Fan : Iqtisodiy geografiya O'qituvchi : Rustamov Azizbek Bajardi : bi-320 guruh kursanti Raxmonov Doniyor
[ 1-rasm ] " UzAuto Motors " kompaniyasi
Download 0.8 Mb.
|
referat 1-dars ( iqtisodiy geografiya )
- Bu sahifa navigatsiya:
- [ 2-rasm ] Navoiy kon metallurgiya kombinati konlaridan birida ish jarayoni
- 2019-yil 24-avgust
- Elektron kooperatsiya portali
- 3-rasm ( Ozbekiston Respublikasi Elektron kooperatsiya portali sayti )
[ 1-rasm ] " UzAuto Motors " kompaniyasi Kombinatsiya - kombinatlash, kooperatsiya o'xshab bir nechta korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo, kombinatsiyada kooperatsiyaga o'xshab korxonlarning tarqoq holda joylashuvi emas, balki mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning bir hududda joylashganligi, ya'ni hududiy umumiyligi tushuniladi. Shu sababdan, kombinatsiyada kooperatsiyadan farqli ravishda ko'proq hudud asosiy ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishni tashkil etishning bu ikki shakliga yuzaki qaraganda bir-biriga juda o'xshash hisoblanadi, ammo ular o'rtasida boshqa farqlar ham bor. Sanoatda kombinatlar bir nechta texnologik jihatda bog'liq bo'lgan zavod yoki sexlar tashkil topgan bo'ladi. Bunga misol qilib, qora metallurgiya kombinatlari, aniqrog'i cho'yan , po'lat va prokat ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmalari. Agar ularning aqalli bittasi bo'lmasa, kombinat to'liq siklga ega emas. ( Navoiy kon-metallurgiya kombinati shunday korxonalardan ) [ 2-rasm ] [ 2-rasm ] Navoiy kon metallurgiya kombinati konlaridan birida ish jarayoni To'qimachilik kombinatlari yigiruv, bo'yoqlash va tayyorlash sexlaridan iborat. Xom - ashyo bitta - paxta tolasi va pilla mahsuloti hisoblanadi. Go'sht kombinatida ham yagona xom-ashyo asosida bir nechta mahsulot, ya'ni go'sht, konserva , kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan , masalan, suyak va qondan qishloq xo'jaligi hamda tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa qayta ishlangandan so'ng poyabzal sanoatida ishlatiladi. O'rmon, sement, shifer , kimyo kimyo kombinatlarining ham tuzilishi xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatida ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasu va par ( bug' ) beradi. Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko'pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozlikda " kombinat " so'zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu yerda ham u mavjud , zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda , xalq iste'mol mollar ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba‘zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi va shunga o’xshash turli xil xalq iste‘mol mollarini ham ishlab chiqaradi. Umuman olganda ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o'zaro bog'liq. Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo'g'inlari ham u yoki bu ko‘rinishda birlashuvni anglatadi. Biroq , bu yerda ularming bir joyda to‘planganligi, yig'ilganlik darajasi boshqa joylarga hisbata! yuqori bo'liishi lozim, aks holda tom ma'noda birlashuv, kombinatsiyalashuv bo'lmaydi. Mujassamlashuv yoki ixtisoslashuv ayni paytda shu sohaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko’lami bilan o‘Ichansa , ixtisoslashuvda esa u o’z ifodasining yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi. Hozirgi sharoitda, mam|akat iqtisodiyotini ham " pastdan " ham " yuqoridan " ko’rish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari orqali yoki ular bilan hamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo'lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o‘zimizda tayyorlash imkoniyatlarini vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va resurslardan to'la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko’proq tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish va Jahon bozorida faol ishtirok etishiga katta ahamiyat berish lozim. Ma’lumki, O‘zbekiston sanoatini zamon talablari asosida rivojlantirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turini kengaytirish masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Mamlakatimizda mahalliylashtirish va kooperatsiyanini tizimli rivojlantirish uchun 2019-yil 24-avgustda Prezidentimizning PQ-4426 sonli Qarori qabul qilindi. Mamlakatimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yagona tizimning mavjud emasligi ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayotganligiga hamda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish darajasining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu Qarorda respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yagona tizim yaratish, tarmoq va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq va samarali foydalanish orqali buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va import hajmini yaxshilash maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan. Bundan tashqari davlatimizda kooperatsiyani rivojlantirish, uni takomillashtirish maqsadida " Elektron kooperatsiya portali " tashkil qilingan. [ 3-rasm ] Elektron kooperatsiya portali ( www.cooperation.uz ) hamkorlarni izlash hamda uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yadigan sheriklarni topishning qulay va muhim vositasi bo‘lib, masofadan turib sanoat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni ta'minlaydi. Portalning asosiy maqsadi, mahalliy sanoat ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik biznes subyektlarini ishlab chiqarishga keng jalb qilish hamda sanoat koopreratsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish hisoblanadi. 3-rasm ( O'zbekiston Respublikasi Elektron kooperatsiya portali sayti ) Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling