Халқали чувалчанглар типи. Umumiy tavsifi va klassifikasiyasi


Download 1.89 Mb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1606632
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-МаърузаХалкали чувал

Mavzu:Halqali chuvalchanglar tipi.Umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi

Mavzu:Halqali chuvalchanglar tipi.Umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi

Maruzachi Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Xo’razov Sayfulla

Halqali chuvalchanglar tipi. UMUMIY TAVSIFI VA KLASSIFIKASIYASI

Reja:

1. Halqali chuvalchanglarning umumiy

progressiv belgilari.

2. Halqali chuvalchanglarning klassifikasiyasi.

Kenja tiplar va sinflar.

4. Ko’p tukli halqali chuvalchanglar sinfi.

5. Kam tukli halqali chuvalchanglar sinfi.

6. Zuluklar sinfi.

Halqali chuvalchanglarning progressiv belgilari

Halqali chuvalchanglar ancha yuqori taraqqiy etgan hayvonlarning 9000 ga yaqin turini o’z ichiga olib, qo’yidagi xarakterli belgilarga ega:

  • Halqali chuvalchanglarning tanasi bosh, segmentlashgan gavda va dum bo’limidan iborat. Bosh bo’limida ko’p hollarda sezgi organlari joylashgan.
  • Teri - muskul xaltasi yaxshi rivojlangan.
  • Halqali chuvalchanglar ikkilamchi gavda bo’shlig’iga (selom) ega. Gavda bo’limini tashkil etuvchi har bir segment o’zining selomiga ega. Bosh va anal bo’limlari selomga ega emas.
  • Og’iz teshigi tananing birinchi segmentini qorin tomonida joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasi uch bo’limdan iborat. Anal teshigi dum (pigidiy) ni uchida tashqariga ochiladi.

Ko’pchilik halqali chuvalchanglarda yaxshi rivojlangan yopiq qon aylanish sistemasi mavjud.

  • Ko’pchilik halqali chuvalchanglarda yaxshi rivojlangan yopiq qon aylanish sistemasi mavjud.
  • Ajratish organlari harbir segmentda bir juftdan takrorlanuvchi metanefridiylardan iborat.
  • Nerv sistemasi juft bosh miya, bir juft tomoq oldi nerv shoxchasidan iborat. Bu shoxchalar tomoqni yon tomonlaridan o’tib qorin (ost) tomonda miyaning qorin nerv sistemasi qismi bilan birlashadi. Qorin sistemasi bir juft bo’ylama nerv tolasidan iborat bo’lib, ular har bir segmentda juft gangliylar bilan birlashgan bo’ladi. Shu yo’sinda qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Ko’pgina halqali chuvalchanglarning sezgi organlaridan ko’zlar, hidlov chuqurchalari va turli-tuman paypaslagich ko’rinishidagi o’simtalar bo’ladi.
  • Halqali chuvalchanglarning tuban taraqqiy etgan guruhlari ayrim jinsli, ko’pgina turlarida germafroditizm hodisasi rivojlangan.
  • Rivojlanishi ayrimlarida metamorfoz bilan o’tadi. Ko’pchiligi o’zgarishsiz rivojlanadi. Lichinkasi - troxofora.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling