.
palla Voqif ehtirosli va koʻngli toza yigit edi.Bu tasvirda qahramon sajiyasining zohiriy jihatlari, oddiy odamlarga xos tipologik xislatlar Voqifdagi biron favqulodiy belgiga ishora qilinmaydi, aksincha, “ehtirosli va koʻngli tozaligi” undagi ijobiylikni taʼkidlaydi. Ammo xarakter rivojida ikkinchi bosqichdagi telbanamo va savdoyilik sabablariga real hayotdagi turmushda zamin yaratilishi mantiqan anglashiladi.
Nazarimizda, Voqifning bu olamdan yuz oʻgirib, aqldan oza borishi va bedarak yoʻqolishini asoslovchi sabablar va vaziyatlar yetarli emasday. Negaki, u sevgan qizi Robiyaga uylanishga uning oʻjar otasi dastlab qarshilik qilgani, “boshpanasiz,
. - ijarama-ijara izgʻib yurgani”, nufuzi yoʻq roʻznomada ishlashga majbur boʻlgani va boʻlim mudirining “boʻlimdagi eng bebosh sizsiz”, deya tanbeh berishi roviy muallif taʼbiridagi “irodasi va fikr yuritishiga havas qilgudek” bu yigitning birdaniga fojiaviy yoʻlni tanlashi biroz erish tuyuladi. Shunga qaramay, muallif irodasi sust, eʼtiqodi beqaror shaxsning maʼnisizlik maskani – xayol olami girdobidagi ayanchli holati va qiyofasiz “qiyofa”sini chuqur psixologik rakursda modernistik tasvir orqali koʻrsatishga erisha olgan.
- Maʼlumki, inson siyratining butligi vujud (jon qafasi), aql (insoniylik mohiyati) va ruh (abadiylik) yaxlitligida shakllanadi. Bularning bittasiga putur yetsa, inson oʻzligidagi tabiiy muvozanat buziladi. Voqif – ana shu noqis holatga giriftor shaxs.
. - darz ketishi bilan yuzaga kelgan boʻshliq uni arosat – absurd yoʻllarga boshlaydi. Bu jarayonda ruh fenomeni hal qiluvchi omilga aylanadi. Chunki tanning barcha qarshiliklarini aql yengsa, aqlni ruh soflashtiradi va behushlik holati namoyon boʻladi. Ruhiyatda zamon tushunchasi yoʻq, makon bor, shakl tushunchasi yoʻq, mazmun bor. Darhaqiqat, Voqif yoʻqolgach, qoʻnim topgan makonning ramziy va mavhumligi (yoʻqlik), mazmunning maʼnisizligi modernistik uslubning muhim belgisidir. Bu xususiyatlar talqini kundalik daftardagi yozuvlar mazmunini tashkil etadi. Voqif tafakkuridagi tanazzul va gʻalati tasavvurlarida shahar markazidagi salobatli, xayoliy bino xususidagi fikrlar katta oʻrin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |