Halqa xosil qilish jarayonlari ketma-ketligi va


 Yangi xalqani shakllantirish


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1606208
1   2   3   4   5
9. Yangi xalqani shakllantirish. 
Yangi ipdan eski xalqaga teng keladigan yangi xalqa hosil qilish, eski 
xalqalarga tortish kuchi ta’siri ostida amalga oshiriladi, buning hisobiga yangi xalqa 
shakllanadi. Operatsiyaning bajarilishi jarayonida yangi xalqalar iplarining uzunligi 
o’zaro tenglashadi. 
10. Trikotaj to’qimasini tortish. 


Yangi xalqalar shakllanganidan keyin ular ignalar bilan bir tekislikda 
yotadilar. Agar xalqalar shunday holatda qoldirilsa, yangidan xalqa hosil qilishni 
tugallash jarayoni bajarilishida eski xalqa yana ignaga tushib qolishi mumkin
shuning uchun xalqalar tekisligini ignalar tekisligiga nisbatan perpendikulyar 
holatga kelguncha og’dirish kerak bo’ladi. Bu jarayon tortish jarayoni deb ataladi. 
Trikotaj usulida to’qishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri - xalqa hosil qilish 
uchun ipni oldindan tayyorlash zarurligidir. 
Tilchasi bor, ignali, bir ignadonli trikotaj-to’quv mashinalari platinalar bilan 
ta’minlangan bo’ladi. Odatda platinalar soni ignalar soniga tengdir. Platinaning 
vazifasi xalqa hosil qilish jarayonining tugallash jarayoni bajarilayotganida eski 
xalqalarni bir sathda ushlab turish, yangi xalqaning egilishiga imkon yaratish va 
yangi xalqalar ustiga tashlangan eski xalqalarni tortishdan iboratdir. Tilchasi bor 
ignali mashinalarda ignalar qo’zg’aluvchan bo’lib, ular ignadon o’yig’i bo’yicha 
harakatlanadilar. Bunda igna tilchasi, tilchaning aylanishiga qarab ochiq yoki yopiq 
bo’lishi mumkin [9, 10].
Tilchasi bor ignali mashinalarda ham xalqa hosil qilish jarayoni 10 ta 
operatsiyaga bo’linadi (2.8-rasm). 
2.8-rasm. Tilchali ignalarda xalqa hosil qilish jarayoni 


a-tugallash jarayoni, b- Ipni ignaga qo’yilishi, d- Igna ilgagi ostiga kirish yo’lini bekitish yoki siqish 
jarayoni, e- xalqalarning birlashishi, f- xalqani tashlash, g-trikotaj to’qimasini tortish 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling