Халқ таълими вазирининг 2018 йил сентябрдаги сон буйруғига 1 – илова O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 65.41 Kb.
bet1/6
Sana01.12.2021
Hajmi65.41 Kb.
#178405
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5343671663982543609


Халқ таълими вазирининг 2018 йил

_____сентябрдаги _____-сон буйруғига

1 – илова
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

МИНИСТЕРСТВО НАРОДНОГО ОРАЗОВАНИЯ

РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

VAQTINCHALIQ

SINF JURNALI

ВРЕМЕННЫЙ

КЛАССНЫЙ ЖУРНАЛ

V-XI - sinflar uchun

для V-XI - классов
____”-sinf

класс
maktab_____________________________________________

школа
viloyat______________________________________________

область
shahar, tuman_______________________________________

город, район

20__ - 20__ oquv yili

учебный год

SINF JURNALINI YURITISH HAQIDA KO‘RSATMALAR

  1. Sinf jurnali Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlarining bajarilishini aks ettiruvchi davlat hujjati hisoblanadi.

  2. Maktab direktori va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sinf jurnalining to‘g‘ri yuritilishini doimiy ravishda nazorat qilishi va bu haqda ______ sahifalarda qayd etib borishi zarur.

  3. Sinf jurnali bir o‘quv yili uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har bir maktabda, har bir sinfda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan nusxada yuritiladi.

  4. Parallel bo‘lgan sinflarning jurnallari sinf sonlaridan tashqari harflar bilan belgilanadi. Masalan, X “A” sinf, X “B” sinf kabi.

  5. Sinf o‘quvchilarining ro‘yxati alifbo tartibida, familiya va ismlari to‘liq ko‘rsatilgan holda yoziladi (ko‘k yoki siyoh rangda).

  6. Har bir fan uchun o‘quv rejasida ajratilgan soatlarning soniga qarab, bir yilga mo‘ljallangan sahifalar birdan ajratiladi (shu jumladan, maktab ixtiyoridagi fanlar uchun ham).

  7. Sinf jurnalidagi barcha yozuvlar bir xil siyohda yoki sharikli ruchkada aniq va ehtiyotkorlik bilan yoziladi.

  8. O‘qituvchi darsda o‘tilgan mavzu va uyga topshirilgan vazifalarni alohida ajratilgan kataklarga yozib borishi, o‘quvchilarning darsdagi davomatlarini aniqlashi va qayd etib borishi zarur. Sinf jurnaliga yozilmagan dars uchun o‘qituvchiga haq to‘lanmaydi.

  9. O‘quvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida quyidagi tartibda qayd etiladi:

  1. agar o‘quvchi sinfda bo‘lsa, uning darsga qatnashganligi to‘g‘risida sinf jurnaliga hech qanday belgi qo‘yilmaydi;

  2. agar o‘quvchining darsga kelmaganlik sababi noma’lum bo‘lsa “–” belgisi, uzrli bo‘lsa, “+” belgisi qo‘yiladi;

d) dars boshlanishiga kechikib kelganligi uchun “ ” belgisi qo‘yiladi.

  1. Jurnalda “X-XI sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida o‘quvchilarning foydalangan ballari va aniqlangan baholari qayd etib boriladi.

  2. Fan o‘qituvchisi belgilangan tartibda choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) **baho va yillik reyting ballarini aniqlaydi hamda ularni tegishli ustunlarga qayd etadi va tagiga imzo qo‘yadi.

  3. Sinf jurnalida kataklariga ballar va aniqlangan baholarni qayd etish ketma-ketligi quyidagicha:

10-sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar—>choraklik (yarim yillik) baholar—>bosqichli nazorat bali—> yillik baho —> yillik reyting bali.

11-sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar—>choraklik (yarim yillik) baholar—>bosqichli nazorat bali—> yillik baho —> yillik reyting bali —> yakuniy reyting bali.

  1. “Darsda nima o‘tildi” va “Uyga berilgan topshiriq” deb ko‘rsatilgan joyga o‘tilgan mavzu hamda uyga berilgan topshiriq aniq qilib yoziladi. Jumladan,

a) o‘tilgan mavzuni yozish tartibi: Oddiy kasrlarni ko‘paytirish, “Bizning maktab” mavzusidagi matnga reja tuzish va yozish;

b) “Uyga berilgan topshiriq” deb ko‘rsatilgan joyga topshiriq sahifasi va mashq raqami yoziladi. Masalan, 42-bet. 77- mashq.

  1. Sinf rahbari har bir o‘quv fani bo‘yicha choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy baho) va yillik reyting ballarini 224-235-sahifalarda ajratilgan bo‘sh kataklarga ko‘chirib o‘tkazadi.

  2. Sinf rahbari tomonidan o‘quvchining xulqiga (235-bet) quyidagilardan biri qayd etiladi: “namunali”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz”.

  3. Sinf rahbari har kuni o‘quvchilar tomonidan qoldirilgan darslar sonini _______-sahifalarga qayd etib boradi. ______-sahifalarga chorakda va yil davomida qoldirilgan umumiy darslar soni qayd etiladi.

  4. “Pedagogik kengash qarori” qismi “Bosqichli (yakuniy) nazorat asosida” (_____-bet) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining o‘quvchilarni sinfdan sinfga ko‘chirish tartiblari va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomasi asosida to‘ldiriladi. Masalan, o‘quvchi yillik (yakuniy) baholari asosida “11-sinfga ko‘chirildi” yoki “10-sinfni tamomladi” deb yozib qo‘yiladi.

Agar o‘quvchi kasallik va boshqa sabablar tufayli bosqichli (yakuniy) nazoratdan o‘ta olmasa, “kuzga qoldirildi” deb yoziladi va fan nomi sahifada aniq ko‘rsatiladi.

“Kuzgi bosqichli (yakuniy) nazorat asosida” (______-bet) ustuni ham yuqoridagi kabi to‘ldiriladi. “7-singa ko‘chirildi”, “9-sinfni tamomladi” yoki “ fanlardan ikkinchi yilga qoldirildi” kabi.



  1. ______-sahifalar maktabga biriktirilgan tibbiyot xodimi hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan, sinf ishlarini yakunlashtirish varaqasi (______-sahifalar) va sinf o‘quvchilari haqidagi umumiy ma’lumot (______-sahifalar) sinf rahbari tomonidan to‘ldiriladi.

  2. Sinf jurnalining saqlanish va yuritish qoidalari yuzasidan kundalik nazorat olib borish, jurnal sahifalarini fanlar bo‘yicha taqsimlab chiqish, sahifalarga o‘quvchilar ro‘yxatini yozish sinf rahbariga yuklatiladi.

  3. Sinf jurnali qat’iy nazoratdagi maktab hujjati hisoblanib, maktabda 75 yil saqlanadi.

* haftasiga 1 soatdan ortiq o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha choraklik, 0,5 va 1 soat o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha yarim yillik baholar aniqlanadi.

** 10-11 – sinflar uchun yillik va yakuniy baho chiqariladi



Download 65.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling