Hakim nazir ijodi, uning asarlaridagi tarbiyaviy jihatlarning yoritilishi
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Download 492.92 Kb. Pdf ko'rish
|
hakim-nazir-ijodi-uning-asarlaridagi-tarbiyaviy-jihatlarning-yoritilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Hakim Nazir 1915- yili Toshkentda mahsido'z kosib oilasida tugʻilgan. 30-yillar kosibchilik qilish bilan birga, Toshkent pedagogika institutining kechki bo'limida o'qidi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 193 Dastlab gazetalar tahririyatlarida adabiy xodim, bo'lim mudiri, keyinchalik o'qituvchilik qiladi.Adibning ilk to'plami "Qishloqdagi jiyanlarim" 1948-yili dunyo yuzini ko'radi. Shundan keyin "Besh baho", "Cho'l havosi", "Yaxshi ism", "So'nmas chaqmoqlar", "Bir tup g'o'za", "Meni taniysizmi", "Bolajonlarim" nomli hikoyalar to'plamlari va "Chiranma g'oz" sahna asari e'lon qilinadi. 50-yillar Hakim Nazir uchun ijodiy mahoratni oshirish davri bo'lgan. "Yonar dunyo" qissasi adib ijodining yuksak pog'onaga ko'tarilganidan darak beradi. Dastlab ikki jild (1968-1970), so'ngra besh jildlik (1978-1980) tanlangan asarlarining chop etilishi nafaqat yozuvchi ijodida, balki o'zbek bolalar adabiyotida ham muhim yangilik bo'ldi. "Qishloqdagi jiyanlarim", "So'nmas chaqmoqlar", "Yonar dunyo", " Lochin qanotlilar", " Kenjatoy" kitoblarining rus tilida bosib chiqilishi taniqli bolalar yozuvchisiga katta shuhrat keltiradi. Adibning "Tohir-Zuhra", "Dadamni topib beringlar", "Oq fotiha" qissalarida milliy-ma'naviy qadriyatlar ulug'lanadi. Respublika Davlat mukofotining laureati, G.Andersen nomidagi xalqaro diplom sovrindori, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazirning qator asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan. Hakim Nazirning asarlarini tahlil qilar ekanmiz, ortiqcha o'ylantiradigan epizodlarning kamligi, xalq tilidan yozilganligi, soddaligi bilan ajralib turishiga amin bo'lamiz. Voqealar rivojining bir maromda borishi asarni o'qishli qilgan. Avvalo, uning "Oqibat" hikoyasiga to'xtalaylik. Nomidan ham ko'rinib turibdiki, oqibat - insonlarning bir-biridan hol-ahvol so'rab turishi, sog'ligi, yurish-turishidan xabardor bo'lishi, bemor chog'ida salomatlik so'rab borishi kabi bir nechta insoniy sifatlarni o'zida mujassamlashtiradi. Hikoya Aziza xolaning ayvon to'rida kasali qo'zg'ab qolgani uchun cho'zilib yotganidan boshlanadi. Barcha obrazlar markazida o'ziga oro berib, yasanib yuradigan lobar, fe'li ayniganroq ayol - Lazokatxon obrazi turadi. Keksalik davrida yolg'iz qolgan qo'shni ayolga qilayotgan beminnat iltifoti orqasidan bo'ladigan voqealar rivoji kitobxonni hikoyaning keyingi davomini o'qishga undaydi. Kelinining otasi tuzukkina tadbirkorlardan ekanligini, ishlari yurishib ketgandan keyin saxiyligi tutib qolganini, qiziga yaqinidagi uydan bir kvartira olib berganini Aziza xola qo'shnisiga xokisorlik bilan aytib beradi. Ko'hna, tor pastqam hovlisida siqilibroq yashashayotgani-yu, o'z-o'zidan o'g'li O'ktam ham rafiqasi ketidan ergashganini kuyunchaklik ila, yuragi dardga to'lib gapiradi. Jismoniy jihatdan og'rib yotgan Aziza xolani ruhiy jihatdan ham qiynalmasligini istagan Lazokat opa O'ktamning ishxonasiga tegishli bir-ikkita telefon raqam topib, telefon qilishi qo'shnisiga bo'lgan g'amxo'rlik, yaxshi kunida ham, yomon kunida ham birga bo'lish, qo'shnisiga nisbatan mehribonlik tuyg'ularini barq urib rivojlanganini ko'rsatadi. Albatta, qo'shnichilik munosabatlari azal-azaldan o'zbek xalqiga xos odat bo'lib kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling