Halima xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan lafziy san’atlarning leksik-morfologik xuxusiyatlari
Download 51.58 Kb.
|
2 5427142966105877405
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shig‘imiz tinayotgan u qalblarni etar rom, Esga tushar oydin kecha, oq yuzli qiz, sarxush jom.(
- tutganim , Tutolmagan
Kutdirding, yomon kutdirding
Hijron azobini shavqla yutdirding.(''Endi ket) Bunda''kutdirding'' so‘zini qator boshi va oxirida qo‘llab shoira ta'kidni yana ham kuchaytirgan. Tarse'-arabcha so'zdan olingan bo'lib, "injuni ipga tizish" degan ma'noni anglatadi. U mumtoz adabiyotimizda ko'p qoʻllaniladigan san'atlardan biri bo'lib, o'z asl lug'aviy ma'nosida Injulardagi hajmu rangu tovlanishlar uyg'unligini bildirsa-da, she'riyatda misralardagi parallel so'zlarning jarangdoshligi va ohangdoshligini ko'rsatuvchidir. Bu san'atning o'ziga xos xususiyati shundaki, tarse' ni yaratuvchi so'zlar qatorida nechta komponent bo`lsa, shuncha qofiyadosh-u radifdosh-u hijodosh so'zlar ishtirok etadi. Qaro kundan dilim tongan, nurdir, tozadir bu ishq, Ko‘zlarimda o‘tday yongan yerdir, fazodir bu ishq. Ushbu misrada''nurdir'',''tozadir'',''yerdir'',''fazodir'' so‘zlari tar'se san'atini vujudga keltirgan. Bular gapda uyuq bo‘lak vazifasida kelgan. Saj-ichki qofiya. Bunda so‘zlar misra ichida o‘zaro bir shaklda qofiyalanadi hamda ohangdoshlikni yuzaga chiqaradi. Bilmam Alloh gul berganmi, xas bergan, Ne bo‘lsa ham dilin sarxush, mast bergan. Nodiraga kaniz bo‘lib sas bergan, Halimasi, biyronidir O‘zbekning. Ko‘rinib turibdiki,''xas'',''mast'',''sas'' so‘zlari o‘zaro qofiyalanib kelgan va ohangdoshlikni yuzaga chiqargan. Bu yerda singarmonizim hodisasini uchratamiz va u she'rning ta'sir etish kuchini orttirgan. ILTIFOT-arabchadan "lutf" demakdir. Bu san'atda shoir bayon-u tasvir vaqtida gap shaxsini o'zgartirib boradi. Ba nutqqa xilma-xillik bag'ishlab, uni zerikarli bo'lishidan saqlaydi, kitobxon e'borini qattiq jalb qilib, uning zavqini kuchaytiradi. Qo‘shig‘imiz tinayotgan u qalblarni etar rom, Esga tushar oydin kecha, oq yuzli qiz, sarxush jom.(''Bil olmamiz'') Ushbu misrada uchinchi shaxs o‘z o‘rnini keyingi misrada birinchi shaxsga o‘zgartirib beradi. SHaxslarning o‘rni o‘zgarishi bir qarashda sezilmaydi ammo e'tibor berib tahlil qilinsa shaxs o‘zgarishini uchratish mumkin. Bu teran jumla orqali shoira she'rning ta'sir qudratini oshirib, konteksning ma'nolarini ham daf'atan o‘zgartirib kuchli ma'no hosil qilgan. Tasbe-birinchi misraning oxirida keltirilgan so‘zni yoki so‘z birikmasini ikkinchi misraning boshida keltirish tasbe san`atini yuzaga keltiradi. Bu qaytariqlarga asoslangan san'at bo'lib, uning o'ziga xos xususiyati shundaki, tasbe so'zlarining o'rni qat'iy o'zgarmasligi bilan ko'zga tashlanadi. Binobarin, tasbe ko'rsatkichlarining har biri yuqori va quyidagi misra gaplari bilan uzviy bog'liq bo'ladi: tasbening ikki gapga mansubligi ularning sintaktik va orfoepik talaffuz qilish andozalarini belgilaydi. Buni takrordek o'qib ketib bo`lmaydi. Birinchi tasbe ko`rsatkichidan so'ng pauza bo'lishi qonuniy bo'lib, bunda misra va baytlar zanjir hosil qiladi. Siz dunyoda rost deb tutganim, Tutolmagan yotgan tushimmas.(''Xotira'') Bu yerda''tutganim''va tutolmagan'' so‘zlari tasbe san'atini vujudga keltirgan. Bu ham shoiraning mahoratidan darak beradi. NIDO-shoirning biror bir inson, hayvon, qush va boshqa narsalaga qilgan xitobi orqali paydi bo‘ladigan san'at turi. Asosan, undalma vazifazida keladi bunday so‘zlar. Download 51.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling