Fan : Iqtisodiy geografiya O'qituvchi : Rustamov Azizbek Bajardi : bi-320 guruh kursanti Raxmonov Doniyor


Download 0.8 Mb.
bet1/2
Sana28.10.2020
Hajmi0.8 Mb.
#137376
  1   2
Bog'liq
referat 1-dars ( iqtisodiy geografiya )




O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining

Bojxona instituti


Fan : Iqtisodiy geografiya

O'qituvchi : Rustamov Azizbek

Bajardi : BI-320 guruh kursanti Raxmonov Doniyor

Mavzu : Ishlab chiqarishni tashkil etishning kooperatsiya va kombinatsiya shakllari



Reja:


  1. Ishlab chiqarishni tashkil etish

  2. Ishlab chiqarishni tashkil etish asosiy shakllari : kooperatsiya va kombinatsiya hamda ularning farqlari

  3. O'zbekistonda kooperatsiya va kombinatsiyani rivojlantirish jarayoni

Dastlab, ishlab chiqarish o'zi nimaligini tushunib olishimiz zarur. Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko'rinishini o'zining iste'moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Masalan, kishilar tabiatda mavjud bo'lgan yerdan foydalanib, turli hil dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtiradilar. O'rmonlardagi daraxtlardan foydalanib, ularning shaklini o'zgartirib, turli xil yog'och buyumlar yasaydilar, uylar quradilar. Yer bag'rida ( konlarda ) mavjud bo'lgan turli rudalar ( temir, mis, ruh, qo'rg'oshin va h.k.), mineral xomashyolardan foydalanib, o'zlari uchun zarur iste'mol buyumlari, ishlab chiqarish vositalari yaratadilar. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo , tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o'zaro ma'lum munosabatda bo'ladilar. Ishlab chiqarish bu - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni hamda ishlab chiqarish omillarini iste'mol uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy nе’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi.Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari bo’lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va istе’mol qiladigan nе’matlarning o’zi bo’lmaydi. Inson istе’molsiz yasholmaganidеk, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi.Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Ishlab chiqarish jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida zarur va muhim hisoblanadi. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo'llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi.


Kooperatsiya so'zi - lotin tilidan olingan bo'lib, hamkorlik , birgarlikda ishlash, faoliyat yuritish degan ma'nolarni anglatadi. Insonlarning biror mahsulotni yaratish maqsadida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish

uchun ixtiyoriy birlashuvi, bir nechta davlatlarning xorijiy hamkorlari bilan qo'shma ishlab chiqarishni tashki etishlari kabilar kooperatsiya hisoblanadi. Ishlab chiqarishnib murakkabligi kooperatsiyada ishtirok etadigan korxonalar sonini belgilashda asosiy rol o'ynaydi. . Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqga tegishli bo'lmasligi mumkin. Bundan tashqari kooperatsiyada korxonalarning bir joyda joylashuvi uncha ahamiyatga ega emas , shunga ko'ra, ko'plab kooperatsiya ishtirokchilari hududda joylashmaydi , ya'ni tarqoq joylashuvi kuzatiladi. Kooperatsiyaning turli shakllari mavjud, masalan mehnat kooperatsiyasi, matbuot kooperatsiyasi , qishloq xo'jaligi kooperatsiyasi va boshqalar. Yuqorida, kooperatsiyada ishtirok etadigan korxonalar soni ishlab chiqariladigan mahsulotning murakkabligiga bog'lik dedik. Masalan, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalarini ishlab

chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalar ishtirok etadi va ularning har biri alohida vazifani bajaradi.

Masalan, kooperatsiyaga davlatimizdagi " UzAutoMotors " yengil avtomobil ishlab chiqarish zavodini va shunga o'xshash korxonalarni misol qilish mumkin. [ 1-rasm ] " UzAuto Motors " kompaniyasi 100 dan ortiq korxonalar bilan kooperatsiya jarayonini amalga oshiradi, asosiy yetkazib beruvchilari, bular «GM Powertrain Uzbekistan», «Uz Koram»,«Uz Koje» «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Hanwoo», «Uz Dong Won Ko», «Uz Dong Ju Paint», «Uz Chasis»,«Uz Sangwoo», «O`zAuto Austem», «Uz Minda», «Jizzax Akkumulyator Zavodi», «Uzeraealternator», «Uzerae Climate Control», «Uzeraeacable», «Uz Hanwoo Engineering», «Kwangin Autosystems», «Avtooyna» va boshqalar. Kooperatsiya ishtirokchilari orasida asosiy yakunlovchi yoki yig'uvchi bosh korxona ko'p joydan asbob — uskunalar , detall va jihozlar olar ekan, u transport geografik jihatdan qulay nuqtada joylashishi zarur hisoblanadi.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling