Hamdamov samandarning industrial iqtisodiyot


  ZАRGАRLIK SАNОАTINI RIVОJLАNTIRISHNING АSОSIY


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1289811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HAMDAMOV SAMANDARning Industrial iqtisodiyot fanidan mustaqil ish (1)

2. 
ZАRGАRLIK SАNОАTINI RIVОJLАNTIRISHNING АSОSIY 
ISTIQBОLLАRI. 
Zargarlik sanoati - yuksak badiiy ishlov berish yoʻli bilan nodir metallar va 
qimmatbaho toshlardan, shuningdek, boshqa metallardan buyumlar, taqinchoqlar 
ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Zargarlik sanoatida xom ashyo sifatida 
qimmatbaho va rangli metallar (platina, oltin, kumush va boshqalar), ularning 
qotishmalari, qimmatbaqo va yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olmos, 
aqiq, zumrad, yoqut), tabiiy toshlar, plastmassa, suyak, emal, shisha va boshqalar 
ishlatiladi. 
Musulmonlarda feruza, marvarid, zumrad va boshqa toshli zargarlik buyumlari 
nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari boʼlib 
qolmay, balki sogʼliq uchun, inson ruhiyati uchun ijobiy taʼsir etgan. Masalan, 
marvarid inson organizmini mustahkamlaydi, yurakdagi tushkunlik va iztirobni 
haydaydi, koʼz qobiliyatini oshiradi, jinlardan saqlaydi, ogʼizda qoʼlansa hidlarni 
yoʼqotadi, oshqozondagi va jigardagi toshlarni maydalaydi, shamollash, bavosil va 
boshqalarni tuzatadi. Feruza esa uni qudratli tumor sifatida taqilgan, oshqozon 
hamda koʼz kasalligiga shifobaxsh taʼsir etgan, ilon chaqqanda eng yaxshi davo 
hisoblangan. Shuning uchun qadimda kelinlar kiyimiga feruza taqishgan. Sadaf 
Sharqda ham, Yevropada ham yuqori baholangan. Undan toʼgʼnagʼich, baldoq, 
marjonlar ilma tugmalar yasalgan. Uni qadimda oshiqlar mahbubasiga sovgʼa 
qilgan. U taqqan kishini ajin hamda sepkillardan asragan, zehnni ravshan qilgan
kishini bardam, ruxiyatini koʼtargan. Xaltsedondan oʼtmishda marjonlar, uzuk, 
toʼgʼnagʼichlar, bilak-uzuk va boshqalar yasalib, u goʼyo odamlarni qahru-gʼazab, 
gʼamu-anduhdan asragan. Oʼzbek zargarligi juda qadimiy tarixga ega. Unga 
ibtidoiy jamoa tuzimi davrida asos solingan. Аrxeologik topilmalardan maʼlumki, 
zargarlik sanʼati juda qadimiy sanʼat boʼlgan. Eramizgacha boʼlgan I asrdan 
boshlab eramizning VIII asrigacha Аyritom, Аfrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, 
Bolaliktepada chiroylik xaykallar, devor bezaklari orqali zargarlik sanʼati 
rivojlanganligini koʼrish mumkin. Tosh asrining soʼngi davri neolitdayoq 
(eramizga IV-III ming yillikning oxirida) shildiroq, munchoqlar, har xil toshlar, 
chigʼanoq hamda suyaklardan yasalgan bezaklar topilgan. Bu esa zargarlikni 
rivojlanganligidan dalolat beradi. IV-V asrlarda zargarlik buyumlari kam 
ishlangan. Ular tosh, shisha, pastalardan qilingan. Masalan, Xorazmda shishadan 
qilingan sher va qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilgan. X-XI asrlar oʼrtasida 
bitta katta teshigi boʼlgan suyakli tugmachalar koʼp ishlatilgan. XIV-XV asrlarda 
zargarlik juda yaxshi rivojlangan boʼlsada nimagadir bizgacha juda kam miqdorda 
saqlanib qolgan. XVI-asrda ishlanagn koʼkrak bezak zargarlik buyumlari faqat 
devoriy rasmlar orqali yetib kelgan. XIV-XVII asrlarda zargarlik buyumlarining 
naqsh bezaklari judayam murakkablashib boradi. XIII-XIV asrlargacha zargarlik 


buyumlarida koʼpincha hayvonlar tasvirlagan boʼlsa, keyinchalik esa arab 
yozuvlari kompozitsiyaga kirib oʼziga xos koʼrinish berdi. Bu yozuvlar bir 
tomondan naqsh bezagi va ikkinchi tomondan maʼno jihatidan farqlanar edi. 
XVIII-asrda mugʼul bosqinchilaridan soʼng birinchi marta oltin tangalar ishlab 
chiqarila boshlandi. Zargarlik buyumlari oltindan, kumushdan va boshqalardan 
ishlandi. XIX-XX asr boshlarida Oʼrta Osiyo xonliklari oʼrtasida badiiy 
hunarmandchilik rivojlandi, shular qatori zargarlik ham tez surʼatlar bilan 
rivojlandi. Koʼpgina shaharlarda masalan, Xiva, Buxoro, Qoʼqon, Samarqand, 
Qarshi, Shaxrisabz, Toshkent, Аndijon, Urganch, Nurota, Kitob, Chust, Аsaka, 
G`ijdivon, Margʼilon va boshqa joylarda usta zargarlar boʼlib, ular maxsus 
mahalla-mahalla boʼlib yashaganlar. Shuning uchun zargar (zargaron) mahalla deb 
yuritilgan. Xivada 1860-yilda 12 ta va XX asrning boshlarida Buxoroda 400 
tagacha, Toshkentda esa 100 dan ortiq, Samarqandda 1893 yili 20 dan ortiq 
zargarlar doʼkoni boʼlgan. Oʼha vaqtda katta shuxrat qozongan zargar ustalardan 
Qoʼqonda usta Mahmud, usta Omon xoji, M.Rahimov, 
H.Najmiddinov, Namanganda usta Niyoz Ohun, Аndijonda usta Oybergan, 
X.Otaboev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samigʼiddin, 
А.Shoislomov, 
usta 
Mirhalil, 
Urganchda 
M.Аbdullaev, 
Samarqandda 
H.Yoʼldashev, I.Komilboev, V.Hafizov va boshqalar bor edi. Hozir 
respublikasizning Аndijon, Fargʼona, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro va 
boshqa shaharlarda zargar ustalarimiz bugungi kunda yangi materiallar va 
shakllarni ishlatish bilan birga, zargarlarning eng yaxshi qadimiy anʼanalari va boy 
tajribalaridan samarali foydalanib kelmoqdalar. Ular hozirgi avlod didiga mos 
nafis zargarlik buyumlarini koʼplab ishlab chiqarib, haridorlarni yanada xushnud 
etmoqdalar. 
Zargarlik buyumlari.Bezaklar. Аyollar libosining koʼp qismini egallaydi. Baʼzi bir 
zeb-ziynatlar bir umr taqib yuriladi.Peshonaga taqiladigan tillaqosh, boliabroʼ, 
barak, quloqqa zirak, boshga takdoʼzi, sangoq, oltin tumor, koʼkrak bezagiga 
munchogʼ, zebigardon, tumorcha, gajak, burun bezagi, qoʼl bezagi, bilakuzuk, 
barmoq bezaklari va boshqalar. Soch popuk – sochga taqadigan sochpopuk. 
Bilakuzuk – oltin, kumush, misdan yasaladi.Zebigardon – forscha-tojikcha boʼyin 
bezagi.Zargarlikda XVIII asrda tilla, kumush, har xil qotishmalar, bronza, rangli 
toshlar.Eng koʼp oltin – kumush ishlatiladi.XIX asrda oltin ishlatish koʼpaydi. 
Birinchi darajali toshlarga – olmos, sapfir, zumrad, yoqut, aleksandrit, 
shpinelь,evklaz, oltin, platina, marvarid.Ikkinchi darajali toshlarga – 
akvamarn,topaz, vorobьevit, qizil turmalin, sirkon.Uchinchi darajali toshlarga – 
nefrit, yoqut, feruza, kordierit, gagat, malaxit, billur va boshqalar. 
Oʻzbekistonda Zargarlik sanoati korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi huzuridagi 
"Fonon" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida. Ularning yiriklari: "1- 


Toshkent zargarlik korxonasi", "2-sonli zargarlik zavodi", "Hyp" davlat badiiy 
zargarlik markazi, "3-sonli zargarlik zavodi", "Kumush" Oʻzbekiston-AQSH 
qoʻshma korxonasi, "EyshnReyz" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi 
(Toshkent sh.), Shaxrisabz zargarlik korxonasi (Shahrisabz sh.), Burchmulla 
zargarlik zdi (Burchmulla qishlogʻi). 1992-yilda ishga tushgan Zarafshon 
shahridagi Navoiy zargarlik zdi (avvalgi "Zarispark" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma 
korxonasi) respublikadagi yetakchi zargarlik korxonasi hisoblanadi. 
Bu korxonalar 585 va 750 asillik darajali (probali) tilla qotishmasi, 925 asillik 
darajali kumush qotishmasidan turli xildagi zargarlik buyumlari (sirgʻa, uzuk, 
zargarlik zanjirlari, sovgʻabop mahsulotlar, kumushdan yasalgan oshxona 
anjomlari, yuqori badiiy sifatga ega boʻlgan zargarlik buyumlari, yakka 
buyurtmalar, yangi zargarlik buyumlarining modellari)ni ishlab chiqaradi. 
Shaxrisabz va Burchmulla zargarlik korxonalarida zargarlik buyumlarini i.ch. bilan 
birga qimmatbaho va qimmatbaho boʻlmagan toshlarga qirrali ishlov beriladi. 
"Fonon" IIB ilmiy-texnika labolatoriyalarida zargarlik sohasida ishlatiladigan turli 
rangdagi sunʼiy kristallar oʻstiriladi. 
Zargarlik sanoati korxonalari bilan bir qatorda Respublikada buyurtmachining 
ashyosidan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni taʼmirlash bilan 
shugʻullanuvchi zargarlik ustaxonalari va yakka tartibda ishlovchi zargarlar ham 
faoliyat koʻrsatmoqda). Respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan 
keltiriladigan Zargarlik sanoati mahsulotlari sifati va asillik darajasini Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-fevraldagi farmoni bilan tashkil qilingan 
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi nazorat qiladi. 2001-yil 7-dekabrda 
"Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi 
toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1999-yilning 4- 
iyunida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi 
Asillik darajasi palatalarining Yevropa uyushmasiga toʻla huquqli aʼzo boʻldi. 
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan 
buyumlarning sofligini tekshirish va tamgʻalash Xalqaro konvensiyasiga kirish 
masalalari bilan 1996-yildan shugʻullanib keladi va kuzatuvchi mamlakat 
maqomida uning barcha kengashlarida qatnashadi. 
Oʻzbekiston zargarlik sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladigan rangli metallar, 
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar respublikaning oʻzidagi sanoat 
korxonalarida ishlab chiqariladi va konlardan qazib olinadi. 
Xorijda zargarlik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga AQSH, Italiya, Buyuk 
Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Xitoy va boshqa 
mamlakatlar kiradi. 


Yurtimizda zargarlik sohasini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar. 
Jahon bozorida oltinning 50 foizidan ortig‘i, yaʼni 2200 tonnadan ziyodi hamda 
kumushning 20 foizidan ko‘prog‘i, yaʼni 6500 tonnadan ortig‘i zargarlik 
buyumlarini ishlab chiqarishga ishlatiladi. Dunyoning 
zargarlik sanoati 
rivojlangan mamlakatlari qatoriga Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, 
Rossiya, Hindiston, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarni kiritish mumkin. 
Maʼlumki, zargarlik sanʼati o‘zbek milliy, badiiy madaniyati tarixining ajralmas 
qismi bo‘lib kelgan. Uning ko‘p asrlik anʼanalarini tiklash va takomillashtirish, 
mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishi va tizimdagi ishlab chiqaruvchi 
korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, 
ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash, 
shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan 
talabini qondirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 18-maydagi 
“O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora- 
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon 
tufayli mamlakatda mahalliy zargarlik tarmog‘ini tiklash va rivojlantirish, 
shuningdek ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallardan foydalanish huquqi 
berilib, mahalliy zargarlik mahsulotlari hajmini kengaytirilishiga zamin yaratdi. 
Shu bilan birga, ushbu farmon bilan sohada tizimli kamchiliklarning mavjudligi 
eʼtirof etilgan holda investitsiyalarni faol jalb qilish, sifatli zargarlik mahsulotlarini 
ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya 
qilish va yangilarini tashkil etish, ushbu mahsulotlar eksportini kengaytirishga 
to‘sqinlik qilib, tarmoq rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan omillarga chek 
qo‘yildi.Bundan tashqari, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subʼektlariga bir nechta xuquq va imtiyozlar berildi. 
Jumladan, metall xom-ashyosini (oltin, kumush va ularning parchalarini) sotib 
olish va taʼminlanish bo‘yicha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga 
quyidagi huquqlar: 
- «Navoiy KMK» DK va «Olmaliq KMK» АJdan qimmatbaho metallarni (oltin va 
kumush) o‘lchov plastinalari ko‘rinishida, shuningdek, 5 gramm va undan ortiq 
bo‘lgan og‘irlikdagi va granulalarni (qimmatbaho metallar sof og‘irligiga qayta 
hisoblaganda) London qimmatbaho metallar birjasining tonggi fiksingi 
asosida milliy valyutada sotib olish; 
- sotib olingan qimmatbaho metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab 
chiqaruvchilariga sotish imkoniyatlari berildi. 
Shuningdek, farmonning 3-bandiga asosan, 2019-yil 1-iyundan boshlab 
qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan milliy valyutadagi tijorat 
banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Markaziy bankning qayta 


moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq kreditlar bo‘yicha 5 foizlik punktdan 
ortiq bo‘lmagan qismida qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash 
davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali mahalliy zargarlik 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
mexanizmi joriy etildi. 
O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda zargarlik 
buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni sotib olishi uchun qisqa 
muddatli revolver (qayta tiklanuvchi) kreditlarni ajratish amaliyoti kengaytirildi. 
Farmonning 13-bandida, yaʼni Tadbirkorlik subʼektlariga vakolatli davlat organi 
tomonidan beriladigan litsenziya asosida affinaj faoliyati bilan shug‘ullanishda 
quyidagi huquqlar: qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish uchun birja 
savdolarida ishtirok etish; aholidan qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin 
izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini
ularni ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan parchalar va chiqindilarni sotib olish; 
mamlakatimiz har bir hududda shu jumladan Toshkent shahrida tayyor zargarlik 
buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni o‘z ichiga 
oluvchi zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etilishi 
nazarda tutilgan. 
Shubhasiz, mazkur Farmonning qabul qilinishi zargarlik sohasida mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etish, zamonaviy zargarlik tarmog‘ini shakllantirishning 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Jumladan: O‘zbekistonning turli hududlarida 
zargarlik sanʼatining ko‘p asrlik anʼanalarini saqlash va rivojlantirishga; zargarlik 
tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga 
oshirishni muvofiqlashtirish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiyaviy va 
eksport siyosatini izchil olib borishga; tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni samarali 
tashkil etish, uning dizaynida talab etilayotgan yo‘nalishlar va texnologiyalarni 
o‘zlashtirish, 
xalqaro 
talablarga 
muvofiq 
zargarlik 
mahsulotlarini 
sertifikatlashtirish va standartlashni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy 
usullarini keng joriy etishga; mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish ichki va 
tashqi bozorlarda zargarlik buyumlariga bo‘lgan narxlarni shakllantirishga; dunyo 
bozorlarida raqobatbardosh bo‘lgan, yuqori likvidli zargarlik mahsulotlari va 
qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan sanʼat mahsulotlari 
ishlab chiqarilishini tashkil etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini hamda 
zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsiyaviy izlanishlarni tatbiq etish 
tajribasiga ega xorijiy investorlarni jalb etishga va qolversa, zargarlik sanoati 
uchun tizimli professional kadrlar tayyorlashni tashkil etish va yangi ish o‘rinlari 
yaratishga yo‘naltirilganligi bilan ham jozibadordir. 


Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, respublikamizda bu borada mavjud boy 
mineral-xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda zargarlik sanoatini 
istiqbolda Markaziy Osiyoda eng yetakchi ishlab chiqaruvchi sohalardan biriga 
aylantirishimiz lozim bo‘ladi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling