uni emizishdan qochishida eriga va bolasiga zarar bo ‘ladi. Rasululloh
Do'stlaringiz bilan baham: |