Hadya shartnomasi va uning ahamiyati


Binolar va inshootlarni ijaraga berish shartnomasi


Download 54.77 Kb.
bet11/16
Sana16.06.2023
Hajmi54.77 Kb.
#1489070
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Hadya shartnomasi

Binolar va inshootlarni ijaraga berish shartnomasi. Bino yokiinshootni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaragaoluvchiga bino
yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanishyoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini o‘zzimmasiga oladi (FK 573-m.).Bu shartnoma mulk ijarasi shartnomasining alohida shaklisifatida uning predmetidan kelib chiqadi. Binolar va inshootlar ijarasishartnomasining predmeti bo‘lib, binolar yoki
inshootlar yoxud ko‘chmasmol-mulklar hisoblanadi. Bundan tashqari, shu bino va inshootlarjoylashgan yer uchastkasi ham shartnomaning predmeti bo‘lib
hisoblanadi. Aynan shu holat bu shartnomaga alohida turdagi shartnoma
sifatida qaralishiga asos bo‘ladi.Fuqarolik kodeksida bino bilan inshoot tushunchalari o‘rtasidagi farqko‘rsatilmagan. Biroq bu so‘zlarning umumfoydalanishdagi ma’nosidankelib chiqadigan bo‘lsak, binodan odamlarning doimiy yashashi yokiishlashi uchun foydalanilsa, inshoot ko‘pincha texnik maqsadlarga xizmatqiladi va unda odamlar vaqtincha bo‘ladilar. Ammo Fuqarolik kodeksidaobyektlarning bino va inshootlarga bo‘linishining yuridik talqini bayonetilmaydi.Bino va inshoot ijarasi to‘g‘risidagi qoidalar bino va inshootning birqismini ijaraga berganda ham qo‘llaniladi. Bunda shu qismdanfoydalanish uchun zarur yer uchastkasini ijaraga oluvchiga topshirishdabir oz murakkablik vujudga keladi. Agar amalda bino yoki inshootningshu qismidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiniajratishning iloji bo‘lmasa, ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ijaragaoluvchiga o‘tmaydi.Fuqarolik kodeksining 574-moddasiga ko‘ra, bino yoki inshootniijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozmashaklda tuziladi.Bu shartnomani xatlar, yozishmalar (faqat bir taraf tomonidantuzilgan hujjatlar) orqali tuzish mumkin emas.Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shartlariga rioyaetmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga olib keladi.Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootniijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim varo‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (FK 574-m.2–3-q.).Bu norma Fuqarolik kodeksi 539-moddasining 2-qismida ko‘rsatilganbo‘lib, ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishilozim, degan umumiy qoidadan istisno tariqasida keltirilgan. LekinFuqarolik kodeksi 574-moddasining 3-qismida keltirilgan istisnoni boshqaijara shartnomalariga, masalan, yer ijarasi va korxona ijarasiga nisbatantatbiq etib bo‘lmaydi.Bino va inshootlar ijarasi shartnomasining zaruriy shartlariga ijarahaqi ham kiradi. Shartnoma ijara haqi miqdorini ham ko‘zda tutganbo‘lishi lozim.Bu haqda Fuqarolik kodeksining 577-moddasida qayd etilganidek, binoyoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara xaqining miqdori nazardatutilishi lozim. Ijara haqining miqdori to‘g‘risida taraflar yozma shakldakelishgan shartlar bo‘lmagan taqdirda, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Bunda ushbu Kodeks 356-moddasining4-qismida nazarda tutilgan narx belgilash qoidalari qo‘llanilmaydi.Bino va inshootlar ijarasi shartnomasining mazmuni odatdagi ijarashartnomasining mazmunidan farq qilmaydi. Tomonlarning asosiymajburiyatlari mulk ijarasi
shartnomasiniki singari bo‘lsa-da, bunda ba’zibir majburiyatlar aniqroq belgilangan, xolos.Bino yoki inshootni ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va ijaragaoluvchi tomonidan qabul qilib olish majburiyatlarining ijrosi taraflarimzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirishga doir boshqahujjat bo‘yicha amalga oshiriladi.Agar qonunda yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasidaboshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga beruvchiningbino yoki inshootni ijaraga oluvchiga topshirish majburiyati binoyoki inshoot ijaraga oluvchining egaligiga yoki foydalanishigatopshirilganidan va taraflar
topshirishto‘g‘risidategishlihujjatimzolaganlaridankeyinbajarilganhisoblanadiTaraflardanbiriningbinoyokiinshootnishartnomadanazardatutilganshartlardatopshirishto‘g‘risidagihujjatniimzolashdanboshtortishitegishlibo‘lishigaqarab, ijaragaberuvchiningmol-mulknitopshirishbo‘yichao‘zmajburiyatlarini, ijaragaoluvchiningesa, molmulkniqabulqilibolishbo‘yichao‘zmajburiyatlarinibajarishdanboshtortishidebqaraladi (FK 578-m. 1–3-q.).Ijaraga oluvchining bino yoki inshootni ijaraga beruvchiga qaytarishitegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi.Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganidaijaraga olingan bino yoki inshoot ushbu moddada nazarda tutilganqoidalarga rioya etilgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi lozim (FK578-m. 4-q.).Bino yoki inshoot ijarasi shartnomasida ijara haqi, odatdagi mulkijarasi shartnomasidan bir oz kengroq yoritiladi. Qonunda bu holatshunday ifodalanadi: «Binoyokiinshootniijaragaberishshartnomasidabelgilanganbinoyokiinshootdanfoydalanganlikhaqiga, agarqonunyokishartnomadaboshqachatartibnazardatutilganbo‘lmasa, binoyokiinshootjoylashganyeruchastkasidanyoxudyeruchastkasiningbinoyokiinshootbilanbirgatopshirilayotgantegishliqismidanfoydalanganlikhaqihamkiradi. Shartnomada bino yoki inshootning ijara haqi bino (inshoot) maydoniningbirligi yoki uning boshqa o‘lchov ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanganbo‘lsa, ijara haqi ijaraga oluvchiga topshirilgan bino yoki inshootninghaqiqiy o‘lchoviga qarab aniqlanadi» (FK 577-m. 2–3-q.).Bino (inshoot)ningumumiy maydoni haqiqiy o‘lchovi shartnomadao‘z aksini topmog‘i lozim.

Download 54.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling