Hamidulla Dadaboyev


Ikki tarkibli termin-birikmalar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

Ikki tarkibli termin-birikmalar: so‘z turkumi, atoqli ot, 
umumiy summa, axborot maxfiyligi, kodlash usuli, korporotiv sayt, 
aksiz boj, yashirin soliq, yillik daromad, valyuta tushumi, zarbdor 
aviatsiya, avtomobilchilar rotasi, kosmik texnologiyalar, isitish 
qozoni, yengil atletika, ot sporti, qo‘l t o‘pi , qiyosiy tilshunoslik, 
kvantitativ urg‘u  va h.k. 
Uch 
tarkibli 
termin-birikmalar
global 
kompyuter 
tarmog‘i, internet xizmati turlari, xalqaro soliq konvensiyasi, yalpi 
ichki mahsulot, aviatsiyani boshqarish markazi, erkin uchish 
hududi, taktik jangovar mashg‘ulot, chim ustida xokkey va h.k. 
To‘rt tarkibli termin-birikmalar: axborot muhofazasini 
sug‘urta qilish, qarzni bo‘lib to‘lash muddati, raketa eltuvchi 
dengiz aviatsiyasi, juft konturli turboreaktiv dvigatel, fiskal xotirali 
nazorat mashinasi va h.k. 
Besh va undan ortiq tarkibli termin-birikmalar: pul 
birligi rasmiy darajasining pasayishi,qattiq yoqilg‘i bilan 
ishlaydigan to‘g‘ri oqimli havo-reaktiv dvigatel,suvosti kemasiga 
qarshi boshqariladigan reaktiv qurol , talabning oshib ketishi 
bilan bog‘liq inflyatsiya, moliyaviy va iqtisodiy hisob-kitoblarda 
qo‘llanuvchi vaqt birligi va h.k.
O‘zbek tili terminologiyasi tizimada semantik yo‘l 
bilan yasalgan terminlar ham ko‘zga tashlanadi . Terminlar 
sistemasida metaforaning o‘rni va rolini o‘rganish XX asrning 60-
yillaridan boshlangan edi. M. Pavlovaning ta’kidlashicha, termin-
metaforaning yuzaga kelishi har doim aniq individning ijodiy akti 
bilan boshlanadi. Metaforik ijod aktida albatta ikkita shaxs, ya’ni 
metaforani yasovchi va ushbu metaforaning mazmun-ma’nosini 
idrok etuvchi qatnashishi shart. Aks holda obraz, o‘xshatish, 
analogiya tom ma’nodagi metafora bo‘lmaydi. Zotan, uning asosiy, 
ya’ni ma’lumot (informatsiya) uzatish va muloqot vositasi sifatida 
xizmat qilish vazifasi yo‘qolishi mumkin (Pavlova,1998). 
Semantik kalka (metaforalashish)da kelib chiqishi 
jihatidan chet tiliga xos bo‘lgan yangi ma’noni o‘zbek tili lug‘at 
tarkibida ishlatilib kelayotgan so‘z o‘zlashtiradi. Globallashuv, 
internet va kompyuterlashtirish zamonida o‘zbek tili tomonidan 
o‘zlashtirilayotgan ruscha-baynalmilal terminlar, xalq turmush 
tarzining turfa jabhalarini qamrab olgan holda, o‘zbek adabiy tili 
lug‘at tarkibidan mustahkam o‘rin egalamoqda. 


80
O‘zbek tili terminologiyasi, xususan, ilmiy-texnikaviy 
terminologiya ham semantik kalkalash yordamida muttasil boyib 
bormoqda. Ma’noviy kalkalash jarayonida muayyan ruscha-
baynalmilal ilmiy-texnikaviy terminning ma’nosini ifodalash 
o‘zlashtiruvchi, ya’ni o‘zbek tilidagi mutanosib, mos leksik 
birlikka 
yuklatiladi. 
Ruscha-baynalmilal 
ilmiy-texnikaviy 
terminlarni semantik kalkalash oqibatida yangi ma’no kasb etgan 
asl o‘zbekcha so‘zlar til terminologiyasi tizimining taraqqiyotida 
munosib ulushga ega. 
Quyida misol tariqasida keltirilgan terminlar bevosita 
semantik (metaforik) kalkaning mahsuli hisoblanadi: barmoq 
(tex.palets), oziqlash//oziqlantirish (tex. pitaniye), quloq ( tex. 
uxo), ko‘ylak (tex. rubashka), yeng (tex. rukav), yostiq (tex. 
podushka), belbog‘ (tex. poyas), cho‘ntak (tex. karman), qalpoq 
(bot. shlyapka), qalpoqcha (tex.golovka), tish (tex. zub, zubets)
tirsakli ( tex. kolenchatiy), jism (mat.;fiz.telo), tuxumhujayra ( biol. 
yaytsekletka) va h.k. 
Terminlarning meforalashishi quyidagi yo‘llar bilan amalga 
oshiriladi: 
tashqi yoki shakliy o‘xshashlik asosida: barmoq halqasi
yashil kompyuter, tumshuq (kema tumshug‘i), tuynuk, quti (harb. 
magazin qutisi), zamburug‘ (tib.), saraton (tib.) va h.k.; 
vazifalarning o‘xshashligi asosida: elektron hamyon, 
elektron armiya, manzil niqobi, qalpoq qurilmasi va h.k.; 
harakat tarzi o‘xshashligi asosida: sun’iy tafakkur, sukut 
(internet), boshi berk holat, ma’lumotlar bo‘lagi va h.k. ; 
rang-tusdagi o‘xshashlik asosida: yolg‘on simvol, avvalgi iz, 
qaynoq almashtirish, davriy halqa va h.k.; 
amaldagi terminni yangi tushunchani ifodalash maqsadida 
qo‘llash asosida: tezkor xotira (main memory), ko‘zgu (mirror), 
tarmoq choki (network wearing), elektron aravacha (shopping cart 
program) singari terminlar internent terminologiyasida keng 
qo‘llanmoqda (Saidqodirova, 2018, 21).

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling