Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja: Nеmеrtinalar va tiqonboshlilar tipi


Download 187.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana17.01.2023
Hajmi187.97 Kb.
#1097091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja Nåmårtinalar va t

organlari va refleksi - maxsus sezgi organlari bo'lmaydi, lekin u yorug'lik, hid, harorat, kimyoviy 
va ta'sirlarni yaxshi sezadigan sezuv hujayralari bo’lib, asosan tananing oldingi tomonida 
joylashgan. Uning teri hujayralarida sezuvchi tolalari bo'ladi. Bu nervlar nerv tugunlari bilan 
bog'langan. Yomg'ir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga ancha murakkab va 
xilma-xil bo'ladi. Gidra yoki planariya tanasining qaysi qismiga ta'sir etsak ham tanasini bir xil 
qisqartirish bilan javob beradi. Bunda aksicha, yomg'ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga 
ta'sir qilsak o'sha tomoni ta'sirlanadi va u har xil harakat qiladi. Masalan, oldingi tomoniga biror 
narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, harakat qiladi. 
Reflekslar yordamida chuvalchang o'z ozig'ini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli 
yorug'lik va issiqlikdan yashirinadi. 
Ko'payishi - yomg'ir chuvalchangi germafrodit (ikki jinsli) hayvon. Juda kichik ikki juft 
tuxumdoni 13- segmentda joylashib, 14-segmentdagi 1 juft voronkasimon tuxum yo’li – 
yetishgan (otalanmagan) tuxumlarini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Ikki juft urug’doni – 
urug’ qopchiqlarining ichida joylashgan. 9-13 segmentlardagi kattagina pufaksimon qopchiqlar 
uch juft katta o’simta hosil qiladi. Mazkur qopchiqlarga ajralib chiqqan urug’ (spermatozoidlar) 
shu yerda yetiladi va ma’lum vaqt saqlanib, urug’ yo’li naychalari orqali tashqariga chiqadi. Ikki 
juft urug’ yo’li “voronka” lari urug’ qopchiqlarini ichida joylashgan bo’lib ularning birlashtirgan 
bir juft naychalari 15 segmentning qorin tomonida tashqariga ochilgan. 9-10- segmentlarda 
joylashgan 2 juft “urug’ qabul qiluvchi qopchiqlar” joylashgan. Bu qopchiqlar qo’shilish vaqtida 
boshqa chuvalchangdan spermatozoid olish va uni saqlashga xizmat qiladi.
Bahorda yomg’ir chuvalchanglari bosh tomoni bilan qo’shilib spermalarini almashtirib 
oladi (ularda tuxumlardan ancha vaqt ilgari spermalar yetiladi). Bir necha kun o’tgach, kamar 
segmentlarining atrofida, (belbog'chasidan) ulardan ajraluvchi shilimshiq moddadan bug’doy 
donasidek maxsus pilla hosil bo'ladi. “Kamar” dagi bezlar pillaning ichiga oziqli suyuqlik ajratib 
o’tkazadi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, ba'zan 6-20 donagacha tuxum qo'yadi. Ular pillalarini 
yaxshi havo o’tkazadigan zaxroq yerga qo’yadi. Chuvalchang pilla ichiga bir qancha tuxum va 
ilgari boshqa chuvalchangdan olgan spermalarini ajratib chiqaradi. Pilla chuvalchang tanasidan 
sirg'alib tuproqqa tushadi. Tuxumlar pillaning ichida otalanib rivojlangach, dastlab shu yerda 
ya’ni troxoforasimon kiprikli lichinka davrini o’tadi va bir oydan keyin yosh chuvalchangga 
aylanadi. (odatda 1 ta pillada faqat 1-2 ta chuvalchang yetishadi.) Chuvalchanglar bir necha yil 
yashaydi. 
Regeneratsiyasi - yomg'ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining 
jarohatlangan qismini tiklash xususiyatiga ega. Chuvalchang tanasi ikki bo'lakka ajratilganida 
uning bar bir bo'lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo'lishi aniqlangan. 
Yer yo’zida yomg'ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Halqali 
chuvalchanglarning juda ko'p turlari chuchuk suvlarda ham hayot kechiradi. Yomg'ir 
chuvalchanglari va chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana 
halqalarida ko'zga ko'rinmaydigan siyrak va kalta tukchalari bo'ladi. Shuning uchun ularni kam 
tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. 
Yomgir chuvalchanglari tuproqni yumshatib, unga suv va havo o'tishini yaxshilaydi. 
O'simlik ildizlari chuvalchanglar qazigan inlar orqali yaxshi o'sadi. Bundan tashqari, 
chuvalchanglar tuproqni ichagidan o'tkazib uni chirindiga boyitadi. Chuvalchanglar ko'p bo'lgan 
tuproq donador bo'lib, namlik va oziq moddalarni o'zida yaxshi saqlaydi. Bir gektar maydonda 
yomg'ir chuvalchanglari bir yil davomida 250-600 t tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan. 
Yomg'ir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro'zg'or chiqindilarini qayta 
ishlab, sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o'g'it hisoblanadigan biogumus olishda 
foydalaniladi. Yomg'ir chuvalchanglari ko'p bo'ladigan tuproqlarda o'simliklar yaxshi o'sadi va 
mo'l hosil beradi. Chuvalchanglar qirilib ketmasligi uchun tuproqni kimyoviy zaharli moddalar 
bilan ifloslantirmaslik, tuproqqa go'ng solib turish kerak. Yomg'ir chuvalchanglari juda foydali 
va noyob hayvonlar sifatida himoya qilinadi. Xalqaro ,,Qizil kitob"ga yomg'ir 
chuvalchanglarining 11 turi kiritilgan. 


Chuchuk suv havzalarida yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar – tubefeks suvni har 
xil ifloslikdan tozalab, sanitarlik vazifasini bajaradi. Ular turli suv hayvonlari, shu jumladan 
baliqlar uchun asosiy oziq bo'lib hisoblanadi. Chuchuk suv chuvalchanglari akvarium baliqlari 
uchun yem sifatida ko'paytiriladi. 
Dalalarda, ekinzorlar va yaylov yerlarda ko’p tarqalgan oqish chuvalchang – allobofora 
lar o’rtacha 15-16 sm uzunlikda bo’lib, nihoyatda ko’p tarqalgan. 1 m

tuproqda 400-500 ta va 
undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Qurg’oqchilikka chidamli bu chuvalchang, ayniqsa, tuproq 
hayotida katta ahamiyatga ega. Mazkur oilaga mansub va ko’p tarqalgan gigant allobofora (40-
50 sm gacha bo’ladi) va go’ng solingan yerlarda ko’plab ko’payadigan go’ng chuvalchanglar
ham foydali hisoblanadi.
Avstraliyada uchraydigan gigant Avstraliya megoskolisidasi 2,5-3 m gacha uzunlikda 
bo’lib, o`zoqdan ilonga o’xshab ko’rinadi. Bu chuvalchanglar ham yer ostida yashab, tashqarida 
tuproq uyumlari hosil etadi. Megoskolitsida chuvalchanglari orasida tropik o’rmon daraxtlariga 
chiqib yashaydigan turlari ham uchraydi.
Yomg’ir chuvalchanglarining tuproq hosil bo’lishida va tuproq hosildorligini ortirishdagi 
ahamiyatini 1-bo’lib, mashhur olim Ch. Darvin ko’p yillar mobaynida tekshirdi. Darvinning 
ko’rsatishicha chuvalchanglar tuproqning ustki qavati bilan ostki qavatlarini almashtira borib, 
undagi chirindi va boshqa organik birikmalarning minerallanishi (o’simlik o’zlashtiradigan holga 
kelishi) ni mo`ttasil ravishda muvofiqlashtiradi va tuproqdagi “yo’llari” orqali undagi foydali 
mikroblarni ko’payishi va tuproqqa havo kirib turishini ta’minlaydi.
Kamtuklilar xam xuddi ko`ptuklilar singari yuqori daraja rеduktsiyalanish xususiyatiga 
ega, asosan chuchuk suvlarda va tuproqda, bazida esa dеngizlarda hayot kеchiradilar. 
Amaliy axamiyatiga kеladigan bo`lsak bir kvadrat mеtrdagi chuvalchanglar bir yil 
davomida 4 kgtuproqni, xuddi shu muddatda 1 ga yеrdagi chuvalchanglar esa 10 t dan 30 t gacha 
tuproqni yеr yo`zasiga chiqarishi mumkin. Yomg`ir chuvalchanglar tuproqni ichagidan o`tkazib, 
koprolitlar xosil qiladi, yеmirilishini saqlaydi va nam shimilishini yaxshilaydi. 
Chuchuk suv kamtuklilari o`z ichagidan ko`p miqdorda loyqan o`tkazib, suvxavzalarini 
organik qoldiqlarda tozalaydi. Kamtuklilar baliqlarning asosiy ozig`i xisoblanadi, Qizil 
chuvalchang akvarium baliqlari uchun maxsus ozuqa. Eyzеniya biogumus olishda ishda ishtiroki 
katta. 
Klassifikatsiyasi kamtuklilar ikki turkumni birlashtiradi.
Naydomorflar turkumii – turlari asosan chuchuk suv xavzalarida hayot kеchiradilar 
YomG`ir chuvalchangi turkumi – chuchuk suv xavzalari va ayniqsa tuproqda hayot 
kеchiradilar. Tana uzunligi bir nеcha sm dan 2,5 mеtrgacha yеtishi mumkin. 
Savollar
1. Xalqali chuvalchanglariga mos bo`lgan umumiy bеlgilar nimalardan iborat? 
2. Xalqali chuvalchanglarning klasifikatsiyasini kеltiring. 
3. Ko`ptuklilar va kamtukllarning asosiy farq qiluvchi bеlgilari nimalardan iborat? 
3. Yomg`ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi nimalardan iborat? 
4. Xalqali chuvalchanglarning ekologiyasi va amaliy axamiyati nima? 
Foydalanilgan adabiyotlar: 

Download 187.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling