Hamidulla Dadaboyev
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
Savol va topshiriqlar:
Struktur-semantik jihatdan o‘zbek terminologiyasining asosini qanday so‘zlar tashkil qiladi? Chet tilidan o‘zlashayotgan terminlarni aynan qabul qilish maqsadga muvofiqmi? Terminologiyada polisemiyaning mavjud bo‘lishi ma’qulmi? Termin yasashda qaysi usul eng sermahsul hisoblanadi? O‘zbek tili terminlarini yasashda qaysi so‘z turkumlari ishtirok etadi? Ot turkumli termin(turdosh ot)larning affiksal usul bilan yasalishi haqida baxs yuriting. –chi affiksli model bilan yasalgan tarixiy terminlarni tavsiflang. –lik affiksli model qanday ma’noli ot-terminlarni hosil qiladi? –g‘ich/-gich//-qich/-kich affiksli model qanday ma’noli terminlarni yasaydi? O‘zbek tili terminlarining yasalishida o‘zlashma qo‘shimchalarning o‘rnini belgilang. –ma affiksli yasama terminlarning ma’no-mazmuniga diqqat qarating. Quyidagi matnda qo‘llangan o‘zlashma terminlarni izohlang. Absorbsiya-eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent)larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga absorbsiyalanishidan neftni qayta ishlash, koks-benzol va h.k. sanoat sohalarida foyalaniladi. Absobsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya deyiladi, u eritma yutgan gazni ajratib olish va absorbentni regeneratsiya qilishda qo‘llanadi. Test: 1. Termin yasashning eng mahsuldor usulini belgilang. A. kompozitsiya V. kal’kalash S. affiksatsiya D. konversiya 2. Qaysi so‘z turkumiga oid terminlar o‘zbek terminologiyasining asosini tashkil etadi? A. fe’l V. ot S. sifat D. ravish 3. Alisher Navoiyning qaysi asarida so‘z yasalishi xususida fikr yuritilgan? 69 A. Mezon ul-avzon V. Tarixi muluki ajam S. Muhokamat ul-lug‘atayn D. Tarixi anbiyo va hukamo 4. paxsachi, yag‘chi, chag‘irchi, bichaqchi terminlari qaysi olimning asarida qayd etilgan? A. Alisher Navoiy V. Mahmud Koshg‘ariy S. Mahmud Zamaxshariy D. Ulug‘bek 5. –chi affiksli terminlar semantik strukturasiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? A. uch V. to‘rt S. besh D. ikki 6. qiltiqcha, kokilcha, pufakcha terminlari qaysi fan sohasiga oid? A. tibbiyot V. biologiya S. zooologiya D. anatomiya 7. “Qaychi” ma’nosidagi bichg‘uch motivlangan termini eski turkiy tilga xos qaysi manbada qo‘llangan? A. Xusrav va Shirin V. Muhabbatnoma S. Qutadg‘u bilig D. Devonu lug‘otit turk 8. –ma affiksi qachondan e’tiboran faol qo‘llanishga qirgan? A. VIII asr V. XI asr S. XIII asr D XIV asr 9. Ish-harakatning nomini anglatuvchi terminlar qatorini belgilang. Siquv, tintuv V. tergov, to‘lov S. o‘lchov, kelishuv D. bitishuv, qurshov 10. Ish-harakt vositasini ifodalovchi terminni aniqlang. A. qochoq V. o‘toq S. o‘roq D. yo‘lak Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling