Hajmiy deformatsiya Bir
–rasm. Beton siqilishidagi va cho‘zilishidagi kuchlanish bilan deformatsiya orasidagi bog‘liqlik diagrammasi
Download 283,19 Kb.
|
1 2
Bog'liqErgashboyev Shoxruxning Materiallar qarshiligi fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davomli yuk ta’siridan betonning deformatsiyalanishi
- Betonning chegaraviy deformatsiyasi
- Betonning deformatsiya moduli
–rasm. Beton siqilishidagi va cho‘zilishidagi kuchlanish bilan deformatsiya orasidagi bog‘liqlik diagrammasi:I – elastik deformatsiya zonasi; II plastik deformatsiya zonasi; 1 – yuklash; 2 – yukni tushirish; ub – chegaraviy siqiluvchanlik; ubt – chegaraviy cho‘ziluvchanlik; b,max – diagrammadagi maksimal siqiluvchanlik nisbiy deformatsiyasi Betonning elastik deformatsiyasi namunani yuklashdagi lahzalik tezlikka mos bo‘ladi, plastik deformatsiya vaqt davomida rivojlanadi va namunani yuklash tezligi (MPa/s) ga bog‘liq. Beton namuna cho‘zilishga sinalganda hosil bo‘ladigan deformatsiya quyidagicha aniqlanadi: bt = et + pl,t (1.11) bu erda, et – elastik va pl,t – plastik deformatsiyalar.
meyoriy Rbn Rbt,n va hisobiy Rb,ser Rbt,ser qarshiliklari, MPa
Davomli yuklar ta’siridan vaqt o‘tishi bilan betondagi plastik deformatsiya oshadi. Plastik deformatsiyaning jadal o‘sishi birinchi 3–4 oyda kuzatiladi va bir necha yil davom etishi mumkin. «b – b» diagrammadagi 0–1 uchastka yuklashdan vujudga keladigan deformatsiyani ifodalaydi; 1–2 uchastka doimiy kuchlanish tasiridan plastik deformatsiya o‘sishini ifodalaydi (1.7–rasm, v.). Davomli yuklar ta’siridan beton plastik deformatsiyaning o‘sishini xarakterlaydigan ko‘rsatkich betonning oquvchanligi deyiladi. Oquvchanlik deformatsiyasi elastik deformatsiyadan 3–4 marta ortiq bo‘lishi mumkin. Bir tomonlama va o‘sha kuchlanish bilan yuklash tezligining oshishi bilan plastik deformatsiya kamayadi. YUklashning turli tezliklari uchun 1>2>3 «b – b» bog‘liqlik (1.7. rasm) ko‘rsatilgan.
1 – elastik deformatsiya; 2 – to‘liq deformatsiya Dastlabki deformatsiyalarning o‘zgarmagan miqdorida betondagi dastlabki kuchlanishlarning kamayishini xarakterlovchi betonning xossasi kuchlanishlarning relaksatsiyalanishi deyiladi. Beton oquvchanligi va kuchlanishlarning relaksatsiyalanishi temirbeton konstruksiyalarning tashqi yuklar ta’siridan ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Beton oquvchanligi konstruksiyalarni yoriqlar paydo bo‘lishiga chidamlilik va deformatsiya bo‘yicha hisoblashda, konstruksiya ustuvorligini tekshirishda, hamda statik noaniq konstruksiyalarda ichki zo‘riqishlarni aniqlashda e’tiborga olinadi. Kuchlanishlarning kamayishi (relaksatsiyalanishi ) esa statik noaniq konstruksiyalarda tayanchlar cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladigan kuchlanish holatini aniqlashda va boshqa holatlarda e’tiborga olinadi. Betonning oquvchanlik deformatsiyasiga namunaning o‘lchamlari, sementning miqdori, suvning sementga bo‘lgan nisbati (S/S), muhitning namligi, betonning yuklash vaqtidagi yoshi va boshqa omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Beton namuna o‘lchamlarining kichrayishi sirpanuvchanlik deformatsiyasini oshishiga olib keladi. Sement miqdorining ixtiyoriy qiymatida suv–sement nisbatining (S/S) oshishi bilan sirpanuvchanlik deformatsiyasi ko‘payadi (1.8–rasm, a). Atrof muhit nisbiy namligining kamayishi natijasida beton sirpanuvchanlik deformatsiyaning oshishi 1.8,b– rasmda ko‘rsatilgan. Sirpanuvchanlik deformatsiyasining beton yoshiga nisbatan rivojlanishi 1.8,v rasmda ko‘rsatilgan.
Beton tarkibidagi to‘ldiruvchilar sement toshining sirpanuvchanlik deformatsiyasining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Betonning sirpanuvchanligi nafaqat siqilishi, balki cho‘zilishi, egilishi va buralishda ham sodir bo‘ladi. Tajribalardan olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, betonning davomli deformatsiyalanishi egri chiziq bilan xarakterlanadi. Davomli ta’sir qiladigan yuklarning kichik miqdorda siquvchi kuchlanish bilan sirpanuvchanlik deformatsiyasi orasidagi bog‘lanish chiziqli deb qaralishi mumkin. Davomli yuk miqdorining oshishi bilan kuchlanish va deformatsiya o‘rtasidagi chiziqli bog‘lanish kuzatilmaydi. Betonning oquvchanligi va kirishuvchanligi birgalikda rivojlanadi. SHuning uchun betondagi to‘liq deformatsiya, deformatsiyalar yig‘indisidan iborat, ya’ni elastik l oquvchanlik pl va kirishuvchanlik sl
Betonning siqilishdagi va cho‘zilishdagi deformatsiyalari (ub va ubt) chegaraviy qiymatlari beton mustahkamligi, sinfi, tarkibi, yuk ta’sirining davomiyligiga bog‘liq. Beton sinfiniig ortishi bilan chegaraviy deformatsiya kamayadi, ammo yuk ta’siri davomiyligi ortishi bilan ular ortadi. Tajribadan o‘q bo‘yicha siqilgan beton prizmaning chegaraviy deformatsiyasi ub = (0,8…3)10–3 oraliqda o‘zgaradi va o‘rtacha qiymati ub = 210–3 qabul qilinadi. Betonning chegaraviy cho‘ziluvchanligi siqilishiga nisbatan 10–20 marta kam bo‘lib, o‘rtacha miqdori ubt = 1,510–3 qabul qilinadi. G‘ovak to‘ldiruvchili betonlar uchun bu qiymat bir qancha ko‘proq. Betonning chegaraviy cho‘ziluvchanligi temirbeton konstruksiyalarning cho‘zilgan zonasida yoriqlar paydo bo‘lishi qarshiligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Betonning siqilishdagi boshlang‘ich elastiklik moduli Eb faqat elastik deformatsiyaga mos keladi. Elastiklik modulning geometrik ma’nosi elastik deformatsiyani ifodalovchi to‘g‘ri chiziqning (1) absissa o‘qiga nisbatan og‘ish burchagi tangensidan iborat : Eb tg0 , (1.12) bu erda: – masshtabli o‘lcham koeffitsienti, MPa. Siqilishdagi betonning to‘liq deformatsiyalari moduli E'b o‘zgaruvchan miqdor bo‘lib, to‘liq deformatsiyaga mos keladi va qo‘yidagicha ifodalanadi: (1.10–rasm): E ' db b d tg . (1.13) b Geometrik jihatdan bu modul «b– b» diagrammada berilgan kuchlanish joylashgan nuqtadan o‘tkazilgan urinma (3) bilan absissa o‘qi orastdagi burchak tangensini ifodalaydi. Temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda ishlatiladigan betonning o‘rtacha moduli quyidagi formula orqali aniqlanadi: E b ' db db tg1 (1.1)
1 – elastik deformatsiya; 2 – kesuvchi; 3 – urinma; 4 – to‘liq deformatsiya Geometrik jihatdan bu modul «b– b» diagrammada berilgan kuchlanish joylashgan nuqtadan o‘tkazilgan kesuvchi (2) bilan absissa o‘qi orasidagi 1 burchak tangensini ifodalaydi. Betonning boshlang‘ich elastiklik moduli va elastik–plastik moduli orasida bog‘liqlik o‘rnatish mumkin. Betondagi berilgan b kuchlanishni betonning elastik e va to‘liq b deformatsiyalari orqali ifodalab quyidagi munosabatni olamiz : E E' (1.1) b e b b b bu erda, E'b = bEb – betonning umumiy deformatsiya moduli. Tajribalardan olingan natijalarga binoan b koeffitsientining qiymati 1 dan 0,15 gacha o‘zgarishi mumkin. Betondagi kuchlanish darajasining b / Rb yuqori bo‘lishi va yuklanish davomiyligining oshishi bilan koeffitsient 𝜈 kamayadi. CHo‘zilishda betonning elastik–plastik moduli quyidagicha aniqlanadi: E'bt = bt Eb , (1.16) bu erda: bt – betonning cho‘zilishdagi elastik–plastik deformatsiyasi koeffitsienti. Betonning chegaraviy cho‘zilish deformatsiyasining miqdori betonning cho‘zilishdagi vaqtinchalik qarshiligiga bog‘liq ubt Rbt E'bt 2Rbt / Eb (1.17) Elastiklik modul qiymati beton sinfining oshishi bilan ortib boradi. Beton sinfi va boshlang‘ich elastiklik moduli orasida bog‘liklikni ifolaydigan bir–necha empirik formulalar mavjud. Tabiiy holda qotgan og‘ir betonlar uchun empirik formula quyidagi ko‘rinishga ega: Eb 550000B /(270 B) (1.18) Betonga issiqlik ta’sirida ishlov berilganda Eb miqdori 10 % ga, avtoklavda ishlov berilganda 25% ga kamayadi. G‘ovak to‘ldiruvchili betonlarda boshlang‘ich elastiklik moduli og‘ir betonlardagiga nisbatan1,5–2 marta kamdir. Betonning siljish moduli quyidagi formuladan aniqlanadi Gb Eb /2(1 v) (1.19). Ko‘ndalang deformatsiya koeffitsienti v=0,2 bo‘lganda siljish moduli, tahminan 0,4Eb ga teng. Siqilishdagi betonning oquvchanligi o‘lchovi Sb betondagi oquvchanlik deformatsiyasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. yoki
S (1.21)
E b b bu erda: – betonning oquvchanlik xarakteristikasi pl e 1 . Betonning oquvchanlik o‘lchovi betonning sinfi, kuchlanish darajasiga bog‘liq va vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchandir. Download 283,19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling