Хакимова Наргиза ш “И”


Boshlang‘ich sinfda son turkumiga oid bilimlar berishda izchillik


Download 210.02 Kb.
bet2/14
Sana16.06.2023
Hajmi210.02 Kb.
#1513829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Boshlang‘ich sinfda “Son – so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda ta’limning zamonaviy metodlaridan foydalanish

1. Boshlang‘ich sinfda son turkumiga oid bilimlar berishda izchillik.

Til o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘qituvchilar, metodist-olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan erishilgan natijalar haqida pedogogik anjumanlarda, vaqtli matbuotlarda, radio va teleko‘rsatuvlarda o‘rtoqlashadilar, pedogog o‘qishlarda ilg‘or, zamonoviy dars namunalarini ommalashtiradilar. Bunda yangi pedogogik texnologiyalarni darsga joriy etish bo‘yicha nazariy-metodik xulosalarning to‘g‘riligi asosli va ishonchli mezonlarda tekshiruvdan o‘tkaziladi, ta’lim muassasalarida ko‘pyillik tajriba–sinov ishlari olib boriladi, natijalar tahlil qilinadi.


Mazkur faoliyatni tashkil etish usullari xilma xildir.
Jumladan:

  1. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan yakkama-yakka suhbat.

  2. Savol va varaqalar tarqatish.

  3. Tajriba.

  4. Metodik merosni o‘rganish va h.k.

  5. Kuzatish.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yangilangan tizimli tilshunoslik nazariyasiga asoslangan mazmuni o‘quvchini til hodisalarini turkumlash va farqlash nutqiy ehtiyoji uchun tanlash, to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash kabi biluv faoliyatining qo‘yidagi usullari bilan qurollangantirishni zarur va shart deb hisoblaydi:

  1. kuzatish va izlanish faoliyati;

  2. alohidalikni sharhlash va ularni o‘zaro qiyoslash;

  3. umumiylikni anglash va farqlarni sharhlash;

  4. tasnif etish va hukm chiqarish

  5. o‘zaro aloqadorlikni aniqlash va xususiy nutqda qo‘llash va h.k.

Ilmiy tadqiqotda anketa savollariga olingan javoblarni umumlashtirish bilan qo‘yilgan muayyan pedogogik vazifa bajariladi. Bu ish kompyuterda o‘quvchilarga umumiy vazifa berish olingan javobni munozara, taklif va tavsiyalarga asoslanib tanlab olish va natijani multimedik ekraniga chiqarish mumkin.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlaydi nazariy testlari keng tarqaldi.
Testlar tajriba oldidan va undan so‘ng o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Eksperimentdagi ilmiy farazning tasdiqlanishi yoki tasdiqlanmasligida test katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u texnika vositalari va internet yordamida bajarilsa, yaxshi samara baradi.
Ona tilini o‘qitish tarixian ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. SHarqda IX-XV asrlarda ijtimoiy-madaniy hayotda yuksalish, ilm-fan, madaniyatda taraqqiyot kuzatiladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda yashab, ijod qilgan, qomusiy olimlarimiz turli fanlar bo‘yicha erishgan yutug‘lari bilan jahon madaniyati, ma’rifati, ilm-u fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Markaziy Osiyoni jaxonga tanitgan Al - Xorazmiy, At - Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg‘inoniy, Zamahshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, YUsuf Xos Hojib kabi ulkan olimlar bebaho kashfiyotlari bilan o‘z xalqlarining shuhratini olamga yoydilar. Ular ta’lim bobida ham o‘chmas iz qoldirdilar.
CHunonchi, Al-Xorazmiy: “Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqatdir”, - deydi va bilim egallashda ijobiy faoliyatni asos qilib oladi.

Download 210.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling