Hamidulla Dadaboyev


www.mail.ru, www.hotmail.ru, www.mail.uz, www.inbox.uz


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

www.mail.ru, www.hotmail.ru, www.mail.uz, www.inbox.uz singari 
pochta qutilari orqali kiriladigan bepul elektron pochta xizmati hamda 
gipermatnli sahifalarga kirishni havola qiluvchi www saytlar termin-
birikmalar qatorini yanada boyitishda xizmat qilmoqda. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zlashayotgan qo‘shma 
terminlarning ikkinchi komponenti ma’no nuqtai nazardan unga mos 
tushuvchi o‘zbekcha so‘z bilan har vaqt ham almashtirilavermaydi: 
-xona: ko‘chatxona (lesopitomnik), - zor: ko‘chatzor (lesopitomnik), 
dor: 
yerdor, 
zamindor 
(zemlevladelets), 
-chan; 
yonuvchan 
(legkovosplamenyayushiysya), - xo‘r: qasamxo‘r (klyatvoprestupnik),-soz: 
kemasoz (korablestroitel), -qich: yirtqich (krovojadniy), -ish: nurlanish
(lucheispuskaniye) va h.k. 
O‘zbek 
tili terminologiyasi tizimida ruscha-baynalmilal 
prefiksoidlar yoxud xalqaro terminelementlar (Madvaliyev 2017, 34-54) 
yordamida hosil qilingan kalkalar faol qo‘llanadi (Begmatov 1985; 181; 
Doniyorov 1977; 145-146). Bunday usulda yasalgan terminlar sirasiga 
quyidagilarni kiritish o‘rinli:
avia-: aviaaloqa (aviasvyaz), aviaqism (aviachast), aviato‘p 
(aviapushka), aviasanoat (aviapromishlennost), aviakorxona (aviazavod) va 
h.k.; 
avto-: 
avtonozir 
(avtokontrolyor), 
avtoyo‘l (avtodoroga), 
avtoyuklagich (avtopogruzchik), avtohavoskor (avtolyubitel), avtotirkama 
(avtopritsep), avtosug‘orgich (avtopolivshik), avtomaktab (avtoshkola), 
avtopoyga 
(avtogonki), 
avtopoygachi 
(avtogonshik), 
avtoulov 
(автомашина) va h.k.; 
aero-: 
aeropurkagich 
(aeroopriskivatel), 
aerochanglagich 
(aeroopilitel), aerotadqiqot (aeroissledovaniye), aerosurat (aerosnimok) va 
h.k.; 
agro: agrosanoat (agropromishlennost), agrokimyo (agroximiya), 
agromadaniyat (agrokultura), agroiqlim (agroklimat), agroo‘rmon
(agroles) va h.k.; 
anti-: 
antizarra 
(antichastitsi), 
antimodda 
(antiveshestvo), 
antidunyo (antimir), antijismlar (antitela) va h.k.; 
geo-: geosiyosat (geopolitika), geokimyo (geoximiya), geoiqlim 
(геоклимат) va h.k.; 
gidro-: 
gidroinshoot 
(gidrosoorujeniye), 
gidroko‘targich 
(gidropodyomnik), gidrokuchaytirgich (gidrousilitel) va h.k.;
giper- : gipertekislik (giperploskost), gipertovush (giperzvuk), 


106
giperchiziq (giperliniya), giperloyiha (giperproyekt) va h.k.; 
izo- : izochiziqlar (izolinii), izomoy (izomaslo) va h.k.; 
kvazi-: 
kvaziyulduz 
(kvazizvezda), 
kvaziquloq 
(kvaziuxo), 
kvaziqavariq (kvazivipuklost), kvazidavlat (квазигосударство) va h.k.; 
infra-: infratovushlar (infrazvuki), infraqizil (infrakrasniy), 
infratizim (infrastruktura) va h.k.; 
makro-: 
makroiqlim 
(makroklimat), 
makrosanoat 
(makropromishlennost), makrokoinot (makrokosmos), makrotuzilma 
(makrostruktura), 
makromaydon 
(makropole), 
makroiqtisodiyot 
(makroekonomika), makromatn (makrotekst va h.k.; 
mikro-: 
mikroiqlim 
(mikroklimat), 
mikrofotonusxa 
(mikrofotokopiya), mikrotuzilma (mikrostruktura), mikromaydon 
(mikropole), 
mikrotuman 
(mikrorayon), 
mikromatn 
(mikrotekst), 
mikrojarrohlik (микрохирургия) va h.k;
moto-:motoaravacha (mototelejka), motopoyga (motogonki), 
motopoygachi  (motogonshik) va h.k.; 
pnevmo-: pnevmoboshqarish (pnevmoupravleniye), pnevmobolg‘a 
(pnevmomolotok), pnevmoyuklagich (pnevmogruzchik), pnevmoqisish 
(pnevmodavleniye);
tele-:teledastur 
(teleprogramma), 
teleminora 
(telebashnya), 
teleboshqaruv (teleupravleniye), telealoqa (telesvyaz) , telequrilma 
(teleustanovka), teleloyiha (teleproyekt), teleusta (telemaster) va h. k. 
Ayni chog‘da ba’zi prefiksoid-xalqaro terminelementlar ishtirokida 
yuzaga chiqqan terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga 
aynan o‘zlashadi: vidiokamera, vidiotelefon, vidioselektr, vidiokonferensiya, 
vidioseminar, ideogramma, kakografiya, avtoradio, avtopilot, avtoshturman, 
kibertexnologiya,neyrolingvistika,mikrobiologiya,mikrosemantika, 
anifashizm, antisionizm, sossyurologiya va h.k. 
Aksariyat monosemantik xarakterdagi avto-, anti-, gemato-, inter-
,makro-, mikro-, poli-, ultra-, mono-, bi-, tri- singari propozitiv, ya’ni 
prefiksal, -bus, -drom, -log-, -navt, -trop; -fob, -for, -skop kabi postpozitiv
ya’ni postfiksal yoki gen, gon, gramma singari ham prepozitiv, ham 
postpozitiv terminelementlar o‘zbek tilida tarjimasiz, aynan qo‘llanadi: 
avtopoyga, antiteza, gemotologiya ,interferensiya, polisemiya, poliartrit, 
ultratovush, 
monogrmma, 
monoteizm, 
bilingvizm, 
makromatn, 
mikrobiologiya, aerobus, svetafor, motodrom, teleskop, ixtiolog, seysmolog, 
turkolog, astronavt, kosmonavt, monogramma, grammafon va h.k.
Arxi-, giper-, inter-, infra-, super-, ultra-, ekstra- kabi prepozitiv 
terminelementlar sifat belgisining meyordan oshiqligi yoxud o‘zakdan 
anglashilgan ism ma’nosining oliy darajasini ifodalaydi: arxisema, 
gipertovush, interfeys, intervent, interlingvistika, infraqizil, ultrabinafsha, 
ekstraktiv, superkubok va h.k.
Xalqaro terminelementlar aniq ma’noni ifodalashga xoslangani bilan 
xarakterlanadi. Chunonchi, -log elementli terminlar biron fan sohasi 
mutaxassisini anglatishga xizmat qiladi: fonolog, nevrolog, terminolog, 


107
leksikolog, seysmolog, antropolog, formokolog, travmatolog, tekstolog, 
dialektolog va h.k. – log elementli ayrim o‘zlashmalar –shunos affiksli 
matnshunos, shevashunos, terminshunos singari terminlar bilan sinonimik 
uyani shakllantirishda qatnashadi. 
Antonim, antroponim, gidronim, kosmonim, astroponiim, meronim, 
omonim, oronim, sinonim, toponim, xolonim singari terminlarning –onim 
postfiksal 
terminelementi 
zaminida 
shakllangani 
va 
muayyan 
munosabatlarni ifodalashga yo‘naltirilganiga shubha yo‘q.
Xalqaro prepozitiv terminelementlarni maxsus tadqiq etgan 
A.Madvaliyev (2017,40) ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkinligini 
ta’kidlaydi: 1) donor tillar, ya’ni lotin va yunon tillarida mustaqil ma’noli 
so‘zlar sanalgan va terminologik sistemalarda ma’nosi tushunarli bo‘lgan 
terminelementlar: avto-, agro-, allo-, antropo-, astro-, biblio-, bio-, gastro-, 
geo-, getero-, gibro-, gomo-, zoo-, ixtio-, karbo-, kardio-, kosmo-, kripto-, 
lito-, makro-, mezo-, mikro-, nevro-, neo-, nitro-, poli-, radio-, sulfa-, tele-, 
tio-, elektro-, eritro- va h.k.; 2) lotin va yunon tillarida sanoq va tartib 
sonlarni anglatuvchi terminelementlar: bi-, geksa-, gepta-, detsi-, di-, milli-, 
nona-, penta-, proto- va h.k.; 3) lotin va yunon tillariga xos yuklama hamda 
pristavka (old qo‘shimcha yoxud old ko‘makchi) xarakteridagi 
terminelementlar: a-, an-, ana-, apo-, de-, dis-, in-, inter-, kontr-, meta-, 
para-, per-, pre-, pro-, re-, sin-, sim-, sub-, trans-, ultra-, eks-, en-, epi- va 
h.k. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling