Халқали чувалчанглар типи. Umumiy tavsifi va klassifikasiyasi
Download 1.89 Mb.
|
9-МаърузаХалкали чувал
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAM QILLILARNING TASHQI TUZILISHI
Tuzilishi. Polixetalarning tanasi cho’ziq silindirsimon, lekin dorzoventral tomonga qarab biroz qisilgan. Tanani tashkil qiluvchi halqasimon segmentlar soni harxil turlarida 5 tadan 800 tagacha bo’lishi mumkin. Polixetalarning oldingi, og’iz oldi bo’limi - prostomium va orqa, anal bo’limi - pigidium tananing maxsus qismlari hisoblanib, ular segmentlarga (metamerlarga) bo’linmagandir. Gavda bo’limini tashkil etuvchi segmentlar esa bir-biriga juda ham o’xshash (gomonom) bo’lib, deyarli birxil tuzilishga va organlarga ega. O’troq (naycha ichida) hayot kechiruvchi polixetalarda esa tanasini harxil qismlaridagi segmentlar turlicha (geteronom) bo’ladi. Bunday geteronomiya shu chuvalchanglar tanasining turli qismlarini turlicha sharoitga duch kelishidan dalolat beradi.KAM QILLILARNING TASHQI TUZILISHI1 – bosh bo’limi, 2 – anal bo’limi-pigidiy, 3 – belbog’cha. KO’PQILLI HALQALI CHUVALCHANG GAVDASINING KO’NDALANG KESMASI1 – teri epiteliysi, 2 – ko’ndalang muskullar, 3 – bo’ylama muskullar, 4 – jabraga aylangan orqa mo’ylovi, 5 – parapodiyani orqa shoxi, 6 – tayanch qillari, 7 – parapodiyani muskullari, 8 – nefridiyaning voronkasi, 9 – nefridiyaning kanali, 10 – qiya muskullar, 11 – qorin qon tomiri, 12 – tuxumdon, 13 – parapodiyaning qorin mo’ylovi, 14 – parapodiyaning qorin shoxi, 15 – ichak, 16 – selom, 17 – orqa qon tomiri. Ovqat hazm qilish sistemasi uch qismdan, ya’ni ektodermal oldingi va orqa ichakdan hamda endodermal o’rta ichakdan iborat. Oldingi ichak og’iz bo’shlig’i va halqumdan iborat. Yirtqich polixetalarning halqumini ichki devori xitinlashgan o’tkir tishlar yoki jag’ plastinkalarini hosil qiladi. Bunday polixetalarning halqumi ag’darilib tashqariga chiqariladi va o’ljani tutib olishda ishtirok etadi. O’rta ichak to’g’ri naysimon, orqa ichak kalta.Ovqat hazm qilish sistemasi uch qismdan, ya’ni ektodermal oldingi va orqa ichakdan hamda endodermal o’rta ichakdan iborat. Oldingi ichak og’iz bo’shlig’i va halqumdan iborat. Yirtqich polixetalarning halqumini ichki devori xitinlashgan o’tkir tishlar yoki jag’ plastinkalarini hosil qiladi. Bunday polixetalarning halqumi ag’darilib tashqariga chiqariladi va o’ljani tutib olishda ishtirok etadi. O’rta ichak to’g’ri naysimon, orqa ichak kalta.Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling