Hakimov Sardor Qabul qildi: Muslimov Otabek reja
Axborot texnologiyalarining ta’minotiga quyidagilarni kiritish mumkin
Download 187.4 Kb.
|
hakimov IAKT 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu texnik vositalar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim
Axborot texnologiyalarining ta’minotiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Ma’lumotlarini yig’ish va qayd qilish vositalari; -Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish vositalari; -Datchiklardan ma’lumotlarni qabul qilish vositalari; -Analog-raqamli va raqam-analogli uzaytirgichlar; -Kommutatorlar va multipleksorlar; -Tarmoq adapterlari; -Selektor va marshrutizatorlar; -Ish stansiyalari va abonent puktlari; -Severlari; -Ma’lumotlarni saqlash vositalari (xotira qurilmalari) -Mini va mikro EHM hamda mikroprotsessorlar -Pechatlovchi qurilmalar va uskunalar -Skanerlar; -Plotterlar; -Kuzatuvchi video qurilmalar va audio qurilmalar; elektrogenaratorlar; ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalar; ximoya qurilmalari va h.z Ushbu texnik vositalar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: -Ishonchlilik; -Resurslardan foydalanishning samaradorligi; -Texnik ko’rsatgichlar jihatidan bir biriga mos kelishlik; -Tarkibiylik va modellilik; -Harajatlar bo’yicha samaradorlilik; -Foydalanuvchiga nisbatan do’stonalik; Hozirgi zamonda keng miqyosda ishlatiladigon kompyuterlardan biri xususiy yoki shaxsiy kompyuterlardir. Ularning ko’rinishi kichik va ixcham bo’lishiga qaramay, iqtisodiyot va texnikaning deyarli barcha soxalarida muvoffaqiyatli ravishda qo’llanilib kelmoqda. Lekin ular qachondan boshlab va nima sabablarga ko’ra paydo bo’lgan? Qanday prinsiplarning qabul qilinishi va qaysi texnik yechimlar ularning ommabop bo’lishiga va keng miqyosda qo’llanilishiga sabab bo’lgan? Ushbu savollarga to’g’ri javob berish uchun xususiy kompyuterlarni iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilishi va u foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratib berishi haqida biroz fikrlash lozim bo’ladi. Yarim o’tkazgichli bir necha minglab elementlardan tashkil topgan yaxlit mikrosxemalarning kristal plastinkaga integratsiya qilish texnologiyasining rivojlanishi mikroprotsessorlarning xotirasi katta sxemalarning, kiritish chiqrish katta integral sxemalarining paydo bo’lishiga oib keldi. Demak, arifmetik-mantiqiy qurulma, ichki registrlar va boshqaruv qurilmasidan tashkil topib, bitta yoki bir necha katta integral sxemalarda bajarilgan, hamda funktsional jihatdan tamoman to’liq bo’lgan qurilmani mikroprotsessor deb tushuniladi, yoki oddiy qilib aytganda, EHMda qayta ishlanayotgan axborotlar elektr signallari ko’rinishida tasvirlanib, ular elektron qurulmalar orqali qayta ishlanadi. Xususan ushbu elektron qurilmalar ming va xatto minglab bahamjihatlik bilan ishlaydigon elementlardan iborat bo’ladi. Mana huddi shunday qurilmalar Mikrosxemalar deb ataladi. Mikrosxemalar deb, bir butun protsessorni ham tushunish mumin. Agar protsessorning barcha zarur elementlarini bitta mikrosxemaga joylashtirishga erisholmasa, u holda bir qancha mikrosxemalar bitta plata ornatiladi. Plata plastmassali plastinka bo’lib, uning ustki qismida mikrosxemalar ko’rinishida bog’langan metalli o’tlazgichlar bo’ladi. EHMning rivojlanish taraqqiyoti xususiy EHMlarning yaratilishiga sabab bo’ldi. Uning 1- qaldirg’ochi 1975-yilda AQSHda ishlab chqildi( ushbu xususiy kompyuter MITS firmasi tomonidan INTEL-8080 protsessori asosida ishlab chiqilib Altair 8800 debnomlangan) va tarixan qisqa muddat ichida, ya’ni 1987-yilga kelib, jahonda kompyuterlarning soni 30mlndonaga o’sgan.. Xususiy EHMlar harid qilish narxidagi qudratli universal instrument bo’lib har xil sohadagi mutaxassislar aqliy mehnatning ish unumini bir necha marta oshiradi. EHMni xususiy EHM deb atash uchun u quyidagi asosiy talablarni qondirishi shart: Katta bolmagan o’lchamlarga ega bo’lib, alohida ishlay oladi; Xususiy EHM-ning apparatli vositalari mikroprotsessorli texnika asosida qurilgan bo’lishi kerak; Xususiy EHM foydalanuvchi bilan suhbatli rejimda ishlaydi; Universal bo’ladi, ya’ni qulay texnik va programma vositalari yordamida bitta foydalanuvchi tomonidan yechiladigan har xil masalalarni yechishga mo’ljallangan; Foydalanuvchilar harid qila oladigan narxda boladi. Mana shu ko’rib o’tilgan fikrlar xususiy EHM-lar to’g’risida to’liq tushunchani beradi. 1976 yilda Pol Allen va Bill Geyts Beysik tili uchun interpretator ishlab chiqqandan so’ng, xususiy kompyuterga bo’lgan talab keskin ravishda ortgan hamda uning xilma-xil turlari va ularga mos bolgan programmaviy ta’minotlar xosil bo’la boshlagan. 1981 yilda esa hozirgi paytda keng miqyosda tarqalgan IBM PC turidagi xususiy kompyuterlarning birinchisi ishlab chiqarilgan. Xususiy kompyuterlardan biri, ya’ni IBM PC turiga mansub bolgan kompyuterlar yaratilganidan so’ng, ularda ochiq arxitektura printsipi ishlatila boshlangan. Uning moxiyati shundan iboratki, kompyuterni foydalanuvchi tomonidan kengaytirish va uni yangi tashqi qurilmalar bilan boyitish imkoniyati yaratilgan. Har qanday xususiy kompyuterni xuddi bolalar konstruktoriga o’xshab, bir qancha bir-biriga mos keluvchi aloxida elementlardan yasash va ishlatish mumkin. Bunday elementlarning bir-biriga moslashuvi va ulanishi xech kimdan sir tutilmagan, balki barchaga reklama qilinib tushuntirilgan xam. Bu xolat ochiq arxitektura printsipi deb nomlanib, xususiy kompyuterlar bozorining tezlik bilan kengayishiga olib kelgan. Shunday qilib, ochiq arxitektura printsipi foydalanuvchilarga o’z kompyuterlarining imkoniyatlarini xoxlaganlaricha kengaytirish imkoniyatiki berdi. Buning uchun ular tegishli funktsional qurilmalarni harid qilishlari va o’z kompyuterlarining sistemaviy platasidagi bo’sh joylarga o’rnatishlari kifoya xolos. Download 187.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling