Халқали чувалчанглар типи. Umumiy tavsifi va klassifikasiyasi
HALQALI CHUVALCHANGLARNING KLASSIFIKASIYASI
Download 1.89 Mb.
|
9-МаърузаХалкали чувал
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO’P QILLILARNING TASHQI TUZILISHI
HALQALI CHUVALCHANGLARNING KLASSIFIKASIYASIKo’p tukli halqali chuvalchanglarning tashqi va ichki tuzilishi.Ko’p tukli halqali chuvalchanglarning tashqi va ichki tuzilishi.Ko’p qilli halqalilar sinfi - PolychaetaHalqali chuvalchanglarning turlarga eng boy sinfi bo’lib, 5300 dan ortiq turga ega va aksariyati dengizlarda suzib yoki suv tubida o’rmalab yoki suv tubidagi qumga ko’milib hayot kechirishi bilan bir qatorda, ayrimlari himoya naychalari ichida, ba’zilari esa parazitlik bilan yashashga moslashgan.Ko’p qilli halqali chuvalchanglar yoki polixetalar qo’yidagi belgilari bilan xarakterlanadi, ya’ni bosh qismida bir juft palplari bo’ladi. O’troq hayot kechiruvchi guruhlarida palplar shoxlangan ko’p sonli o’simtalar hosil qiladi. Bunday o’simtalar “jabra” lar deb ataladi. Gavdadagi harbir segment bir juftdan sodda oyoqlarga ega. Bunday oyoqlar parapodiylar deyilib, ularda qillar joylashgan.KO’P QILLILARNING TASHQI TUZILISHIA – umumiy ko’rinishi, B –V- tananing oldingi va keyingi bo’laklari: 1-paypaslagichlar, 2-palp, 3 –og’iz yoni mo’ylovlari, 4 – ko’zlar, 5 –prostomium, 6 –hidlov chuqurchasi, 7 –peristomium, 8 - parapodiyalar, 9 –qillar, 10 – orqa mo’ylov, 11 – pigidiy, 12 – anal mo’ylovlari, 13 – orqa qon tomiri), G – parapodiyning tuzilishi: 1 – orqa muylov, 2 – notopodiya, 3 – qillar tutami, 4, 6 – nevropodiya, 5 – qorin mo’ylovi, 7 – tayanch qillar (asikula)) Tuzilishi. Polixetalarning tanasi cho’ziq silindirsimon, lekin dorzoventral tomonga qarab biroz qisilgan. Tanani tashkil qiluvchi halqasimon segmentlar soni harxil turlarida 5 tadan 800 tagacha bo’lishi mumkin. Polixetalarning oldingi, og’iz oldi bo’limi - prostomium va orqa, anal bo’limi - pigidium tananing maxsus qismlari hisoblanib, ular segmentlarga (metamerlarga) bo’linmagandir. Gavda bo’limini tashkil etuvchi segmentlar esa bir-biriga juda ham o’xshash (gomonom) bo’lib, deyarli birxil tuzilishga va organlarga ega. O’troq (naycha ichida) hayot kechiruvchi polixetalarda esa tanasini harxil qismlaridagi segmentlar turlicha (geteronom) bo’ladi. Bunday geteronomiya shu chuvalchanglar tanasining turli qismlarini turlicha sharoitga duch kelishidan dalolat beradi.Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling