yo‘q debdi. Shunda Rasululloh s.a.v. bir kishiga Ali qayerda ekan topginchi
debdilar. Ali roziyallohu anhu masjidda ekan. Qaylula vaqti uhlab qolgan
ekanlar. Yelkalaridan ridolarini o‘ng tomoni tushib turpoqqa belanib qolgan
ekan, shunda Rasululloh s.a.v. “Ey Abu Turob tur” deb Ali r.a. ni uyg
‘otganlar. Sababi kiyimlari turpoqqa tegib turgani uchun erkalatib
aytganlar. Shuning uchun shu kunyani yaxshi ko‘rar ekanlar. Sahl ibn Sa’d
r.a. man shu hikoyani amir aytib berib aytganini inkor qilgan ekanlar.
Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhu Rasululloh s.a.v. dan 188 ta hadis rivoyat
qilgan ekanlar, o‘shandan 18tasi Sahihaynda kelgan, yana 11tasini Imom
Buxoriy o‘zlari rivoyat qilgan. U kishidan og‘illari Abbos, Abu Hurayra
roziyallohu anhu , Sa’d ibn Said Musayyab, Imom Zuhriy va boshqalar hadis
rivoyat qilgan va 96 yoshlarida Madinada vafot etgan ekanlar, o‘shanda 74-
xijriy sana bo‘lgan ekan, Vallohi a’lam.
HADIS SHARXI: Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhu aytyabdilarki, bir kishi
Rasululloh s.a.v ni huzurlariga kelib savol berdi. Savolni bergan Sahl ibn
Sa’d roziyallohu anhuni o‘zlari ham bo‘lishi mumkin. Chunki sahobalar
o‘zlarini yashirish uchun ham ismlarini aytmagan, boshqalar yaxshi so‘ragan
ekansiz deb maqtamasligi uchun. Sababi bir tomondan o‘zlarini
ko‘rsatishdan qochish, ikkinchidan kim so‘rasa ham ahamiyati yo‘q, bir
odam savol berdi, Rasululloh s.a.v. javob berdilar. Savolni go‘zalligini
qarangki, unda menga shunday bir amalni ko‘rsatingki, agar shu amalni
qilsam meni Alloh ham yaxshi ko‘rsin, odamlar ham yaxshi ko‘rsin dedi,
savol berguvchi go‘yoki ikkala dunyo yaxshi-ligini so‘ramoqda. Yani bu
dunyoda sizni odamlar yaxshi ko‘rsa hamma ishingiz yaxshi bo‘ladi, inson
Do'stlaringiz bilan baham: |