Halima Nosirova
Download 22.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqHalima Nosirova
Halima Nosirova (29-dekabr 1913-yil, Qoʻqon yaqinidagi Togʻliq qishlogʻi – 3-yanvar 2003-yil, Toshkent) – opera xonandasi (lirik-dramatik soprano), oʻzbek xonandalik sanʼatining yirik namoyandasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Boku teatr texnikumi (1924–27), Moskva oʻzbek opera studiyasi (1934–37)da taʼlim olgan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1977; 1977–82 yillarda Sharq musiqasi kafedrasida pedagog). Mumtoz opera hamda milliy sahna ijrochilikanʼanalarini N. Nejdanova, N. Golovanov, M. Uygʻur, M. Muhamedov, T. Jalilov va boshqa ustozlardan oʻzlashtirgan.
Faoliyatini aktrisa sifatida 1927 yildan Oʻzbek davlat namuna sayyor truppasida boshlab, Mariya Antonovna (N. Gogol, „Revizor“), Malikai Turandot (K. Gotssi, „Malikai Turandot“) kabi rollarni ijro etgan. 1929–39 yillarda Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1939–86 yillarda Navoiy teatrining yetakchy yakkaxon xonandasi. Noyob, oʻziga xos shirali va keng diapazonli ovoz, sahnaviy isteʼdodga ega boʻlgan N. „Halima“ (Gʻ. Zafariy), „Arshin mol olon“ (U. Xojibekov), „Layli va Majnun“ (Xurshid; T. Sodiqov musiqasi), „Farhod va Shirin“ (Xurshid; V. Uspenskiy), „Gulsara“ (Komil Yashin va M. Muhamedov; R. Glier) kabi musiqali spektakllarda bosh rollarni ijro etib shuhrat qozongan. Nosirovaning musiqali drama teatri sahnasida erishgan muvaffaqiyatlari oʻzbek opera ijrochiligining yuzaga kelishiga turtki boʻldi. 1938 yil Oʻzbek davlat musiqali teatrida saxnalashtirilgan Yevgeniy Brusilovskiyning „Er Targʻin“ operasidagi Oqjunus obrazi Nosirovaning birinchi opera partiyasi edi. N. ilk oʻzbek operalari – „Boʻron“ (G. Vasilenko va M. Ashrafiy, 1939)da Norgul, „Layli va Majnun“ (T. Sodiqov va R. Glier, 1940)da Layli kabi bosh rollarni ijro etgan. Keyinchalik u „Ulugʻbek“ (A. Kozlovskiy, 1942) operasida Sin Dun Fan, „Karmen“ (J. Vize, 1944, oʻzbek tilida)da Karmen, „Tohir va Zuxra“ (T. Jalilov va V. Brovsin, 1949)da Zuxra, „Gulsara“ (R. Glier va T. Sodikov, 1949)da Gulsara kabi obrazlar yaratdi. Gulsara partiyasida N. milliy kuylash sanʼatini opera ijrochiligiga uzviy bogʻlashga muvaffaq boʻldi. Keyinchalik bu hol N. yaratgan barcha rollar talqinining asosiy xususiyatiga aylandi. „Maysaraning ishi“ (S. Yudakov)dagi bosh qahramon talqinida oʻzbek opera sahnasidagi ilk hajviy obrazni yaratdi. Maysaraga xos lirik va komik holatlar ishonarli namoyon boʻldi. Nosirovaning Zaynab (T. Sodiqov, Yu. Rajabiy, D. Zokirov va boshqa Zeydman, „Zaynab va Omon“), Saodat (S. Boboyev, „Hamza“), Bahor (M. Yusupov, „Xorazm qoʻshigʻi“), Xadicha xola (Ya. Sabzanov, „Qaytish“) obrazlari faoliyatining soʻnggi yillari mahsulidir. Nosirovaning konsert repertuaridan oʻzbek mumtoz musiqa merosi namunalari katta oʻrin olgan: „Ushshoq“, „Dugoh“, „Chorgoh“, „Samarqand ushshogʻi“, „Chapandozi Navo“ kabi maqom yoʻllari, „Chaman ichra“ va boshqa A. Kozlovskiy ovoz va simfonik orkestr uchun qayta ishlagan „Oʻzgancha“, „Gulyuz ichra“, „Figʻon“ va, ayniqsa, „Tanavor“ ashulalarninglirikdramatikjihati N. ijrosida yanada teranlashdi. „Men oʻzbek qiziman“, „Mehnat ahli“ (F. Boruxova bilan birgalikda katta ashula yoʻlida) va boshqa zamonaviy ashulalarni, „Oʻzbek qizi ovozi“ (M. Leviyev), „Xush kelibsiz“ (Sayfi Jalil) singari kompozitorlarning qoʻshiklarini koʻtarinki ruxla tarannum etgan. Boshqa xalqlar (tojik, qozoq, arman, ozarbayjon, xitoy, rus, ukrain kabi) qoʻshiqlari ham N. repertuaridan oʻrin olgan. Osiyo, Amerika va Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Davlat mukofotlari (1946,1951, 1968), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971), "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2000) bilan mukofotlangan.[1][2] Halima opadan bu gaplarni eshitib, lol qoldim… Keyin ana shu taassurot qog’ozga she’r bo’lib tushdi: Hofiz sahnalarda qo’shiq aytmasa, Tog’larga borarkan aytib navoni. Aytgani jaranglab eldan qaytmasa, Toshlardan kutarkan aksi sadoni… Shoir so’z aytgali kelar dunyoga, Indamay, jim turish shoirga o’lim. Qaysi toqqa boray, qaysi daryoga, Tovushlarga to’lib ketganda ko’nglim?… Qarang, taqdir meni Halima opaga qadam-qadam yaqinlashtirib, oxir-oqibat uning suhbatiga musharraf etdi * * * Halima opaga bag’ishlab yozgan she’rimda yana shunday misralar bor: Qo’shiqlar kuylansa, quloq solaman, Ohanglar ko’kida bo’laman sayron. O’sha xonishlarni qo’msab qolaman, O’sha yonishlarni topolmay, hayron… Endi qo’shiqlarda chaqnamaydi his, So’zi ham tushmaydi soziga loyiq. Sahnada o’zini unutmas hofiz, Beparvo tinglaydi uni xaloyiq… Bu – o’tgan asr, yetmishinchi yillarning gapi. Bugun ahvol o’zgacha. Xudoga shukurki, ot izini toy bosar, deganlaridek, xalqimiz orasidan yangi Halimalar yetishib chiqdi va chiqayapti. Munojot Yo’lchieva, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Matluba Dadaboeva, Nasiba Abdullaeva, rahmatlik Dilnura, Feruza Jumaniyozova, Ozoda Yorova, Yulduz Turdieva… Yana qay birini aytay? Bular – o’zbek ashula san’atining bugungi yorqin yulduzlari… Har biri – xalqimizga Ollohdan in’om, mukofot. Har birining ovozida Halima Nosirovaning navosi bor… Ularni yetarlicha qadrlayapmizmi? Nega ular katta sahnalar, teleekranlarda kam ko’rinishadi?.. Bundan bir-ikki yil oldin “Aytishuv” degan ko’rsatuv bo’lardi. Sahnada ketma-ket ashulaxonlik, zalda guldiros qarsaklar… Butun xalq, katta-kichik mazza qilib tinglab, tomosha qilardi. Kimgadir yoqmadi shekilli, to’xtatib qo’yishdi. Xayriyatki, baxtimizga video yoxud audio degan disklar bor. O’shalar vositasida har oqshom o’zimga konsert uyushtiraman. O’zim boshlovchi bo’lib, marhamat, kutib oling, bugun xizmatingizda O’zbekiston xalq artisti, sevimli xonandamiz Maryam Sattorova, deyman… Boshida ham, oxirida ham o’zim chapak chalib, xonandani duo qilaman… Shunda beixtiyor yana Halima opani eslayman. Xonishlarini sog’inaman. Qaniydi, diski bo’lsa, to’yib-to’yib eshitardim, deyman. Bir vaqtlar “Paxtakorlar gimni” deb shuhrat qozongan “Mehnat ahli” ashulasini nega radioda berishmaydi, deb xunob bo’laman. Menga o’xshaganlar oz-munchami? Xullas, Halima Nosirova ijro etgan mumtoz ashulalar diskini chiqazish kerak. Toki ustoz san’atkorning ruhi shod, uning qo’shiqlarini sog’ingan minglab muxlislarning ko’ngli obod bo’lgay… Download 22.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling