"Halol issiq non" Oilaviy korxonasi Tayyorladi;Komiljonov Farmonbek
Download 334.94 Kb.
|
Biznes reja 3(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor talabi va unga ta’sir etuvchi omillari.
- Potentsial talabga quyidagi omillar o’z taʼsirini o’tkazadi
Loyihaning marketing tahlili.
Maʼlumki ishlab chiqarish faoliyatining, xususan non mahsulotlari ishlab chiqarishning muvaffaqiyatli amalga oshishi ko’p jixatdan axolining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining yaxshiligi va turmush farovonligi bilan chambarchas bog’liq.Tadbirkor tomonidan olib borilgan marketing izlanishlari natijasida xalqimizning turmush darajasi kundan-kunga oshib borayotganligi va buning natijasida isteʼmol tovarlariga bo’lgan talab oshib borayotganligi, bugungi kunda xalq isteʼmol tovarlariga bo’lgan talab yuqori ekanligi aniqlandi va tadbirkor mavjud talabdan kelib chiqqan xolda axolini talabi darajasidagi maxsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va uni arzon narxlarda isteʼmolchilarga yetkazib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bozor talabi va unga ta’sir etuvchi omillari.Potentsial talab sifatida axolining non (Patir) mahsulotlariga bo’lgan xarid qobiliyati bilan taʼminlangan talabga aytiladi. Ushbu maxsulotga extiyoj va talabning yuqori bulishi xududdagi ijtimoiy axvolning yaxshilanib borishi va axoli daromadlarining oʼsishiga bogʼliq bo’lib, bugungi kunda arzon narxli va sifatli mahsulotlarga axolida talab katta. Potentsial talabga quyidagi omillar o’z taʼsirini o’tkazadi:Bozorda taklifning talabdan kam bulishi (maxsulot defitsiti) – yaʼni taklifning xaddan ziyod kamayib ketishi talabning keskin ko’tarilishiga,axolining defitsitga aylangan maxsulotga eʼtibori va xarid qilishga intilishi oshishiga olib keladi. 1)Аxoli turmush darajasi – yaʼni axoli turmush darajasining yaxshilanib borishi isteʼmol tovarlari xaridini oshirib, potentsial talabning oshishiga va aksincha turmush darajasi va ijtimoiy axvolning yomonlashuvi potentsial talabning kamayishiga sabab buladi. 2)Ijtimoiy siyosat – ijtimoiy ximoyaning yaxshilanishi va ijtimoiy muxitning barkarorligi potentsial talabga tugri mutanosib ravishda taʼsir qiladi. 3) Inflyasiya darajasi – inflyasiya yoki deflyasiya darajasining keskin oshishi yoki tushushi potensial talabga tug’ri mutanosib ravishda ta'sir kursatishi mumkin. 4) Yuqoridagi omillarga o’xshash yana ko’plab siyosiy axvol, iqtisodiy tanglik va mafkuraviy uzgarishlar, urush va texnologik uzgarishlar va globallashuv va integratsiya jarayoni, tabiiy ofatlar xam potensial talabning uzgarishiga o’z ta'sirini o’tkazishi mumkin. Download 334.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling