Halqa xosil qilish jarayonlari ketma-ketligi va


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1606208
  1   2   3   4   5


2-mavzu. XALQA HOSIL QILISH USULLARI. TRIKOTAJ 
MASHINALARINING ISHCHI A’ZOLARI VA ULARNING VAZIFALARI. 
HALQA XOSIL QILISH JARAYONLARI KETMA-KETLIGI VA 
MOXIYATI. 
Xalqa xosil qilishning trikotaj usuli. Trikotaj usulda halqa hosil qilish 
jarayonlarining ketma-ketligi. Jarayonlarning mohiyati. Har bir jarayonning 
moiyati va ularning trikotaj sifatiga ta’siri.
Bir ignadonli mashinalarda to’quv usuli.
Bir ignadonli tilchali ignali aylana to’quv mashinalarida halqa hosil qilish 
jarayoninig o’ziga xosligi. 
Ilgagi bor ignali trikotaj to’quv mashinalarida xalqa hosil qilishning zaruriy 
shartlaridan biri - har bir igna yoki bir igna oralab boshlang’ich xalqaga ega 
bo’lishidir. Boshlang’ich xalqasiz yangi xalqani hosil qilib bo’lmaydi [5].
Bunda eski (boshlang’ich) xalqa igna bo’ylab siljiydi, yangi ip esa ignaga 
qo’yiladi va egiladi, so’ngra eski xalqa orasidan tortib olinadi. Bularning hammasini 
xalqa hosil qiluvchi ishchi a’zolar bajaradi. Xalqa hosil qilishning barcha jarayoni 
10 ta operatsiyaga bo’linadi: 
1. Xalqa hosil qilishni tugallash. 
Tugallash jarayoni bajarilishi jarayonida eski xalqa ilgak ostidan igna o’zagi 
bo’ylab pastga siljitiladi. Siljitilgan masofa igna ilgagi uchi bilan eski xalqa 
oralig’iga yangi ipni qo’yish imkonini berishi kerak (2.1-rasm). Yangi xalqa hosil 
qilish uchun eski xalqani 1 holatdan II holatga siljitish zarur. 
2. Ipning ignaga qo’yilishi. 
Bunda ip yurgizgich (нитевод)ning ignalarga nisbatan siljishi natijasida 
yangi ip ignalarning o’zagiga ketma-ket qo’yiladi. 2.2-rasmda ipni to’g’ri chiziq 
shaklida igna o’zagida qo’yilgani ko’rsatilgan. 
3. Ipni egish. 
Bunda ignaga qo’yilgan ip igna o’zagida egiladi (2.3-rasm). Xalqa hosil qilish 
jarayonining trikotaj usulida xalqaning katta-kichikligi shu operatsiyaga bog’liq 
bo’ladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling