Hamidulla Dadaboyev


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

hazar Alhamdulillah dan (14), Amin ul-vahiy Amin dan (14), Bayt ul-
ma’mur, Bayt ul-mag‘firat, Bayt ul-muqaddas, Bayt us-salot izofalari 
Baytulloh dan (24), Duoi bad qilmoq iborasi Duoi bad dan oldin 
joylashtirilgan. Voqea (35), Buruj (30), Val-layl ( 31), kabi sura nomlari, 
Gulsayri (36), Jin (45) kabi leksemalar negadir qo‘shtirnoqqa olingan. Voliy 
istilohining izohida kamchilikka yo‘l qo‘yilgan, ya’ni bu termin “barcha 
ishlarni tasarruf etuvchi, qudrat bilan boshqaruvchi hakim (34)” emas, balki 
hokim tarzida izohlanishi zarur edi. 
2016 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot- matbaa ijodiy uyi 
tomonidan Muxtorxon Umarxo‘jayev tuzgan “Diniy atamalar va iboralar. 
Ommabop qisqacha izohli lug‘at” e’lon qilindi. Shayx Abdulaziz 
Mansurning mas’ul muharrirligida chop etilgan bu asarda diniy terminlar va 
iboralarning ma’nosini sodda, to‘g‘ri, tushunarli va xolis izohlashga alohida 
diqqat qaratilgan. Keng o‘quvchilar ommasiga zaruriy qo‘llanma sifatida 
mo‘ljallangan ushbu lug‘atdan o‘rin olgan istilohlar joriy (kirill) yozuvda
alifbo tartibida berilgan. Undan nafaqat diniy termin va iboralar, 
shuningdek, talaygina sura va shaxs nomlari ham izohini topgan. Ulkan 
mehnat va izlanish evaziga yuzaga chiqqan asarda kelajakda to‘g‘rilanishi 
lozim bo‘lgan ba’zi o‘rinlar ham ko‘zga chalinadi. M., “but sindiruvchi
krestlarni chilparchin qiluvchi” ma’nosini ifodalovchi Butshikan istilohi 
nima uchundir Butshkan (46) shaklida keltirilgan. Va’z, Voiz (50), Jurm, 
Jurmona (65) istilohlarining bir lug‘at-maqolada izohlanishi o‘zini 
oqlamaydi. Doru ul-fano, Dorulomon, Dorulxilofat, Dorul-islom kabi 
terminlar imlosida har xillik mavjud.


95
Terminologiyada variantdorlikning salbiy hodisa ekanligi hisobga 
olinib, Zulfiqor, Zulfaqor (70), Inshaalloh, Inshoolloh (80), Iymon, Imon 
(75), Nabi, Nabiy (117) singari shakllardan biri tanlansa maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi.
Lug‘at-maqolalarni joylashtirishda ayrim o‘rinlarda alifbo tartibining 
buzilgani kuzatiladi (75-76; 83; 103; 115). Lug‘atni tuzishda muallif 230 
nomdagi adabiyotdan istifoda etgan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling