Hamidulla Dadaboyev
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
zanjirsimon (biol.), odamsimon, qisqichbaqasimon, kitsimon,
krotsimon (ko‘rsichqonlar), o‘rgimchaksimon, maymunsimon, tatinsimon (masalan, burunduqlar, olasichqonlar), mushuksimon, itsimon, bug‘usimon. Ba’zan tibbiyot, kimyo va anatomiyaga doir tushunchalarni ifodalashda qatnashadi: bargsimon (tib. barg), gazsimon, qalqonsimon ( anat. bez), ipsimon, kipriksimon va h.k. – aro so‘z - affiksli so‘z yasovchi model Asl turkiy –aro (“promejutok”) so‘z - affiksli ushbu sermahsul model ilmiy va texnikaviy sohaga xos terminlarni yasashda faol ishtirok etadi: : xalqaro, qit’alararo, planetalararo, fanlararo, korxonalararo, millatlararo, xo‘jaliklararo, hujayralararo (biol. hujayra ), qobirg‘alararo (tib. qobirg‘a), turlararo (biol.tur ), zonalararo, banklararo (iqt.) va h.k. be- prefiksli so‘z yasovchi model Kelib chiqishi jihatidan fors - tojik tiliga xos be- prefiksli ushbu kammahsul model asosdan anglashilgan sifat, fazilatning mavjud emasligi, yo‘qligini ifodalaydi: betaraf, bevosita (harb. vosita ), begunoh, bexatar, bevatan va h.k. no- prefiksli so‘z yasovchi model Fors-tojik tilidan ancha barvaqt o‘zbek adabiy tiliga kirib kelgan no- old qo‘shimchali mazkur kammahsul model ishtirokida inkor ma’nosini bildiruvchi sifat-terminlar yasaladi: nomahfiy, noqonuniy, noma’lum (harb. ma’lum), nodavlat, notijorat, noaniq (lingv. aniq ), nochiziqli, norasmiy, nostandart, nokontakt, nobiologik, nokristallilik va h.k. ser- prefiksli so‘z yasovchi model 73 Forscha – tojikcha ser – prefiksli bu mahsuldor model ot so‘z turkumli so‘zlardan asosda voqelangan mo‘l-ko‘llik ma’nosini ifodalovchi sifat-terminlarni yuzaga chiqaradi: sersuv, sergo‘sht, seryomg‘ir, serildiz, serkepak, sersut, sertola, serchiqit, serunum va h.k. Ser – prefiksli modelning nafaqat sof o‘zbekcha (turkcha) shuningdek, forscha-tojikcha, arabcha va ruscha-baynalmilal leksik birliklardan ham sifat-terminlar yasashini alohida ta’kidlash kerak bo‘ladi- serdaromad, sermahsul va h.k. kam - prefiksoidli so‘z yasovchi model Kam- o‘zbek tili grammatikasiga tegishli ba’zi bir asarlarda qo‘shma sifatlarning birinchi komponenti tarzida baholansa, boshqa birlarida esa prefiksoid sifatida belgilanadi. Ilmiy terminologiyada ancha mahsuldor hamda faol hisoblanuvchi kam- prefiksoidi qatnashgan model boshlang‘ich asosdan anglashilgan miqdorning ozligi ma’nosini ifodalovchi sifat-terminlarni yasaydi: kamqon, kamsut, kamsuv, kamhosil, kamdaromad, kamxarj, kamxarajat, kamquvvat, kamchiqim, kammahsul va h.k. – (v) iy affiksli so‘z yasovchi model Arab tilidan o‘zlashgan - (v) iy affiksli model ot turkumidan sifat-terminlarni yasash uchun xizmat qiladi. -(v) iy affiksli model unli fonemelar bilan tugagan otlardan tubandagi terminlarni hosil qiladi: konstitutsiyaviy, yadroviy, kimyoviy, fizikaviy, ma’noviy, fuqaroviy, samoviy, kolliziyaviy (kolliziya), oilaviy, fazoviy va h.k. Undosh fonema bilan tugagan otlardan nisbiy sifat- terminlar yasaydi: miqdoriy, ma’muriy, harbiy, tibbiy, qonuniy, intizomiy, iqtisodiy, majburiy, ixtiyoriy, majoziy, tahliliy, tavsifiy, tanqidiy,turkiy, forsiy va h.k. -(v)iy affiksi qo‘shilishi natijasida –a, -at bilan tugaydigan arabcha otlar ushbu qo‘shimchlarini tushirib qoldiradi: milliy (millat ), siyosiy (siyosat), ijtimoiy (ijtimoiyot), moddiy (modda), Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling