Hamdamov samandarning industrial iqtisodiyot
SАNОАT KООPЕRАTSIYASINI RIVОJLАNTIRISH YO`NАLISHLАRI
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
HAMDAMOV SAMANDARning Industrial iqtisodiyot fanidan mustaqil ish (1)
4. SАNОАT KООPЕRАTSIYASINI RIVОJLАNTIRISH YO`NАLISHLАRI
Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida amalga oshadi.Kooperatsiya - bu ma`lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo`yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma‘lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg`i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta‘minotidan farqlanadi. Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog`liq bo`lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi. Kooperatsiya lotincha cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash degan manoni anglatadi,jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi,ikki yoki bir necha mamlakatlarning xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma yoki oʻzaro muvofiklashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishining universal shakli. Bunday Kooperatsiya mahsulot ishlab chiqarishni taqsimlashga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni oʻzaro kafolatlash, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilishga asoslanadi. Oʻzbekistonda ishga tushirilgan "SamKochavto", "Kabul-Oʻzbek", "Oʻzdunrobita", "OʻzKeysmash" va boshqa korxonalar K. asosida faoliyat yuritadi (qarang Mehnat kooperatsiyasi, Matlubot kooperatsiyasi, Uy-joy kooperatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi va b.) Deylik, dehqonlar ayri-ayri dehqonchilik qilishadi. Biir kun kelib birlashib harakat qilishsa yaxshiroq foyda olishlarini anglashadi va harakatlarini, vositalarini birlashtirishadi. Va... ishlari yurishadi. Chunki bu yerda... ongli ravishda, foydani ko‘zlab birlashish yuz berdi. Ya’ni haqiqiy kooperatsiya faqat va faqat birlashish foyda keltirganda, tomonlar shu foydani ko‘ra olishganda yuz beradi. Tabiiyki, ishlar kooperatsiyagacha yetib borishi uchun tomonlar erkin, o‘z xo‘jaligining haqiqiy egasi bo‘lishi kerak. Tasavvur qiling, hokimlar bularning boshi ustida buyruq berib tursa, vositalariga xo‘jayinlik qilib tursa... bular kooperatsiya haqida o‘ylay olishadimi? Heh, yo‘q albatta! Bularning g‘ami bitta bo‘ladi – hokimning zug‘umidan qutulish. Ha, darvoqe, yana bir narsa – ishlar kooperatsiyagacha yetib borishi uchun... vaqt kerak. Bular hokimlarning zo‘ravonligidan qutulgandan keyin o‘zlariga kelishi, erkinlik nima ekanini his qilishlari, xullas, ust-boshlarini qoqib olishlari kerak. Shundan keyingina kooperatsiya haqida o‘ylay boshlashadi. Buni hisobga olish kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-mart kuni sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni yanada kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Davlatimiz rahbarining shu yil 24-yanvardagi qarori bilan 2022-yilga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 2 ming 455 ta loyiha doirasida qariyb 37 trillion soʻmlik yangi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yigʻilish avvalida ushbu loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani koʻrsatib oʻtildi. “Elektron kooperatsiya” portali orqali tuzilgan shartnomalar ayrim hududlarda bajarilmagan. Elektron savdolarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi korxonalar ulushi 1 foizga ham bormaydi. Kooperatsiya yetishmasligi sababli yurtimizda ishlab chiqarish mumkin boʻlgan ayrim tovarlar importi oshgan. — Bugungi oʻzgaruvchan sharoitda iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashning eng samarali yoʻli bu – ichki imkoniyatlarni ishga solish, import boʻlayotgan ayrim mahsulotlarni oʻzimizda ishlab chiqarish va sanoatni yanada rivojlantirish. Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor yoʻnalishi boʻlishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Yigʻilishda shu boradagi muhim chora-tadbirlar belgilandi. Yirik korxonalar bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiyani mahsulotlar kesimida yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. Misol uchun, Navoiy kon metallurgiya kombinati xorijdan olayotgan mahsulotlar va ularga texnik talablar haqidagi maʼlumotlarni “kooperatsiya portali”ga joylashtirgandan soʻng, ilgari import qilingan 600 milliard soʻmlik mahsulotlarni hozir 18 ta mahalliy korxona yetkazib bermoqda. Prezident bu tajribani barcha tarmoq va hududlarda yoʻlga qoʻyish, import qilinayotgan mahsulotlarni oʻzlashtirishga tadbirkorlarni jalb etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Shu maqsadda sanoat yarmarkalari oʻtkazish tartibi ham oʻzgartiriladi. U yerda tayyor mahsulotga xaridor topish bilan birga, oʻzlashtirishga tavsiya qilinayotgan tovarlar boʻyicha biznes rejalar ham ishlab chiqiladi. Loyihaga qiziqqan tadbirkorlar shu yerning oʻzida buyurtmachi bilan xarid shartnomalarini, banklar bilan moliyalashtirish masalasini kelishib oladi. Buning uchun «Oʻzekspomarkaz»da doimiy ishlaydigan sanoat koʻrgazmasi, viloyat markazlari va sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning «shou- rum»lari tashkil etiladi. Shu bilan birga, yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, mahsulotni xorijda sertifikatlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi aytildi. Yigʻilishda jahon bozorida roʻy berayotgan oʻzgarishlar atroflicha tahlil qilindi. Xomashyo olib kelib, bojxona hududida qayta ishlab, eksport qiladigan korxonalarga, apreldan boshlab, qator imtiyoz va yengilliklar berilishi belgilandi. Jumladan, ularning loyihalari uchun texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona toʻlovlari taʼminoti talab etilmaydi, ularga ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, olib kelingan dastgohlar uchun bojxona bojlari undirilmaydi. Yangi bozorlarga kirish uchun sanoatga xalqaro standartlarni keng joriy qilish ham zarur. Misol uchun, 2019-2021-yillarda toʻqimachilik yoʻnalishidagi 2 mingta korxona xalqaro sertifikat olgani hisobiga ularning eksporti 1,5 barobarga oshgan. Qolaversa, yaqinda “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi Oʻzbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Bu ham katta imkoniyat, yangi bozorlar, degani. «Oʻzstandart» agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalarni boshqa tarmoqlarda ham koʻpaytirish, hududlardagi “Loyiha ofislari” huzurida Xalqaro standartlarni oʻrgatish markazlarini tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Yurtimizda xomashyosi boʻlgan yana bir sanoat tarmogʻi bu – qurilish materiallari. Bu boradagi geologiya zaxirasini kengaytirishga 100 milliard soʻm ajratilgan. Joriy yilda 1 milliard 800 million dollarlik 420 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Mutasaddilarga ushbu loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish, qurilish materiallari eksporti hajmini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Farmatsevtika tarmogʻida mavjud quvvatlarni toʻliq safarbar etish va import oʻrnini toʻldirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Maʼlumki, sanoat korxonalari ilm va innovatsiyadan ajrab qolsa, yangi raqobat sharoitiga moslashishi qiyin boʻladi. Shuning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga hududlardagi korxonalarni zamon talabiga uygʻunlashtirish, mahsulot sifatini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha vazifalar yuklatildi. Farovon yashash uchun odamlar doim tadbir ko‘rishgan – tadbirkorlik qilishgan. Biroq bir kun kelib alohida-alohida emas, balki birlashib harakat qilish yaxshiroq ekanini, aynan birlashib harakat qilganda ko‘proq foyda olish, vositalardan birgalikda foydalanish mumkinligini anglashgan. Bu iqtisodiyotda kooperatsiya deyiladi. Kooperatsiyaning mohiyati shundaki, bunda odamlar O‘Z XOHIShIGA BINOAN, foydasini ko‘zlab birlashishadi, buyruqqa binoan emas. Chunki buyruq bilan bo‘lsa, bu kooperatsiya bo‘lmaydi. Allambalo boshqa narsa bo‘ladi. Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 1.Buyumli (Agregatli) kooperatsiya; 2.Texnologik kooperatsiya; 3.Tarmoqlararo kooperatsiya; 4. Iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya. Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin. Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o`rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo`yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi. Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko`rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog`i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin.O`zaro bog`liq bo`lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling