Hakam haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi №2023 yil Toshkent shahri


HAKAM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI


Download 30.84 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi30.84 Kb.
#1789537
1   2   3   4   5
Bog'liq
SHARTNOMA HAKAM

HAKAM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI




    1. O‘zFHM tomonidan hakamlarning jismoniy tayyorgarligi va nazariy imtihonlar natijalaridan kelib chiqib, tegishli Musobaqada hakamlik faoliyatini yuritishi uchun ruxsat beriladi, ular bilan belgilangan tartibda shartnoma tuziladi, hujjatlar rasmiylashtiriladi.

    2. Hakam o‘z majburiyatlarini bajarmasa yoki tegishli tarzda bajarmasa, uni javobgarlikka tortish masalasi “Intizom kodeksi”, Reglament va O‘FAning boshqa normativ hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.




  1. SHARTNOMA BO‘YICHA HISOB-KITOBLAR




    1. Musobaqalarga hakamlik qilgani uchun Hakam xizmatiga haq to‘lash O‘zFHM tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    2. Musobaqa hakamligi xizmatiga haq uchun to‘lovga asos O‘zFHMga nazoratchi tomonidan taqdim etiladigan bildirgi hamda hakamlik sifati uchun ijobiy baho olish sharti hisoblanadi.

O‘zFHM faqatgina markaz tomonidan tayinlangan uchrashuvlar uchun to‘lovni amalga oshiradi. Boshqa idoralar tomonidan o‘tkaziladigan Musobaqalardagi hakamlik uchun to‘lov tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asosan belgilanadi.

    1. Hakamlik uchun to‘lovlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli soliq va yig‘imlar, shuningdek O‘zFHM tomonidan o‘rnatiladigan to‘lovlar belgilangan tartibda ushlab qolinishi nazarda tutiladi.

    2. Hakamning boshqa daromad manbalari mavjud bo‘lsa, u Musobaqalardagi ishtiroki uchun yil davomida olgan summalarini soliq deklaratsiyasida ko‘rsatishi lozim. Soliq qonunchiligi talablariga rioya etish uchun javobgarlik Hakam zimmasiga yuklatiladi.

    3. Hakamning o‘z majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmasligi, hakamlik sifati uchun past baho olishi hakamlik uchun haq miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov miqdorining qay tartibda va qanchaga kamaytirish yuzasidan chiqadigan nizolarni O‘zFHM qoshidagi ekspertlar komissiyasi ko‘rib chiqadi.





  1. Download 30.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling