Halima xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan lafziy san’atlarning leksik-morfologik xuxusiyatlari


Download 51.58 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi51.58 Kb.
#1610281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5427142966105877405

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR:
Halima Xudoyberdiyeva she'riyati ko‘plab o‘rganilgan va undagi badiiy san'atlarning tahlilli ham adabiyotshunoslarimiz tomonidan o‘rganilmoqda. Tilshunoslik jihatidan ham Halima Xudoyberdiyeva she'riyatida qo‘llanilgan she'riy san'atlar tahlillari uchraydi. SHoira she'rlarida zid ma'noli so‘zlar(antonim), iboralar ( frazeologizim) hamda ma'nodosh so‘zlar (sinonim) orqali go‘zal va ta'sirchan misralar yaratgan. Ko‘plab manbaalarda shoira ijodida qo‘llanilgan she'riy san'atlarni uchratamiz va ularni leksik, morfologik jihatdan tahlil qilinganini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Gulahayo Eshnazorovaning''Halima Xudoyberdiyeva she'riyatida qo‘llanilgan leksik birliklar''nomli maqolasida shoira she'rlarida uchraydigan frazeologizmlar tahlilini ko‘rishimiz mumkin. So‘rang yurangingizga qachon sanchilgam tig‘lar, Axir azaga borgan o‘z dardin aytib yig‘lar.(''SHoira singillarimga''). Ushbu she'rda shoira nutqimizdagi''Azaga borgan xotin o‘z dardini aytib yig‘lar''maqolidan ustalik bilan foydalangan2. SHe'riyatda bunday maqol qo‘llash irsoli masal san'atini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, Mingboyeva Zulayhoning''Halima Xudoyberdiyeva poetikasida she'riy san'atlarning qo‘llanishi ''maqolasida ham mukarrar (takror) lafziy san'ati haqida ma'lumotlar uchraydi. Avvalambor, lafziy san'atlar nima? Leksik -morfologik xususiyatlari nimalardan iborat?
She'riy san'atlar 3 ta tavsifly guruh bo'yicha o'rganiladi:
1.Lafziy san'atlar
2.Ma'naviy san'atlar
3. Lafziy-ma'naviy san'atlar (Harfiy san'atlar).
Lafziy san'atlar-so'zning shakli bilan bog'liq holatda vujudga keladigan san'atlar.
Ma'naviy san'atlar-so'zning mazmuni va o‘ziga xos ichki ma'nolari asosida vujudga keladi.
Lafziy-ma'naviy san'atlar-She'riy san'atning ushbu turida so'zning shakliga ham, uning mazmuniga ham e'tibor beriladi.
Lafziy san'atlar, she'riy nutqdagi so'zning tovushi bilan bog'liq bo'lib, ko`proq shakl hodisasi sifatida namoyon bo'ladi. Ammo uning ham o'z shartlari mavjud "Bilginki, lafziy go'zalliklamning asosi uldurkim, albozni ma'noga to be qilgaylar", deb ta'kidlaydi Atoulloh Husayniy.
Lafziy san'atga quyidagilar kiradi: tajnis, iyhom, ishtiqoq, takrir, tarde'aks, tasbe, tazod, tanosib,nido va shu kabilar.
So‘lg‘in-so‘lg‘in lablaringdan ucharkan shu so‘z,
Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad.
Dorilomon kunlarga qayt, onam, yumib ko‘z,
O‘ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat” 3
So‘zlarning juft takroriga mukarrar deyiladi va ular orasiga chiziqcha qo‘yiladi. Keltirilgan to‘rtlikda ham tuzilishi jihatdan takror so‘z hisoblangan so‘lg‘in-so‘lg‘in juft so‘zi she‘rda mukarrar san’atini hosil qilgan. Badiiy san’atlarning lafziy san’atlar guruhiga mansub mukarrar san’ati so‘zning takrorlanishi yordamida hosil bo‘lib, qo‘shimcha ma’no yuklab, qo‘llananilgan so‘z mazmunini oshirib kelgan4.
“Yo bor Xudo, jafo bersang,
Navoiyning jafosin ber.
Vafo bersang Qurbonjonning
Turkiy qavmga vafosin ber”5
She’rda undalmadan foydalanilsa, ya’ni biror kishi, narsa, hayvonlar, tabiat hodisalariga xitob qilinsa, demakki baytda nido san’ati mavjud. Sababi, aynan murojaat etilayotgan perdmet yoki shaxs she’riy san’atlarning lafziy san’at turiga mansub nido san’atini hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan parchada ham Xudoga qarata so‘z borgan. Bu orqali nido san’atidan foydalanilgan.
Bunday san'atlarning leksik -morfologik xususiyatlarini shoira she'rlarida ko‘plab tahlil qilish mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan tahlil va ularning o‘ziga xos metodlari shoira ijodidagi ma'nolar dengizidan bir tomchi xolos. Bunday metoddan foydalanish ya'ni ham adabiyot, ham leksik-morfologik jihatdan tahlil qilish she'rning ta'sir kuchini oshirib, uning ma'nosini yana ham ravshan etish uchun samarali yo‘l hisoblanadi.

Download 51.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling