Hamidulla Dadaboyev
Beshinchi mavzu: Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
Beshinchi mavzu: Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski
o‘zbek adabiy tili terminologiyasi Reja: 1. Qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzuiy guruhlari. 2.Eski o‘zbek tili terminologiyasining hosil bo‘lish yo‘llari. 3.O‘zbek tili terminologiyasining boyish manbalari. Asosiy tushunchalar: adabiy til, til xususiyatlari, so‘zboylik, runik bitiktoshlar, ijtimoiy-siyosiy terminlar, soliq va boj terminlari,tibbiy terminlar, ekstralingvistik omillar, terminlarning yasalishi, o‘zlashmalar,eski o‘zbek adabiy tili, zoonimlar, anatomik terminlar, astroponimlar. Turkiy yozma-adabiy tilning dastlabki namunalari sirasiga kirmish qadimgi run bitiklari, shubhasiz, turkiy xalqlar ajdodlariga xos yuqori darajada shakllangan lisoniy madaniyatidan darak beruvchi manba vazifasini o‘taydi. Qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari O‘rxun-Yenisey(Enasoy) tosh bitiklari va epitafiyalarida o‘z ifodasini topgan. Runik obidalar janr nuqtai nazaridan olti guruhga taqsimlanadi: tarixiy–biografik bitiklar: Kultegin, Mo‘g‘ilon (Bilga qag‘an), Kulichur, To‘nyuquq, O‘ngin, Selenga, Sujun, Qorabalg‘asun bitiktoshlari; 32 epitafik bitiklar: Yenisey, Talas, Tuva, Xaqosiya qabr toshlari; qoyalar,toshlar va qurilishlardagi (Xo‘yto‘-Temir) bitiklar; diniy matnlar: folkitobi “Folnoma”; Turfondan topilgan yuridik/huquqiy hujjatlar ; Maishiy narsa-buyumlardagi bitiklar. Runik bitiklar va ilk eski turkiy til obidalari leksikasi tarkibida bir qancha terminologik tizimlarning mavjudligini turkiyshunoslikda olib borilgan izlanish va maxsus tadqiqotlar tasdiqlagan. Xususan, qo‘yidagi mavzui guruhlarga oid terminologik tizimlar bitiklar matnida faol qo‘llangan: Ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi – qağan “Oliy hukmdor, xoqon”, tegin “taxt vorisi, xonzoda”, šad “Turk va Uyg‘ur xoqonligida oliy harbiy- ma’muriy unvon”, yabğu “G‘arbiy turk xoqonligi hukmdori”, qatun “ malika”, tudun “nazoratchi”, tutuq “viloyatning harbiy hukmdori”, tarqan “ hokim”, beg “bek, boshliq”, eltäbär “azlarning sarkardasi”, sabčï “elchi”, yolčï “boshliq”, bağa (sug‘d)“unvon, lavozim”, ïšbara (sanskrit) “unvon, mansab” va h.k. Harbiy terminlar – kőrűg “ayg‘oqchi, josus”, ayğučï “harbiy maslahatchi”, sűbašï “sarkarda, lashkarboshi”, yerči “yo‘l ko‘rsatuvchi, qulavuz”, sűƞűš “jang, urush”, sűƞűg “nayza”, sű “lashkar, qo‘shin”, buyruq/buyuruq “farmonbardor”, qïšlaq “qish mavsumi uchun mo‘ljallangan lashkargoh, lager”, qurğan “qo‘rg‘on, istehkom”, barğu “o‘lja”, tegiš “jang”, kedim “sovut; yopinchiq”, yelmä “g‘oratgar askariy guruh”, bulun “bandi, tutqun”, asir (ar.) “tutqun, asir” va h.k. Savdo-sotiq, moliya bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi istilohlar: arqïš “savdo-sotiq karvoni”, sat- “sotmoq”, satïğ “savdo-sotiq”, satïğčï “tojir, savdogar”, berim alïm “qarz”, alïm berim “qarz”, otağ “qarz”, otağčï “qarzdor”, ribat “rabot, karvonsaroy”, bergűči “sudxo‘r, qarz beruvchi”, baqïr “pul birligi; mis tanga”, dinar “dinor (oltin tanga) va h.k. Soliq va boj terminlari tizimi – berim “to‘lov”, qabïn “tayyor mahsulot bilan to‘lanadigan soliq turi”, qubčïr “davlat tomonidan fuqarolardan undiriladigan jon solig‘i”, rabjat “qullardan undiriladigan soliq”va h.k. Zoonimlar – buğra “ erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”, ud “qoramol (buqa yoki sigir), qağatïr “xo‘kiz”, bőri “bo‘ri”, bars “yo‘lbars”, Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling