57
bo‘lib, kambag‘alni qarzni to‘lashga imkoni bo‘lmasa unga muhlat beriladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, qiyomat kuni bir odam,
kutilmagan savoblarni berilganini ko‘rib hayron bo ‘lib qolar ekan va Ey
Parvardigor men bunday savob, darajalarga loyiq ish qilmaganmanku deb
aytar ekan. Shunda unga aytilar ekan, sen odamlarga arsa sotar eding,
odamlar sendan qarzdor bo‘lar edi, hizmatkorlarga aytardingki, borib
aytinglar agar sharoiti bo‘lsa pulni bersin, qiynalgan bo‘lsa o‘chirib, sadaqa
qilib ketaveringlar, Alloh bizni kechirsin deb aytarding, Alloh bugun seni
kechirdi, deyilar ekan.
Beshinchi qoida, xususiy zarar umumiy zararni daf qilish uchun
zimmaga olinadi. Ya’ni yakka shaxslarga zarar yetayotgan payt, ayni
vaqtda jamiyatga zarari ham bo‘lsa, shu vaqtda xususiyni zarariga rozi
bo‘linadi. Masalan, hamma kasallikka bir xil dori beradigan qallob
tabiblarni ishidan mahrum qilinib qamab qo‘yiladi yoki boshqa tabib
bo‘lmasligi uchun choralar ko ‘riladi. Unga zarar, lekin hammaga foyda.
Ilmsizlik bilan insonlarni zalolatga yetaklaydigan fatvo beruvchini ham
fatvo berishdan mahrum qilib, uni qamab qo‘yiladi yoki faoliyati
to‘xtatilinadi. Ko‘pchilikni zarar ko‘rmasligi uchun uni zarari bartaraf
etiladi. Ya’ni ular dinni o‘zini hohishlari, nafsiga moslab oladi. Qayerda
bo‘lsa ham qoidalar emas, inson hohishlari hukmron bo‘lsa falokat bo‘ladi.
Bir narsaga yaxshi kayfiyatda bo‘lsa ko‘nib, halol deb ham ketaveradi,
kayfiyati yomon bo‘lsa makruhga ham aylantirib qo‘yadi. Yoki shirk, bidat
masalasidagi harakatlarda o‘zlari qiladigan ishni bidat demaydi, ammo
huddi shu shakldagi qoida bilan boshqa masalani bidat deydi, sababi uni
o‘zi qilmaydi. Go‘yoki o‘zi qilmagan narsa bidat, o‘zi qilgani esa sunnat.
Do'stlaringiz bilan baham: |